Mavzu: mintaqaviy mojarolarning mavjudlik sabablari. Ichki va tashqi sabablar mustaqil ish
Download 227.89 Kb.
|
humoyun
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar.
- Elektron ta’lim resurslari
Birinchi vazifa -Amin va uning atrofidagi odamlarni afg‘on davlatini boshqarishdan chetlatishdan iborat edi.
Ikkinchi vazifa - qurollangan afg‘on muxolifatchi otryadlarining jangovar ruhini tushirish va xalq hokimiyati organlarining faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida qo‘shinlar gruppirovkasining harbiy qudratini namoyish etish va Afg‘onistonning muhim ma'muriy markazlarida nazorat o‘rnatishni o‘z ichiga olgan edi. SQChK oldida turgan uchinchi vazifa, Afg‘oniston qurolli kuchlariga qurollangan afg‘on muxolifatchi otryadlari bilan kurashishda yordam berish, shuningdek, muxolifatchilarning eng faol va yirik tuzilmalariga qarshi operatsiyalar o‘tkazishni ko‘zda tutgan edi. To‘rtinchi vazifa- Pokiston hududidan qurollangan afg‘on muxolifatchi otryadlari a'zolarini hamda qurol-yarog‘ va o‘q-dori ortilgan karvonlarni o‘tishini oldini olish maqsadida afg‘on-pokiston chegarasini yopishni ko‘zda tutgan edi. Beshinchi vazifa - Afg‘oniston hududidan o‘tgan eng muhim kommunikatsiyalarni qo‘riqlashdan iborat edi. Oltinchi vazifa - SQChK kiritilgandan so‘ng, Afg‘onstonning shimoliy viloyatlari chegaraoldi tumanlarida o‘zlarining xorijiy markazlari ko‘rsatmalariga binoan sovet hududlarida qo‘poruvchi harakatlarni olib borishga intilayotgan qurollangan afg‘on muxolifatchi otryadlarining faollashuvidan keyin belgilab berildi. Afg‘oniston hududidagi to‘qqiz yillik urushdagi jangovar harakatlarda 500 ming sovet harbiy xizmatchilari ishtirok etdi. Afg‘onistondagi SQChK ning soni ayrim davrlarda 120 ming kishini tashkil qilgan. Afg‘onistonda Sovet qo‘shinlarining cheklangan kontingenti tomonidan jangovar harakatlar rejali va rejasiz harakatlar davomida olib borilgan. Katta hajmdagi operatsiyalarni o‘tkazishdagi harakatlarda quyidagi usul va uslublar qo‘llanilgan: -aholi punktlari va ko‘k hudularni qurshab olish va ularni keyingi oralab tekshirib chiqish; -dushmanning omborlarini topish va yo‘q qilish uchun reyd va razvedka-qidiruv harakatlari olib borish; -bo‘linmalarni vodiy va daralar ostidan jangovar guruhlar himoyasi osti hukmron tepaliklar va cho‘qqilarning ikkala tomonidan harakatlari; -tog‘ so‘qmoqlaridagi aylanib o‘tidigan otryadlarning pistirma harakatlari; -dushmanning chekinyapgan va yaqinlashyapgan guruhlariga talofat yetkazish maqsadida aviatsiya zarbalari va artilleriya o‘tlari tog‘ning o‘tishi qiyin bo‘lgan hududlariga; -isyonchilarning chekinyapgan va yaqinlashyapgan ehtimolli yo‘llariga siljiydigan va havodan minalashtirish; -TakHD zirx guruhi va aylanib o‘tish otryadlari bilan hamkorlikda operatsiyani butun ichkarisi bo‘ylab ommaviy qo‘llash; -dushmanni vodiy, daralarni har tomonidan va hukmron tepaliklar oldindan qo‘lga olgan holda butunlay tekshirib chiqish yo‘li bilan yakson qilish. Ushbu harakatlar asosan rejali jangovar harakatldar davomida amalga oshirilgan. Rejasiz jangovar harakatlarda quyidagi jangovar harakatlarning usul va shakllari qo‘llanilgan: -qo‘shilma va qismlarning alohida jangovar harakatlari; -kuchaytirilgan batalonlarning reyd harakatlari; -navbatchi bo‘linmalarni javobgarlik zonalaridagi jangovar harakatlari; -karvonlarni tekshirish; -karvon marshrutlari va dushmanning davlat ichkarisidagi ko‘chishlar yo‘llarida pistirma harakatlar; -bosqinlar; -dushman guruhlari va alohida obyektlarini yakson qilish uchun aviatsiyaning mustaqil jangovar harakatlari; -yer osti suv tarmoqlari – kyarizlar hududlardagi harakatlar. Sovet qo‘shinlari olib chiqib ketilgandan keyin ham Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilmadi. 1970 yillardan buyon Afg‘onistonda davom etayotgan va 1992 yili Najibulla tuzimining qulashi bilan ham tugamagan fuqarolar urushi eng avjiga chiqqan davrda 1994 yili Qandahorda “Tolibon” harakati vujudga keldi. 1994 yilning noyabr oyi boshida toliblar Qandahorni o‘z nazoratiga oldilar. Shundan keyin “Tolibon” Afg‘oniston bo‘ylab o‘z yurishlarini davom ettirdi. “Tolibon”ning qo‘lab-quvvatlanishi, ularning korrupsiyaga qarshi kurashlari va nazorat ostidagi hududlarida tartib o‘rnatishdagi muvoffaqiyatlari bilan izohlanadi. 1994 yilning oxiriga kelib “Tolibon”safida 12 ming kishini bor edi. 1995 yilning fevral oyi ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu harakat 30 ta afg‘on viloyatining 9 ni qo‘lga kiritdi, bu vaqtda toliblarning soni 25 ming kishini tashkil etardi. 1995 yilning sentyabr oyida “Tolibon” kuchlari Hirotni egalladilar, oktyabr oyda esa Qobulga yangitdan xujumni boshladilar. 1996 yilning 11 sentyabr oyida toliblar Jalolobodni, undan keyin, 26 sentyabr kuni Qobulni egalladilar. Toliblar 1997 yilning may va sentyabr oylarida mamlakatning shimolidagi muhim strategik shahar – Mozori-Sharifni egallashga urinib ko‘rdilar, ammo har ikkalasida ham toliblarning Mozori-Sharifdagi hukmronligi bir necha kun davom etib, undan keyin isyon ko‘targan mahalliy axoli ularni shahardan quvib chiqardilar. Shimoliy alyans nomi bilan tanilgan aksiltolib kuchlar 1997 yilning iyun oyida Afg‘onistonni qutqarish uchun Birlashgan islom frontini tuzganliklarini e'lon qildilar.Lekin 1998 yili “Tolibon” harakati Shimoliy alyans qo‘shinlarini chekintirib, Afg‘oniston hududunining 90 foizini nazorat ostiga oldilar. 1998 yilning avgust oyida Mozori-Sharif qaytadan “Tolibon” harakati tomonidan egallandi va 1997 yildagi qo‘zg‘olonni qaytarilishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiruvchi ommaviy qatllar bilan davom etdi. Umuman mahalliy (lokal) urushlar tajribalari harbiy san’atni rivojlanishi uchun hal qiluvchi bo‘lmasa ham, ma’lum ma’noda zamonaviy yangi qurolli kurash olib borish vositalarini har tomonlama tekshirib ko‘rishga imkon berdi, qo‘shinning tashkiliy-shtat tizimi masalalarini hal etishga ta’sir ko‘rsatadi, hamda ularni jangda va operatsiyalarda qo‘llash usullarini rivojlantirishga qulay imkoniyat yaratadi. Adabiyotlar. 1. I.E.Kruchenko «Harbiy tarix» Voin. M. 1983 y. 2. Biblioteka ofitsera «Harbiy san`at tarixi» Voen. M.1986 y. 3. Sh.Karimov «Vatan tarixi». «O’qituvchi». T. 1997 y. 4. Q.Usmonov «O’zbekiston tarixi». «Meros». T. 2002 y. Elektron ta’lim resurslari 1. www.tdpu.uz 2. www.pedagog.uz 3. www.ziyonet.uz 4. www.edu.uz Download 227.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling