Iqtisodiyot nazaryasi asoslari” fanidan 1-oraliq nazorat savollari


Download 58.87 Kb.
bet1/9
Sana16.11.2023
Hajmi58.87 Kb.
#1781521
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ин 1-ОН САВОЛЛАРИ


IQTISODIYOT NAZARYASI ASOSLARI” FANIDAN 1-ORALIQ NAZORAT SAVOLLARI

1. Ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, iste’mol jarayonlari.


IQTISODIY TIZIM – iqtisodiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol jarayonida paydo bo’ladigan asosiy iqtisodiy munosabatlarning shakl va mazmunini belgilab beradigan, mamlakatda tarixan paydo bo’lgan yoki joriy etilgan, amal qiladigan tamoyillar, qoidalar, qonun yo’li bilan mustahkamlangan normalar majmui. Iqtisodiy tizim doirasida iqtisodiyot sub’yektlari, ishlab chiqarish omillari o’zaro munosabatga kirishadilar va bu munosabatlar ma’lum qonun-qoidalarga binoan boshqariladi. Iqtisodiy tizim faoliyati mulk, pul va pul tizimi, davlat va nodavlat tashkilotlari, korxona, soliq, daromad, reja, foyda kabi bir kator vositalar yordamida tashkil qilinadi. Iqtisodiy tizim masalasiga qarashlarda turlicha yondashuvlar mavjud. Jahon iqtisodiy adabiyotlarida xo’jalik-iqtisodiy tizimlarni ishlab chiqarish vositalariga egalik shakli va iqtisodiy faoliyat muvofiqlashtirish va boshqarish usuliga ko’ra tasniflash ko’proq tarqalgan. 21-asr boshlaridagi qarashlarda Iqtisodiy tizimni baholashda moddiy-ashyoviy va ijtimoiy-iqtisodiy mezonlar birgalikda qo’llaniladi, Iqtisodiy tizimning eng muhim bir qator belgilari ta’riflanadi. Ularga jamiyatdagi iqtisodiy resurslar tavsifi; texnika va texnologiya darajasi; ishlab chiqarish xarakteri; yaratilgan mahsulot va xizmatlar tarkibi; iqtisodiy munosabatlar tabiati; iqtisodiyotni boshqarish usuli; iqtisodiy siyosat mazmuni kiradi. 
2. Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi.
shlab chiqarishning pirovard maqsadi iste‟mol, ya‟ni ehtiyojni qondirish hisoblanadi. Insonning yashashi va kamol topishi, jamiyatning rivojlanishi uchun kerak bo„lgan hayotiy vositalar va iqtisodiy resurslarga zaruriyat «ehtiyoj» deb ataladi. Jamiyat ehtiyojlari kishilar, ya‟ni jamiyat a‟zolari, korxonalar va davlat ehtiyojlarining birligidan iborat. Ehtiyojlarning bu barcha turlari uchun umumiy bo„lgan xususiyat – ular cheksiz va chegarasizdir. Jamiyat ehtiyojlarida kishi- larningehtiyojlari asosiy va belgilovchi rol o„ynaydi. Kishilarning barcha hayotiy ehtiyojlari (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma‟naviy, siyosiy ehtiyojlar) orasida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o„rin tutadi. Bu ehtiyojlar kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo„lgan moddiy ne‟matlardan hamda xizmatlardan iborat bo„ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy- iqtisodiy ehtiyojlar moddiy, ma‟naviy va ijtimoiy ehtiyojlarni o„z ichiga oladi.
3. Ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni.

Download 58.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling