Iqtisodiyot nazaryasi asoslari” fanidan 1-oraliq nazorat savollari
Download 58.87 Kb.
|
Ин 1-ОН САВОЛЛАРИ
Muqobil (alternativ) xarajatlar – bir tovarni ishlab chiqarish, uning sonini oshirish uchun boshqa bir tovardan voz kechish alternativ harajatlar, yoki voz kechilgan imkoniyatlar xarajatlari deyiladi.
41.Muqobil xarajatlarni oshib borish qonuni Muqobil xarajatlar yordamida noyob resurslardan foydalanish yo'nalishlari boyicha eng yaxshi (optimal) taqsimlash masalasi, ya'ni muayyan variantda resurslarni sarflashdan olinadigan foyda va xarajatlarni boshqa variantlar boyicha olinadigan foyda va xarajatlar bilan solishtirish orqali yechiladi (ya'ni muqobil xarajatlarni bir-biri bilan solishtirish orqali).Masalan, Toshkentdan Samarqandga avtobusda borishni xohlagan yolovchi biletni 30 minut turib, kassadan 25000 somga olishi mumkin, yoki 30000 so mga navbatsiz xizmat korsatuvchi firma orqali olishi mumkin deylik. Agar yolovchining 30 minut vaqtining alternativ xarajati 30000 so'mdan kam bo'lsa (u o'zining 30 minut vaqtini 30000 so'mdan kam baholasa), u biletni navbatda turib sotib oladi, agar alternativ xarajati 30000 so'mdan yuqori bo'lsa (u o'zining 30 minut vaqtini 30000 so'mdan yuqori baholasa), u holda yo lovchi biletni xizmat ko rsatuvchi firma orqali sotib oladi. Agarda yo lovchi vaqtining alternativ xarajati 30000 so mga teng bo'lsa, u ikkala variantdan xohlaganini tanlashi mumkin. 42.Mehnat unumdorligi va unga ta’sir etuvchi omillar. Mehnat unumdorligi - xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko‘rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat xarajatlariga nisbatan, ya’ni mehnat xarajatlari birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi. Jamiyatning rivojlanishi va uning barcha a’zolari farovonligi darajasi mehnat unumdorligi darajasi va uning o‘sishiga bog‘liqdir. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi ishlab chiqarish usulini ham, hatto ijtimoiy - siyosiy tuzumning o‘zini ham belgilab beradi.Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi mehnat samaradorligi va natijadorligining barcha jihatlarini aks ettirmaydi, masalan, u mehnat sifatini hisobga olmaydi, bundan tashqari, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish zarurligini ifodalamaydi. «Mehnat unumdorligi» tushunchasiga o‘z ahamiyati jihatidan yaqin, lekin mazmunan yanada kengroq bo‘lgan tushuncha «mehnat samaradorligi» tushunchasidir. Mehnat samaradorligi eng kam mehnat xarajatlari bilan yuqori mehnat natijadorligiga erishish darajasini ifodalaydi. Mehnat samaradorligi mehnat unumdorligidan farqli o‘laroq faqat mehnatning miqdor ko‘rsatkichlarini emas, shu bilan birga sifat natijalarini ham ifodalaydi. Mehnat samaradorligi ko‘rsatkichining yana bir muhim ustunligi unda mehnat resurslarini tejashning aks etishidir. 43. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni. Mulk ob’yekti va sub’yekti. Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi.Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi.Shunday ekan, Download 58.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling