Mavzu: Mintaqalarning eksport salohiyatini baholash


O‘zbekistonda eksport faoliyatini moliyalashtirish


Download 270.66 Kb.
bet4/4
Sana22.02.2023
Hajmi270.66 Kb.
#1221391
1   2   3   4
Bog'liq
akbar mustaqil ish

O‘zbekistonda eksport faoliyatini moliyalashtirish


O‘zbekistonda ham 2020 yil va undan keyingi 5 yillikda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish, yangi xalqaro bozorlarga chiqish va eksport hajmini ko‘paytirish mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab olindi. Ta’kidlash kerakki, mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish 2025 yilga borib Yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmini 100 mlrd. AQSh dollariga yetkazishga katta hissa qo‘shadi.
Shuning uchun, yuqorida sanab o‘tilgan mamlakatlar singari O‘zbekistonda ham eksport hajmini oshirishda eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash muhim o‘rin tutadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda eksport qiluvchi kompaniyalarning eksport faoliyatlarini moliyalashtirishning yagona manbai bank kreditlari bo‘lib qolmoqda. Tijorat banklari tomonidan savdo kreditlari bilan bir qatorda aylanma mablag‘larini to‘ldirish (xom-ashyo va materiallar, butlovchi qismlar va eksport faoliyati bilan bog‘liq shu kabi xaridlarni moliyalashtirish) uchun qisqa va uzoq muddatli kreditlar va kredit liniyalari taklif etilmoqda.
Masalan, 2018 yildan boshlab “O‘zsanoatqurilishbank” va Tojikistonning “Oriyon” banklari tomonidan O‘zbekistondan Tojikistonga tovarlar va xizmatlar eksporti bilan bog‘liq bitimlarni moliyalashtirish uchun kreditlar taqdim etib kelinmoqda.
Shunga qaramasdan, tijorat banklarida moliyaviy resurs bazasining yetishmasligi tashqi savdoni kreditlash imkoniyatlarini cheklamoqda. Shuning uchun, moliyaviy to‘siqlarning mamlakatimiz eksport salohiyatiga ta’sirini yumshatish maqsadida xalqaro moliya tashkilotlaridan moliyaviy mablag‘lar jalb qilinmoqda. Xususan, 2019 yilning so‘nggi choragida paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini va yakuniy hisob-kitoblarni moliyalashtirish uchun Savdoni moliyalashtirish xalqaro islom korporatsiyasining 100 mln. AQSh dollarigacha miqdordagi kreditlari jalb qilindi.[1]
Shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Savdoga ko‘maklashish dasturi doirasida 20 mln. AQSh dollari qiymatidagi kredit liniyasi orqali O‘zbekistondagi eksportyor va importyorlar qo‘llab-quvvatlanmoqda. Xalq banki tomonidan O‘zbekistonda savdo hajmini kengaytirish hamda moliyalashtirish maqsadida Polshaning «Gospodarstwa Krajowego banki»dan 20 million yevro miqdorida va O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma banki «Aziya-Invest Bank» aksiyadorlik tijorat bankidan 4 mln. AQSh dollari miqdorida kredit olindi.
Shunday bo‘lsada, tijorat banklarida savdo kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari va garov ta’minoti miqdorining yuqoriligi hamda kredit shartlarining murakkablikligi sababli ko‘plab eksport qiluvchi korxona va tashkilotlar uchun eksport faoliyatlarini moliyalashtirishda qiyinchiliklar saqlanib qolmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar.


Google qidiruv tizimi.
Iqtisodiyot nazariyasi.
www.edu.uz



Download 270.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling