Mavzu: Miqdor analizi usullari va qishloq xo`jaligidagi ahamiyati. Reja: Miqdor analizining mohiyati va usullari


Gravimetrik, titrometrik, kislota–asosli titrlash, oksidlanish–qaytarilish xususiyatli titrlash, cho`ktirish va kompleks hosil qilish usullari tushunchalari


Download 32.52 Kb.
bet2/4
Sana17.02.2023
Hajmi32.52 Kb.
#1204609
1   2   3   4
Bog'liq
Miqdor analizi usullari

2. Gravimetrik, titrometrik, kislota–asosli titrlash, oksidlanish–qaytarilish xususiyatli titrlash, cho`ktirish va kompleks hosil qilish usullari tushunchalari.
Gravimetrik analiz usuli deb komponent (element yoki ion) miqdorini analiz qilish natijasida olingan moddaning massasiga qarab aniqlashga aytiladi. Bu guruh usullarida analiz qilinayotgan moddaning aniqlanayotgan qismi toza holda yoki ma`lum tarkibli birikma holida ajratib olinib og`irligi o`lchanadi.

Masalan, bariyning uning birikmalaridagi miqdorini aniqlash uchun Ba2+ ioni suyultirilgan sulfat kislota yordamida cho`ktiriladi:
BaCl2 + H2SO4 = BaSO4↓ + 2HCl
BaSO4 cho`kmasi filtrlanadi, yuviladi, qizdiriladi va aniq tortiladi. BaSO4 cho`kmasining massasi va uning formulasini bilgan holda unda qancha bariy borligi hisoblanadi. Gravimetrik analiz usuli yuqori aniqlikdagi natijalar beradi, ammo u ko`p vaqt va mehnat talab qiladi.
Titrometrik analiz usuli deb aniqlanayotgan komponent bilan reaksiyaga sarf bo`lgan reaktiv miqdorini aniq o`lchashga asoslangan usulga aytiladi. Reaktiv aniq konsentratsiyali eritma shaklida olinadi–titrlangan eritma. Aniqlanayotgan komponent miqdoriga ekvivalent miqdordagi reaktiv qo`shilgan vaqt, ya`ni reaksiyaning tugash vaqti turli usullar bilan aniqlanadi. Titrlashda aniqlanayotgan modda miqdoriga ekvivalent miqdorda reaktiv quyiladi.
Aniqlanayotgan modda bilan reaksiyaga sarf bo`lgan eritmaning hajmi va aniq konsentratsiyasini bilib aniqlanayotgan modda miqdori hisoblanadi.
Titrometrik analiz usuli gravimetrik analiz usuliga nisbatan kamroq aniqlikdagi natijalar beradi, lekin analiz juda tez bajariladi. Titrlash vaqtida boradigan reaksiyalarning turiga qarab titrometrik analiz usuli quyidagi usullarga bo`linadi: kislota–asosli titrlash usuli, oksidlanish–qaytarilish xususiyatli titrlash usuli, cho`ktirish va kompleks hosil qilish usuli.
Kislota–asosli titrlash usuli deb asosida neytrallanish reaksiyasi yotuvchi analiz usuliga aytiladi. Kislota–asosli titrlash usuli kislota va ishqorlarni miqdoriy aniqlashda qo`llaniladi.


Download 32.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling