Mavzu: Mintaqalarning eksport salohiyatini baholash
Download 270.66 Kb.
|
akbar mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- AQSh Eksport-import banki
- Koreyada ishlab chiqarilgan tovar, texnika-texnologiya va xizmatlarni sotib olishni (shartnoma qiymatining 85 foizgacha) moliyalashtirish
- “Rossiya Eksport Markazi” OAJ
- O‘zbekistonda Lada rusumidagi avtomobillar savdosi 2018 yilga (2,6 mingta) nisbatan 2,5 barobar oshdi.
Xalqaro tajribaIqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD) davlatlarining bozor muvaffaqiyatsizliklarini bartaraf etish bo‘yicha tajribalariga nazar soladigan bo‘lsak, mazkur mamlakatlar eksport qiluvchi kompaniyalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, xususan eksport oldi kreditlari berish, xorijiy bozorlarni topish, transport logistikasi, sertifikatlash, standartlashtirish va sifat nazorati masalalarida ko‘maklashish, xalqaro tovarlar ko‘rgazmalari hamda savdo yarmarkalarini tashkillashtirishga yordam ko‘rsatish maqsadida eksport-kredit agentliklarini tashkil etishgan. Masalan, Kanadaning eksport kredit agentligi – Export Development Canada (EDC) 1944 yildan beri kanadalik eksportyorlar va investorlarga 200ga yaqin xalqaro bozorlarda bizneslarini kengaytirishga yordam berib kelmoqda. EDCning mahsulot va xizmatlari xaridor davlatdagi tijoriy va siyosiy xavflarni sug‘urtalash, Kanada kompaniyalari va ularning mijozlari uchun moliyalashtirish xizmatlari, obligatsiya yechimlari hamda xalqaro bozorlardagi imkoniyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 2018 yilda EDC tomonidan eksportyorga ajratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlar hajmi 27,1 mlrd. dollarni tashkil etdi. EDC o‘zi eksport qiluvchilarga kreditlar berish bilan birga tijorat banklarini ham Kanada eksportini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘proq kredit berishga rag‘batlantirish uchun bank kreditlarini kafolatlaydi. Shuningdek, EDC Kanadaning dunyoning yirik iqtisodiyotlari bilan savdo aloqalarini rivojlantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Masalan, mazkur agentlik 2018 yilda Xitoyga eksport qiladigan yoki investitsiya kiritadigan 1000 ta Kanada kompaniyasining 600 dan ortig‘ini har tomonlama qo‘llab-quvvatladi. AQSh rasmiy eksport kredit agentligi AQSh Eksport-import banki (Ex-Im Bank) 1934 yilda tashkil etilgan. Ex-Im Bankning asosiy vazifasi AQShda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni xalqaro xaridorlarga sotishni moliyalashtirish orqali ish o‘rinlarini yaratish va saqlab qolishdir. AQSh eksportini qabul qiluvchi davlatlardagi siyosiy yoki tijoriy risklar sababli xususiy tijorat institutlari eksport qiluvchi tashkilotlarga kredit bera olmagan yoki kredit berishni istamagan sharoitda, Ex-Im Bank eksport operatsiyalarini moliyalashtirish yoki sug‘urta qilish (kredit kafolatlari, sug‘urta qoplamasi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish yoki aylanma mablag‘larni kafolatlash ko‘rinishida) choralarini ko‘radi. Bu alohida bir kompaniya uchun xalqaro bozorlarda savdo qilish xavfini kamaytiradi va bu bilan AQSh eksportini rivojlantirishga yordam beradi. Germaniyada 2008 yil 1 yanvardan boshlab KfW IPEX-Bank Germaniya Federativ Respublikasi va KfW nomidan ERP eksportni moliyalashtirish dasturini (The ERP Export Financing Programme) boshqarib keladi. ERP eksportni moliyalashtirish dasturi rivojlanayotgan mamlakatlarga Germaniya eksportini kreditlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu dastur doirasida Germaniyaning ishonchli banklari xorijiy xaridorlarga va xaridor mamlakatdagi banklarga OECD tomonidan belgilangan minimal foiz stavkasida (CIRR - Commercial Interest Reference Rate) kreditlar berishi mumkin. Xorijiy xaridor odatda Germaniyaning yuqori qo‘shilgan qiymatli tovar va xizmatlarini sotib olish uchun qarz kapitaliga ehtiyoj sezganligi sababli KfW IPEX-Bank tomonidan berilgan kreditlar nemis eksportyorlari uchun o‘z mahsulotlarini sotishni osonlashtiradi. Shuningdek, rivojlangan davlatlarning o‘z eksportlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tajribasini ularning eksport kredit agentliklarining xaridor kreditlari O‘zbekiston bozoriga ham kirib kelganligida ko‘rish mumkin. Xususan, O‘zbekistonning asosiy savdo hamkor davlatlarida (Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Germaniya) eksport kredit agentliklari hisoblangan banklar o‘z davlatlarida ishlab chiqarilgan tovar, asbob-uskuna va xizmatlarni O‘zbekistonga eksportini moliyalashtirish uchun kreditlar taqdim etib kelmoqda. Masalan, Koreya Eksimbanki mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillariga Koreyada ishlab chiqarilgan tovar, texnika-texnologiya va xizmatlarni sotib olishni (shartnoma qiymatining 85 foizgacha) moliyalashtirish uchun xorijiy kredit liniyalarini taklif etib kelmoqda. Shuningdek, Germaniyaning Landesbank Baden Vurtemberg, Kommerzbank AG, AKA moliya tashkilotlari, Turkiya Eksimbanki, Xitoyning Xitoy davlat taraqqiyot banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mamlakatimizda xuddi shunday kredit turlarini taqdim etmoqda. O‘zbekistonning ikkinchi eng yirik savdo hamkori Rossiya Federatsiyasida “Rossiya Eksport Markazi” OAJ xom-ashyo bo‘lmagan mahsulotlarni eksport qiluvchilarga keng ko‘lamli moliyaviy va nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat instituti hisoblanadi. Eksportga yo‘naltirilgan kompaniyalarga kompleks xizmatlarni taqdim etish uchun resurslarni optimallashtirish va samarali biznes jarayonlarini yaratish maqsadida Rossiyaning eksport kreditlari va investitsiyalarni sug‘urtalash agentligi (("EXIAR" OAJ) hamda "ROSEKSIMBANK" OAJ “Rossiya Eksport Markazi” guruhiga birlashtirilgan. 2019 yildan “Rossiya Eksport Markazi” o‘z guruhiga kiruvchi "ROSEKSIMBANK" OAJ orqali davlat tomonidan eksportni qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmi – eksport kreditlarini subsidiyalashni boshladi. "ROSEKSIMBANK" OAJ tomonidan moliyalashtirilgan birinchi mijoz Rossiyaning dunyodagi 30 dan ortiq mamlakatlarga o‘z mahsulotlarini yetkazib beradigan eng yirik avtomobil kompaniyasi “AvtoVAZ” OAJ bo‘ldi. “Rossiya Eksport Markazi” tomonidan eksport kreditlari bo‘yicha foiz stavkalarini subsiyadiyalanishi “AvtoVAZ” OAJga eksportni moliyalashtirish xarajatlarini kamaytirib, xalqaro bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishga imkon bermoqda. Buning natijasida “AvtoVAZ” OAJning 2019 yildagi eksport savdosi qariyb 50 mingta avtomobilga yetdi, bu esa 2018 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 23 foizga ko‘proqdir. Eng yirik eksport bozorlari Belarusiya (16 ming), Qozog‘iston (15 ming) va O‘zbekiston (6,6 ming) bo‘ldi. O‘zbekistonda Lada rusumidagi avtomobillar savdosi 2018 yilga (2,6 mingta) nisbatan 2,5 barobar oshdi. Download 270.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling