Reja: ijtimoiy-iqtisodiy tizim tushunchasi. Iqtisodiy tizimlarning mulkchilik munosabatlari bilan bog’liqligi


Download 23.21 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi23.21 Kb.
#1029814
Bog'liq
Reja ijtimoiy iqtisodiy tizim tushunchasi Iqtisodiy tizimlarni


Iqtisodiy tizim va ularning turlari.
Reja:
1.ijtimoiy-iqtisodiy tizim tushunchasi.Iqtisodiy tizimlarning mulkchilik munosabatlari bilan bog’liqligi.
2.ijtimoiy-iqtisodiy tizim turlari.
3.Aralash iqtisodiyotning vujudga keltirilishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot uchun axamiyati.

Iqtisodiy tizim - iqtisodiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va isteʼmol jarayonida paydo boʻladigan asosiy iqtisodiy munosa-batlarning shakl va mazmunini belgilab beradigan, mamlakatda tarixan paydo boʻlgan yoki joriy etilgan, amal qiladigan tamoyillar, qoidalar, qonun yoʻli bilan mustahkamlangan normalar majmui. Iqtisodiy tizimlar doirasida iqtisodiyot subʼyektlari, ishlab chiqarishni omillari oʻzaro munosabatga kirishadilar va bu munosabatlar maʼlum qonun-qoidalarga binoan boshqariladi. Iqtisodiy tizimlar faoliyati mulk, pul va pul tizimi, davlat va nodavlat tashkilotlari, korxona, soliq, daromad, reja, foyda kabi bir kator vositalar yordamida tashkil qilinadi.


Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlari o’z ichiga:

  1. davlat mulkini, ishlab chiqarish,

  2. xizmat ko’rsatish,

  3. matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini,

  4. ijtimoiy tashkilotlar mulkini, -uy xo’jaligi,

  5. shaxsiy tomorqa xo’jaligi,

  6. yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog`liq bo’lgan mehnatkashlarning shaxsiy mulkini,

  7. tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllarini

va xususiy mulklarni oladi.

Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo’lishi va ularning iqtisodiy mezoni,


avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan bogliq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab
chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy
munosabatlarining etuklik darajasi bilan mos kelishi zarur.
Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat
ixtiyorida bo’lgan mulk ob’ektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yo’l
bilan hosil bo’ladi:
xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo’liga olish;
davlat mablaglari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona
va tashkilotlarda investistiyalarni amalga oshirish.
Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo’lgan, bo’linmaydigan yoki
umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport
vositalari, yo’llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko’rsatish mumkin.
O’zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika
mulkidan va ma’muriy-xududiy (munistipal) tuzilmalar mulkidan iborat bo’ladi.
Er, er osti boyliklari, suv, havo bo’shligi, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda
boshqa tabiiy resurslar, respublika xokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-
mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablaglari, oltin
zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.
Ma’muriy-hududiy (munistipal) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati
mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablaglari, munistipal uy-joy
fondi va kommunal xo’jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq
ta’limi, madaniyat, sogliqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki bo’ladi.
Jamoa mulki – muayyan maqsad yo’lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o’zlashtirishni
bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to’lab
korxona qurishi, akstiya chiqarib, ularni sotish kabi yo’llar orqali paydo bo’ldi.
Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mehnat
mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi.
Jamoa mulkiga kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining,
akstionerlar jamiyatlari, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari
va diniy tashkilotlarning mulki kiradi.

Shaxsiy mulk – bu fuqarolar mulki bo’lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy


ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki
uning oila a’zolarining mehnati asosida ko’payadi va rivoj topadi.
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda
ishtirokidan, o’z xo’jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga
vujudga keladi va ko’payadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk akstiyadan
keladigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi
manbaalarga asoslanadi.
Shaxsiy mulk ob’ektlari – bu turar joylar, bog-hovli va uylar, transport
vositalari, pul jamgarmalari, uy-ro’zgor va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka
tartibda va boshqa xo’jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari,
ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo’lishi mumkin. «O’zbekiston
Respublikasida mulkchilik to’grisida»gi qonunda ko’rsatilganidek, savdo,
umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, xalq xo’jalik faoliyatining boshqa
tarmoqlaridagi maydaroq korxonalar fuqaro va ularning oila a’zolarining mulki
bo’lishi mumkin. Shaxsiy mulk ob’ektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib,
daromad topish yo’lida ishlatilishi mumkin.
Xususiy mulk – ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga
asoslangan va o’z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir.
O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g`risidagi qonunida (7-modda),
xususiy mulk o’z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni
tasarruf etish huquqidan iboratdir deb ko’rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk
bo’lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi ta’kidlanadi.
Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o’zining ijobiy va
salbiy tomonlariga ega. U, so’zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga ma’suliyatlilik munosabatlarini ragbatlan-tiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab
chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tugdiradi.
Mulkchilikning bu shaklini tan olish xalq xo’jaligida uni qo’llash foydali bo’lgan
bo’ginlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini
shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni
mutlaqlashtirish bilan umuman bogliq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari asosida mustaqil xo’jalik yuritish yoki davlat korxonalari,
kooperativ firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga
kelishi mumkin.
Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo bo’ladi. Bu mulk alohida olingan ob’ektning turli mulkdorlar ishtirokida
o’zlashtirilishini bildiradi.
2. Iqtisodiy tizimlar masalasiga qarashlarda turlicha yondashuvlar mavjud. Jahon iqtisodiy adabiyotlarida xoʻjalik-iqtisodiy tizimlarni ishlab chiqarish vositalariga egalik shakli va iqtisodiy faoliyat muvofiklashtirish va boshqarish usuliga koʻra tasniflash koʻproq tarqalgan. XXI-asr boshlaridagi qarashlarda Iqtisodiy tizimni baholashda moddiy-ashyoviy va ijtimoiy-iqtisodiy mezonlar birgalikda qoʻllaniladi, Iqtisodiy tizimlarning eng muhim bir qator belgilari taʼriflanadi. Ularga jamiyatdagi iqtisodiy resurslar tavsifi, texnika va texnologiya darajasi, ishlab chiqarish harakteri, yaratilgan mahsulot va xizmatlar tarkibi, iqtisodiy munosabatlar tabiati, iqtisodiyotni boshqarish usuli, iqtisodiy siyosat mazmuni kiradi.
Turli qarashlarda insoniyat jamiyati tarixida 3, 5 va hatto 7 ta Iqtisodiy tizimlar boʻlganligi qayd etiladi. Ortodoksal, yaʼni marksistik nazariya Iqtisodiy tizimni tavsiflashda ijtimoiy-sinfiy jihatdan yondashadi. Mulkchilik shakli, ekspluatatsi-yaning borligi yoki yoʻqligi, sinflarning iqtisodiyotdagi mavqei bosh mezon qilib olinadi. Ularga tayangan holda Iqtisodiy tizim ishlab chiqarish usuli deb ataladi. Marksizmga koʻra:
-Ibtidoiy-jamoa.
- Quldorlik.
-Feodalizm.
- Kapitalizm.
- Kommunizm.
kabi Iqtisodiy tizimlar bor, ularning biri-ikkinchisiga oʻrin boʻshatib beradi, ular ketma-ket oʻrin almashadi, eng mukammal va soʻnggi Iqtisodiy tizim kommunizm deb ataladi. Marksizmga muqobil taʼlimotlarda Iqtisodiy tizimlarga texnologik va ishlab chiqarishning harakteri, ishlab chiqarishning industriyalashuvi jihatidan qaralgan va baho berilgan. Taraqqiyot bosqichlari nazariyasiga koʻra, ham 5 ta Iqtisodiy tizim yoki bosqich mavjud:
-Anʼanaviy jamiyat bosqichi.
-Parvoz uchun shartsharoit hozirlash davri.
- Parvoz davri.
- Yetuklik sari harakat davri.
- Ommaviy va yuksak isteʼmol davri.
Bu bosqichlar ham oʻzaro ketma-ketlikda oʻrin almashadi. Baʼzi bir qarashlarda agrar, industrial va informatsion iqtisodiyot davrlari qayd etiladi.
Koʻpchilik tadqiqotchilar anʼanaviy, bozor va maʼmuriy-buyruqbozlik Iqtisodiy tizimlari borligini asoslaydilar.
Anʼanaviy Iqtisodiy tizim belgilari:
-Qoʻl mehnati va tabiat kuchlaridan oddiy usulda foydalanish.
- Gʻoyat kam unumli texnologiyaning mavjudligi.
- Ishlab chiqarishning agrar harakteri.
-- Iqtisodiyotning asosiy tayanchi ekstensiv yuritiladigan qishloq xo’jaligi.
Sanoatning hunarmandchilik va xonaki sanoat shaklida mavjudligi.
- Iqtisodiy biqiklik, yaʼni xujalik avtarkizmi.
Iqtisodiyot biqiq boʻlganidan mahsulotlar, asosan, oʻz isteʼmoli uchun yaratiladi, ularni ehtiyojdan ortib qolgan qismigina ayirboshlanadi. Xoʻjaliklar natural isteʼmolchi boʻlganidan kamdan-kam hollarda bozor bilan aloqa oʻrnatadilar, oʻzini-oʻzi taʼminlagani sababli ular uchun pulning ahamiyati boʻlmaydi; oʻzaro iqtisodiy aloqalar xoʻjalikning ichida yoki mahalliy kichik hudud doirasida anʼanaviy qoidalarga, urf-odatlarga koʻra, amalga oshadi; iqtisodiy faoliyat jamoa va yakka xususiy mulkka asoslanadi; aholi turmush darajasi past boʻladi.
Bozor iqtisodiyoti tizimi belgilari:
-Yuksak zamonaviy texnologiyaning mavjudligi.
-shlab chiqarishning industrial harakterda boʻlishi.
- Iqtisodiy taraqqiyotda axborotning urni va ahamiyatining yuqoriligi.
Ishlab chiqarishda servis — xizmat koʻrsatish sohasi rolining ortib borishi.
- Iqtisodiy usishning intensiv usuli ustuvorligi.
-Iqtisodiyotning ochiq boʻlishi, uning bozor aloqalariga tayanishi.
- Xil-xil mulkchilik boʻlgani holda xususiy mulkning yetakchi urinda bulishi.
-Iqtisodiyotning ijtimoiy yoʻnalishga egaligi.


Download 23.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling