Mavzu: mintaqaviy iqtisodiyot reja: Mintaqalarning mehnat resurslari
Download 480.89 Kb.
|
1 2
Bog'liqMintaqaviy iqtisodiyot fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Mintaqalarda sanoat tarmog’ini rivojlanish xususiyatlari
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI IQTISODIYOT YO`NALISHI 3-KURS 220-GURUH TALABASI NAZAROV JAHONGIRNING MINTAQAVIY IQTISODIYOT FANIDAN TAYYORLAGAN MAVZU: MINTAQAVIY IQTISODIYOTREJA:1. Mintaqalarning mehnat resurslari2. Mintaqalarda sanoat tarmog’ini rivojlanish xususiyatlari3. Qishloq xo’jaligining hududiy ixtisoslashuvi4. Transport va axborot kommunikatsiya infratuzilmasining mintaqaviy rivojlanish xususiyatlari5. O’zbyekistonning respublika, mintaqa va mahalliy boshqaruv organlari o’rtasidagi vakolatlarni taqsimlash mexanizmiHozirgi vaqtda o’tish davri iqtisodiyotining oldida turgan dolzarb muammolardan biri mehnat bozorini samarali shakillantirish va rivojlantirishdir. Buning uchun, avvalo ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar rivojlanishining ob’ektiv qonunlaridan savodli foydalanish zarur. Aholini ish bilan ta’minlash va bandlik masalalari davlat hamda jamiyat uchun ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy ahamiyatga ega bo’lib, mamlakatning taraqqiyot darajasi, barqarorlik, fuqarolar eng muhim huquqlarining amalga oshirilishi ushbu muammo amalda qanday hal etilganligiga bog’liqdir Sanoatning shakllanishi bir necha ming yillik tarixga ega bo’lib, uning rivojlanishi turli bosqichlarni bosib o’tgan. Dastlab u tabiat ne’matlarini qazib olish va uni birlamchi, sodda ishlov berish orqali namoyon bo’lgan bo’lsa, keyinchalik Angliyadagi sanoat inqilobi bir necha bosqichli sanoat ishlab chiqarishiga asos soldi. Shu bois, ilmiy manbalarda sanoat o’nlab tarmoqlarni o’z ichiga olgan ikki turkumga – qazib olish va qayta ishlashga ajratiladi. Sanoat majmuasining rivojlanishini o’rganishda tarmoq, hududiy va texnologik yondoshuvdan foydalaniladi. Sanoatning tarmoq va hududiy tarkibidagi o’zgarishlar bir-birini to’ldiradi. Sanoatlashgan mamlakatlarda tarmoq texnologik jihatdan quyidagi 4 ta guruhga ajratib ko’rsatiladi: 1. Yuqori texnologik; 2. O’rta darajadagi yuqori texnologik; 3. O’rta darajadan past texnologik; 4. Texnologik darajasi past sanoat tarmoqlari. Mamlakatda sanoat ishlab chiqarishining bugungi holati uni to’rtta bosqichga ajratishga asos bo’ladi 1-bosqich qo’l mehnatiga asoslangan oziq ovqat va asosan paxtani toylash va birlamchi tozalash manifakturalari hamda mayda ishlab chiqarish bilan xarakterlanadi. 2-bosqich mulk, sanoat korxonalarini natsionalizatsiya qilish, mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan kichik sanoat tarmoqlarini shakllantirish va sobiq ittifoq, markaz manfatiga xizmat qiladigan sanoat ishlab chiqarishiga asos soldi. 3-bosqich sobiq ittifoqning yevropa qismidagi Nemislar tomonidan bosib olingan hududlardan zavod-fabrikalarni O’zbekistonga ko’chirib keltirilishi bilan izohlanadi. 4-bosqich mustaqillik yillarida mamlakat sanoatining tarmoq va hududiy jihatdan takomillashuviga asos soldi. Mamlakatimiz sanoatida 175 tarmoq, 1500 ga yaqin yirik va o’rta sanoat korxonalari mavjud, uning industrial qiyofasini energetika, kon-ruda, oltin qazib oluvchi va avtomobilsozlik sanoatlari, elekrotexnika va elektron sanoat, mashinasozlik va qurilish materiallari sanoati belgilab bermoqda. Bugungi kunda O’zbekistonda yuzdan ortiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Bunday ulkan ishlab chiqarish salohiyati mustaqillik yillarida tubdan o’zgardi va ma’lum turdagi mahsulotlar bo’yicha har qanday xorijda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan bemalol raqobatlasha oladi. Mustaqillik yillarida mamlakat yalpi ichki mahsulotida sanoat mahsulotlarining ulushi muttasil o’sib bormoqda. O’zbekistonning YaIM tarkibida sanoatning ulushi (foiz hisobida) Tarmoq/yil 2000 2005 2010 2011 2012 2013 2014 2018 2030 Iqtisodiyot jami 100 100 100 100 100 100 100 100 100 Sanoat 14,2 20,7 24,0 24,0 24,0 24,2 24,1 33,5 40 O’zbekiston sanoatining bazaviy tarmoqlari - neft-gaz, oltin qazib chiqarish, rangli metallurgiya, kimyo va neft-kimyo sanoatining jadal rivojlanishi makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qildi. Natijada O’zbekiston sanoatining tarmoq tuzilmasida sezilarli sifat o’zgarishlari ro’y berdi. Xususan, iqtisodiy o’sishning lokomotivi hisoblangan sanoatning ulushi muntazam ortib bormoqda. “Iqtisodiyotdagi tizimli o’zgarishlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi joriy yilda 35 foizdan 37 foizga ortishi kutilmoqda” . Tabiiy omillar har qanday hudud taraqqiyotining asosini, ya’ni poydevorini tashkil etadi. Ularga joylarning relefi, geologik tuzilishi, iqlimi, suvlari, tuproqlari, o’simlik va hayvonot dunyosi kiradi. Har bir omil ma’lum darajada xalq ho’jaligining u yoki bu tarmog’iga katta ta’sir ko’rsatadi. O’zbekistonning markaziy, janubiy va sharqiy qismlari yer yuzasi sharqqa – tog’ oldi va tog’larga tomon asta-sekin ko’tarilib boradi. G’arbiy qismi esa cho’ldan iborat. Joy balandlashgan sayin tuproq-o’simliklar o’zgarib dashtga o’tiladi. O’zbekistonning markaziy va sharqiy qismlarida xalq xo’jaligi uchun juda muhim bo’lgan Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo, Sirdaryo, Chirchiq va Ohangaron daryolari vodiylari va nihoyat tog’lar o’rtasidagi Farg’ona vodiysi bor. O’zbekistonning qolgan qismi tekislik–cho’ldan iborat. Respublikaning chekka shimoliy–g’arbida Qoraqalpog’iston Respublikasi yerida Orol dengiziga taqalib kelgan cho’l va suvsiz keng Ustyurt platosi joylashgan. Agrosanoat majmui (ASM) – qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan band xalq xo’jaligi tarmoqlarining jamlanmasi hisoblanadi. Agrosanoat majmuasi murakkab va ko’p tarmoqli bo’lib, uning ishlab chiqarish tuzilmasida qishloq, suv va o’rmon xo’jaligi muhim ahamiyatga ega. Chunki, aynan mana shu tarmoqda ishlab chiqariladigan mahsulotlar agrosanoat majmuasi korxonalarida qayta ishlanadi, tashiladi, saqlanadi va iste’molga olib chiqiladi. O’zbekiston iqtisodiyotining jahon hamjamiyatiga jadal va samarali integratsiyalashib borishida transport sohasi faoliyatining ta’siri yuqori baholanadi. Mamlakat transport tizimining rivojlanishiga bir qancha ichki va tashqi omillar ta’sir ko’rsatadi. Ularga tabiiy-geografik sharoit, yer yuzasining tuzilishi, hududning o’zlashtirilganlik darajasi, aholi manzilgohlari orasidagi masofa, hudud tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan foydalanish darajasi, hududning xalqaro transtuzulmalaridagi o’rni va boshqalarni kiritish mumkin. Transport sohasi ham funktsional vazifalariga ko’ra yer usti va yer osti transportiga ajratiladi. Yer usti transporti o’z navbatida temir yo’l, avtomobil, quvur transporti, suv transporti (dengiz va daryo transporti), havo transportiga (aviatsiya) ajratiladi. Yer osti transporti bu metropoletin tizimi bo’lib, uning iqtisodiy ahamiyati asosan passajir tashish oborti bilan belgilanadi. Shu bois, transport tizimi iqtisodiy ahamiyatiga ko’ra yuk va yo’lovchi transportiga ajratilib o’rganiladi. Hududiy xarakteriga ko’ra ichki va xalqaro transport yo’nalishlari ajratiladi. Foydalanish darajasiga ko’ra umumiy foydalaniladigan va umumiy foydalanilmaydigan transport turlariga bo’linadi. Umumiy foydalaniladigan transport turi iqtisodiyotning va aholining o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida foydalanadigan transportdir. Umumiy foydalanilmaydigan transportga maxsus transport turlariga alohida olingan tarmoq, korxona hududida xizmat ko’rsatadigan transport turlari kiritiladi. O’zbekiston respublikasi iste’molchilariga tabiiy gazni yetkazib berish hamda uni eksporti va tranzitini, sharqiy, shimoliy va janubiy yo’nalishlarda gazni yer ostida saqlash inshoatlari va magistral gaz quvurlari boshqarmasi amalga oshiradi. U: -tabiiy gazni aholiga va sanoat iste’molchilariga sotish; -magistral gaz quvurlariga bevosita chiqish imkoniyati bo’lgan sanoat korxonalariga tabiiy gazni sotish; -tabiiy gaz eksporti; -tabiiy gazni yer osti omborlariga haydash bilan shug’illanadi. Respublikada elektr tizimi tashkil topishi va rivojlanishi transportning yangi turielektr transportining vujudga kelishini taqozo etdi. Hozirgi vaqtda transportning bu turi yordamida O’zbekiston O’rta Osiyo elektr tizimiga ulangan. Elektr va gaz tarmog’ini barpo etish bo’yicha strategik investitsiya loyihalarining mamlakatimizda amalga oshirilishi natijasida: mamlakatimizda yagona elektr va gaz tarmog’i tizimlarini tashkil etish ishlari yakunlanib, ulardan uzluksiz va tejamli foydalanishni nazorat qilish va ta’minlandi; Farg’ona vodiysi va O’zbekiston janubida yashaydigan aholini tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan ishonchli ta’minlandi; me’yordagidan ortiqcha yoki kam quvvat bilan ishlayotgan 283 ta transformator podstantsiyalarini yangilariga almashtirildi (ushbu tadbirlarga 2,9 mlrd. so’m mablag’ sarflandi); me’yordagidan ortiqcha quvvat bilan ishlayotgan 308 km elektr tarmoqlarini almashtirish ishlari amalga oshirildi (1 mlrd. so’m). Turli miqyosdagi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirmay, iqtisodiy rivojlangan davlat qurish, jamiyatda siyosiy va ijtimoiy barqarorlikka erishish mushkul. “Davlat boshqaruvi”, “Mintaqaviy boshqaruv” va “Mahalliy boshqaruv” atamalari murakkab tizimni (davlat boshqaruv faoliyatining o’zaro bog’liq tarkibiy qismlari majmui)ni tashkil etadiki, odatda, boshqaruv maqsadlari, vazifalari, printsiplari, vazifalari, usullari, shakllari, sub’ektlari va ob’ektlari mazkur tizimning asosiy unsurlari hisoblanadi O’zbekistonda Respublikasi mintaqa va mahalliy hokimiyat organlari o’rtasida vakolatlarni o’zaro manfaatli asosda taqsimlash zarurati - mahalliy tuzilmalar faoliyatining quyidagi muhim muammolari bilan belgilanadi: a) mahalliy tuzilmalar va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlarining O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan huquqlarini himoya qilish; b) davlat mulkini respublika, mintaqa va mahalliy mulklarga taqsimlash; v) mahalliy mulkning barcha shakllarini muhofaza qilish mexanizmini ishlab chiqish; g) mahalliy tuzilmalarning xususiyatidan kelib chiqib, minimal byudjet bilan ta’minlash normativlari asosida belgilanadigan mahalliy byudjetlarning minimal zarur xarajatlarini qoplash uchun daromad manbalarini mustahkamlash yo’li bilan mahalliy byudjetlarning minimal miqdorini ta’minlash; d) mahalliy tuzilmalar iqtisodiy faoliyatining barqaror normativ-huquqiy negizini ta’minlash; e) mamlakatdagi mahalliy tuzilmalarning negizini tashkil etuvchi mahalliy o’zini-o’zi boshqarish quyi organlarining mustaqil faoliyatini ta’minlash. Davlatning vakolatlarni taqsimlash muammolarini hal qilish borasidagi faoliyati mahalliy boshqaruvni yanada rivojlantirish, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlangan kuchli demokratik davlat qurishning zarur sharti sifatida mahalliy boshqaruvning samaradorligi, roli va maqomini oshirishga yo’naltirilgan davlat boshqaruvi sohasidagi yagona davlat siyosati doirasida amalga oshirilishi lozim. Hozirgi vaqtda 64 ta litsenziya turi mavjud bo’lsa, shundan 21 tasi Vazirlar Mahkamasi va 40 tasi markaziy idoralar tomonidan beriladi. Bu litsenziyalarning uchtasi viloyat hokimliklari va faqatgina bittasi tuman hokimliklari vakolatiga tegishlidir. Xususan, ruxsat berishga oid 220 ta hujjatdan faqatgina 11 tasini tuman yoki shaharlarda olish mumkin. Qolgan 209 tasi uchun respublika va viloyat organlariga murojaat qilishga to’g’ri keladi. Masalan, Shovot tumanida xususiy bog’cha ochishga litsenziya olish uchun tadbirkor ming kilometr masofani bosib, Toshkentga kelib-ketishga, 3-4 oylab kutishga majbur bo’lmoqda . Shuningdek, qurilish sohasida ruxsat berishga oid 17 ta tartib mavjud bo’lib, ularni olish uchun o’rtacha 246 kun sarflanadi, ushbu tartiblarni belgilash yuqori tashkilotlar tomonidan amalga oshirilib, mahalliy hokimliklar vakolatini chegaralab qo’ymoqda . Bu esa o’z navbatida, respublika, mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlari o’rtasida vakolatlarni taqsimlash sohasidagi siyosatni qayta ko’rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Boshqaruv aloqalarining asosiy turlari jumlasiga quyidagilar kiradi: - vakolatlarni taqsimlash; - vakolatlarni o’zaro o’tkazish (berish); - mahalliy hokimiyat organlariga ko’maklashish (davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash); - turli boshqaruv bo’g’inlari o’rtasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish; - turli hokimiyat organlarining faoliyati ustidan davlat nazoratini o’rnatish. Download 480.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling