Iqtisodiyot nazaryasi asoslari” fanidan 1-oraliq nazorat savollari


Ya'ni, shaxsning ma'lum bir mahsulotga bo'lgan istagi uni tobora ko'proq iste'mol qilganda to'yingan bo'ladi. Gossenning ikkinchi qonuni


Download 58.87 Kb.
bet6/9
Sana16.11.2023
Hajmi58.87 Kb.
#1781521
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ин 1-ОН САВОЛЛАРИ

Ya'ni, shaxsning ma'lum bir mahsulotga bo'lgan istagi uni tobora ko'proq iste'mol qilganda to'yingan bo'ladi. Gossenning ikkinchi qonuni


Ikkinchi qonunda har bir inson o'z pulini har xil mahsulotlarga sarf qilishi, shunda barcha zavqlarning miqdori teng bo'lishi aytilgan.
Shu tarzda, Gossen maksimal darajada zavqlanishni bir xil qondirish darajasidan olishini tushuntirdi. Gossenning ikkinchi qonuni teng marginal foyda qonuni sifatida tanilgan.
Bir kishi 200 AQSh dollariga egalik qiladi deylik.Qonun, odam qoniqtirishni maksimal darajaga ko'tarish uchun har xil istaklari o'rtasida 200 dollarni qanday ajratishini tushuntiradi.
Iste'molchilarning ushbu resurslar bilan qoniqish darajasi eng yuqori bo'lgan nuqta iste'molchilar muvozanati deb nomlanadi.
31.Naflilikni maksimallashtirish qonuni. Befarqlik egri chizig‘i. Befarqlik kartasi.
Iste’molchi tanlovini tushuntirishda befarqlik egri chizig‘i muhim rol o‘ynaydi.
Befarqlik egri chizig‘i ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini ta’minlovchi iste’mol to‘plamlari yig‘indisini namoyon etadi. ya’ni, iste’molchi uchun befarqlik egri chizig‘ida joylashgan tovarlar to‘plamini tanlashda farq mavjud bo‘lmaydi.
Befarqlik egri chizig‘i iste’molchining afzal deb bilgan variantlarini ko‘rsatib bera oladi
Ehtiyojlarning har bir darajasiga ko‘ra cheksiz befarqlik egri chizig‘i mavjud bo‘lishi mumkin. Biz sodda ko‘rinishda faqat uchta egri chiziqni ifodaladik. Bu uch egri chiziq tovarlar to‘plamining ranjirovkasi (tartibini) ta’minlaydi. Ranjirlash to‘plamlarni afzallikning eng yuqori darajasidan eng kam tomonga yo‘naltirilgan tartibda qo‘yib chiqadi. Biroq, bu tartib bir to‘plamning boshqa biridan nechog‘liq afzalligini ko‘rsatib bera olmaydi.
Iste’molchi hatti-harakatini tushunishda iste’molchi byudjetining cheklanganligi muhim ahamiyat kasb etadi.
32.Iste’molchi byudjeti. Iste’molchining optimal tanlovi.
Byudjet cheklanganligi iste’molchining muayyan pul daromadlari mavjudligi sharoitida narxlarning muayyan darajasida u yoki bu turdagi tovarlarning ma’lum cheklangan miqdorini sotib olish imkoniyati orqali ifodalanadi. Iste’molchi byudjetining cheklanganligini grafikda ikki turdagi tovarni sotib olishning turli kombinasiyalarini ko‘rsatuvchi byudjet chizig‘i shaklida ham aks ettirish mumkin.
Iste’molchi byudjeti chizig‘ining holatiga uning daromadlari va tovarlar narxining o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
33.Narx va daromadlar o‘zgarishining iste’molchi tanloviga ta’siri.

Download 58.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling