Mavzu: mintaqaviy mojarolarning mavjudlik sabablari. Ichki va tashqi sabablar mustaqil ish


Download 227.89 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi227.89 Kb.
#1517124
  1   2   3   4
Bog'liq
humoyun



IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
MILLIY G’OYA MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TALIMI YO’NALISHI
GLOBALLASHUV VA G’OYAVIY MAFKURAVIY TAHDIDLAR FANIDAN

MAVZU: MINTAQAVIY MOJAROLARNING MAVJUDLIK SABABLARI. ICHKI VA TASHQI SABABLAR

MUSTAQIL ISH

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI




TOSHKENT-2023


BAJARDI: Xukmiddinov Humoyun
QABUL QILDI: _______________________

Avvalom bor, sizlar bilan biz “urush”, “mahalliy urush” va “qurolli to‘qnashuv” tushunchalariga aniqliklar kirib o‘tsak. Chunki ushbu terminlarining to‘g‘ri tushunish orqali, zamonaviy harbiy san'atning tarkibi bilib olish mumkin. Xorijiy harbiy izlanuvchilar ularning tarifi va sharhlashda turlicha qarashlar mavjud.


Chet el harbiy ekspertlarning fikriga ko‘ra, zamonaviy mahalliy (lokal) urush va qurolli to‘qnashularning tavsiflash, ularning harbiy-siyosiy va stretegik maqsadalarini, tarkibi, xususiyati va miqyosini, harbiy kuchlarning halqaro munosabatlarning ijtimoiy tizimida tutgan o‘rni va rolinianiqlash va baholash imkoniyatini beradi.
Modomiki bizni XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi mahalliy urush va qurolli to‘qnashuvlar qiziqtirayotgan bo‘lsa, izlanishlarning asosiga qayday toifa (tushuncha), prinsiplar, usullar va ularning ko‘rsatkichilarini aniqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hali ham mahalliy urush va qurolli to‘qnashuvlarning quyidagi sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlari o‘zining ahamiyatligini yo‘qatgan emas:
-xususiyati;
-harbiy siyosiy maqsadalri;
-harbiy harakatlarning miqyosi;
-qurolli kuchlarni qo‘llashning usul va shakllari;
-ijtimoiy tarkibi;
-halqaro huquq me'yorlariga muvofiqligi;
-to‘qnashuvga jalb qilingan davlatlar soni;
-jangovar harakatlar teatrining xususiyati;
-ekologiyaga ta'silari (oqibatlari) va boshqalar.
Mahalliy urush va qurolli to‘qnashuvlar ilmiy tasniflash uchun avvalom bor urush tushunchasiga to‘xtalib o‘tsak. Urush tushunchasiga birinchi bo‘lib nemets harbiy nazariyachisi Karl fon Klauzevits tomonidan uning “Urush to‘g‘risida” asarida ilmiy tarif bergan, ya'ni urush bu siyosat harakat, amma shu o‘rinda u siyosiy qurol ham, siyosiy munosabatlarning davomi va ularning boshqa vositalar bilan o‘tkazishdir.
Hozirgi kunda urush tushunchasiga turlicha tariflar berilmoqda.
Urush — davlatlar yoki mamlakatlar ittifoqini siyosatining davomi, ijtimoiy guruhlar, millat (xalq)lar, davlatlar o‘rtasidagi nizolarning kuch, odatda, qurolli kuchlar yordamida siyosiy, iqtisodiy, harbiy va boshqa maqsadlarga erishishidir. Urushda asosiy va hal qiluvchi vosita sifatida qurolli kuchlardan, shuningdek, kurashishning iqtisodiy, siyosiy, g‘oyaviy va boshqa vositalaridan foydalaniladi. Urushlar davlatlar olib boradigan ichki va tashqi siyosat natijasidir.
Urushlarning asosiy tarkibi o‘z ichiga qurolli kurashlarni oladi.Qurolli kurashlar – qarama-qarshi tomonlar tomonidan barcha tabiiy muhitlarda (quruqlikda, fazoda, suvda va koinotda) turli xil miqyosdagi harbiy xarakatlarni olib borishdir.
Ularning maqsadi – dushmanning quroli kuchlarini tor-mor qilish yoki ularning jangovar qobilyatiga putur yetkazish, uning hududini bostirib olish va dushman davlati hukumatining yoki mamlaktalar ittifoqi rahbariyatini tinchlik sulhini tuzishga majburlash.
Qurolli to‘qnashuvda jangovar harakatlar bilan bir qatorda iqtisodiy, diplomatik, g‘oyaviy, axborot-psixologik va boshqa kurash shakllari qo‘llaniladi. Har qanday urushning boshlanishi oldidan harbiy-iqtisodiy tangliklar bo‘lib o‘tadi.
Urush va qurolli to‘qnashuvlarning tasniflarini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkichilariga makon, vaqt, sifat va miqdor ko‘rsatkichilar, hamda ularni hal eti turlari kirdi va ushbu ko‘rsatkichilar zamonaviy harbiy to‘qnashuvlarni tasniflashning asosini tashkil etadi.
Shuni takidlab o‘tish keraki, xorijiy harbiy-tarixiy adabiyotlardi “harbiy mojaro” termini ko‘plab ishlatilmoqda.Harbiy mojaro - har qanday to‘qnashuv, qarama-qarshiliklar, harbiy kuchlarni qo‘llash yo‘li bilan davlatlar, halqlar, katta ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni hal qilish usulidir. Bu tushuncha keng qamrovli bo‘lib, ko‘proq aniq tushunchalar va ta'riflar keng ko‘lamli masalalarni qamrab oladi. Harbiy mojarolar urushlar (mahalliy, mintaqaviy va keng ko‘lamli) va qurolli mojarolar (to‘qnashuvlar) kiradi.
Zamonaviy urushni (qurolli mojaroni) quyidagi mezonlarga ko‘ra tasniflash mumkin:
-harbiy-siyosiy maqsadlar bo‘yicha – adolatli (BMT nizomiga zid bo‘lmagan, halqaro huquq prinsiplari va me'yorlariga asoslangan, o‘zini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan) va nohaq urush (BMT nizomiga zid bo‘lgan, halqaro huquq prinsiplari va me'yorlariga asoslanmagan, hamda tajovuzkor xususiyatiga ega) ;
-ko‘lamligi bo‘yicha – mahalliy, mintaqaviy, keng ko‘lamli va jahon urushlari;
-dunyo hamjamiyatining qo‘llab-quvvatlash darajasiga ko‘ra – shak-shubhasiz, ma'lub darajada, maqullanmagan, halqaro cheklovlar qo‘llash;
-mojaroda qatnashish xususiyati bo‘yicha – bevosita va bilvosita;
-qarama-qarshi qo‘shinlarning (kuchlarning) sifati bo‘yicha – muntazam, nomuntazam yoki aralash kular, bosqinchi tuzilmalar, davlatga qarshi terroristlarning gruppirovkasi;
qurolli kurashda qo‘llanilgan vositasiga ko‘ra - yadroviy va ommaviy qirg‘in qurollarining boshqa turlarini qo‘llashga, faqat oddiy (an'anaviy) talofat yetkazish vositalari qo‘llashga, psixoligik urushlar vositalarini (psixotrop, psixotron va boshqalar) qo‘llash orqali axborot qarama-qarshilik, o‘ta aniqlikdagi qurollar tizimini qo‘llashga;
-keskinligi bo‘yicha – yuqori, o‘rta va past darajali;
-yuqori darajali to‘qnashuv – davlatlar va harbiy koalitsiyalar orasidagi barcha qurol turlarini, shu bilan birga yadro quroligacha, dushmanning butun xududi bo‘ylab qo‘llanishi;
-o‘rtacha darajali to‘qnashuvlar – ikki davlat orasidagi, bunda urush olib borayotgan tomonlar barcha kuch va vositalarini qo‘llashadi, ammo OQQ qo‘llanilmaydi;
-past darajali to‘qnashuvlar (PDT) – cheklangan siyosiy-harbiy kurash bo‘lib, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy yoki ruhiy maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan, turli xil bosimlar, ya'ni terrorizm va qo‘zg‘olon xarakatlari yordami orqali boshlanadigan, geografik xududi va qo‘llaniladigan qurollar, taktika va zulm o‘tkazish darajasining cheklanganligi.
-hal etishning usulari bo‘yicha – qo‘qqisdan hujum, tajovuzning kengayishi;
-davomiligi bo‘yicha – vaqtinchalik, uzoq davom etadigan (ya'ni – holdan toydirish urushi);
-mojaroning joylashgan xududi bo‘yicha – davlat ichidagi, chegara oldi, mamlakatdan uzoqdagi;
-qo‘shinlarning (kuchlarning) jalb qilish miqdori bo‘yicha – cheklangan harbiy kontingentdan to ikkala tarafdan qo‘shinlarning (kuchlarning) operativ-strategik gruppirovkasigacha;
-urushga mamlakatlarning jalb qilinish soni bo‘yicha – koalitsion (ittifoq), ittifoqni bitti davlat qarshi yoki bitta davlatning boshqa mamlakatga qarshi;
-jangovar harakatlar teatrining xususiyati bo‘yicha – qit'ada, okeanda, dengizda, havoda va koinotda;
-harbiy harakatlarni olib borish usul va shaklllari bo‘yicha – operatsiya, jangovar harakatlar (an'anaviy), partizan, noan'anaviy, tugallanmagan, keng miqyosli, qamalli, pozitsion, manyovrli, maxsus vazifalarni bajaruvchi kuchlarning operatsiyalari, aksilterror va terrorizmga qarshi operatsiyalar.
Urushlar turining quyidagicha aniqlash mumkin:
Jahon urushi – mamlakatlar koalitsiyasi yoki (bloklar,uyushmalar) yoki dunyo hamjamiyatining yirik davlatlari o‘rtasida, butun yer shariga yoki uning katta qismiga tarqaydigan va dunyo hamjamiyatining katta qismining manfaatlariga dahldor global qurolli qarama-qarshilik. Bunday urush o‘ta qat'iy harbiy-siyosiy maqsadlar, yuqori darjadagi keskinlik va jangovar harakatlarning jo‘shqinligi, oddiy yoki barcha talofat yetkazish qurollarini (yadroviy) qo‘llash sharoitlarida, jangovar harakatlarning ko‘lami va keskinligi bilan ajraladi, yirik vayronagarchiliklar, qarama-qarshi tomonlar qurolli kuchlarining va tinch aholi ichida ko‘p sonli qurbonlar olib keladi.
Jahon urushlari qurolli mojaroning, mahalliy yoki mintaqaviy urushlarning tarqalishi natijasi bo‘lishi mumkin va qatnashuvchi davlatlardan katta miqdordagi ma'naviy va moddiy safarbarlikni talab qiladi.
Keng ko‘lamli urush - ikki yoki davlatlarning guruhi o‘rtasidagi urush bo‘lib, uning davom etish jarayonida kurashga qit'adagi (harbiy geografik hududdagi) yetakchi mamlakatlarning ko‘p qismini o‘z doirasiga tortib oladi, harbiy harakatlar qit'a jangovar harakatlar teatri, unga tutashgan okean (dengiz) akvatoriyasi va uning ustidagi havo-kosmos bo‘shlig‘i chegarasida olib boriladi.
Mintaqaviy urush - ikki yoki bir necha davlatlar (davlatlar koalitsiyasi) qatnash urush bo‘lib, bunda harbiy harakatlar bir mintaqaning ikki yoki undan ko‘p tarqoq strategik yo‘nalishlarda olib boriladi, va ushbu mintaqada joylashgan ko‘plab davlatlarning manfaatlariga daxldor bo‘lgan urush.
Mintaqaviy urush mahalliy urushning yoki qurolli mojaroning tarqalish natijasi bo‘lishi mumkin.
Mahalliy urush - tushunchasi XIX asrning so‘nggi choragida paydo bo‘lgan. Bu tarixiy davrida yer sharini taqsimlashning global siyosatini belgilash turli mamlakatlar o‘rtasida kurashlarning faollashgani bilan xarakterlanadi. Bu urushlar (1898)-Amerika Ispaniya, Rossiya-Yaponiya (1904-1905), (1911-1912) Italiya-Turkiya o‘z ichiga oladi. Xitoy (1931), Italo-Fransiya urushi (1935-1936), Ispaniya (1939-1936) urushlari misol bo‘la oladi.
Mahalliy urushlar XX asrning 50-60-yillariga kelib Koreya, Janubiy-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq va dunyoning boshqa mintaqalarida keng tarqala boshladi va ular bugun ham davom etmoqda.
Mahalliy urush - ikki yoki bir necha davlatlar orasidagi o‘zining cheklagan siyosiy maqsadlari va harbiy harakatlarni olib borish miqyosi, hamda faqat ularning milliy, siyosiy, xududiy, etnokonfessional va boshqa qarashlariga daxldordir.
Mahalliy urushlar jangovar harakatlarni hududiy ko‘lamining cheklanganligi, unda qo‘shinlar (kuchlar) sonini uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorining jalb qilinishi, odatda oddiy qurol-yarog‘lar qo‘llanish jihatlari bilan farqlanadi. Mahalliy ururshlarga mamlakat ichidagi va fuqaro ururshlarni ham qo‘shsa bo‘ladi. Bunday urushlarning davomiyligi turlicha bo‘lishi mumkin etishi, ularning miqyosi, keskinligi va yuqori darajadagi jadalligi yetakchi davlatlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita qatnashishiga bog‘liq.
Fuqaro urushi - bir davlat ichidagi ijtimoiy qarama-qarshilikni yechishning keskin usuli bo‘lib, ijtimoiy, etnik, diniy guruhlarning iqtisodiy, siyosiy va boshqa manfaatlarini amalga oshirishdagi qurolli qarama-qarshilikdir. Fuqaro urushlari urushlarning o‘zgacha turining sifatida real ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-diniy va boshqa sabablar paydo bo‘lishi orqali chuqur umummilliy tanglikka olib keladi. Ushbu urush qurolli kurashning turli-tuman shakllarda olib boriladi – qurolli kuchlarning harbiy (jangovar) harakatlari, qurolli qo‘zg‘olon, partizanlar va isyonchilarning kurashi.
Qurolli mojaro - bir davlat ichida yoki qo‘shni davlatlar orasidagi milliy, etnik, diniy va boshqa qarama-qarshiliklarni qurol-yarog‘ vositalari qo‘llash orqali hal etishning bir usul bo‘lib, bunda davlat (davlatlar) urush xususiyatiga ega bo‘lgan o‘ziga xos xolatga o‘tmaydi.
Harbiy harakatlar qurolli mojarolarda, odatda, maydoni chegara bilan cheklangan xududdan tashqariga chiqmaydi.Qurolli to‘qnashuvning asosiy xavfli tomoni shundaki, chunki u mahalliy urushga aylanib ketishi mumkin. Qurolli mojarolarda jangovar xarakatlarni yoyilib ketishidan ushlab qolishning asosiy sharoitlari – uni xujum bo‘lgan tomon orqali tez va qat'iy tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.
Bu mojarolarga chegara oldi to‘qnashuvlar, qurolli to‘qnashuvlar, harbiy aksiyalar, ig‘vogar va boshqa to‘qnashuvlarni kiritish mumkin. Siyosiy, hududiy, diniy, milliy-etnik va boshqa qarama-qarshiliklarni bir mamlakat ichida yoki uning tashqarisida miqyosi bo‘yicha cheklangan oddiy qurollarni qo‘llash orqali olib boriladigan urushning bir turi.

Download 227.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling