Mavzu: Miqdoriy xavflarni hisoblash va aniqlash metodologiyasini tahlil qilish Reja
Xavf tahlilining asosiy bosqichlari va ishlarni rejalashtirish va tashkil etish
Download 47 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlarni rejalashtirish bosqichida quyidagilar bajarilishi lozim
Xavf tahlilining asosiy bosqichlari va ishlarni rejalashtirish va tashkil etish
Xavf tahlilini о‘tkazish jarayoni quyidagi asosiy bosqichlarni о‘z ichiga oladi: ishlarni rejalashtirish va tashkil etish; xavf-xatarlarni identifikatsiyalash; xavfni baholash; xavfni kamaytirish bо‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. Ishlarni rejalashtirish bosqichida quyidagilar bajarilishi lozim: tahlil qilinadigan xavfli ishlab chiqarish obyektini belgilab olish va uning umumiy tavsifini berish; xavf tahlilini о‘tkazish zaruriyatini keltirib chiqargan sabablar va muammolarni tavsiflash; xavf tahlilini о‘tkazish uchun ijrochilar guruhini belgilash; xavfli ishlab chiqarish obyekti tо‘g‘risidagi ma’lumotlar manbalarini belgilash va tavsiflash; xavf tahlilining chuqur, tо‘liq va mukammal о‘tkazilishini belgilovchi dastlabki ma’lumotlar, moliyaviy resurslar va boshqa holatlarning cheklanganligini kо‘rsatish; о‘tkaziladigan xavf tahlilining maqsad va vazifalarini aniq belgilash; xavf tahlilida qо‘llaniladigan usullarni asoslash; maqbul xavf mezonlarini belgilash. Har qanday ishlab chiqarishning asosiy maqsadi — foyda olishdir. Ishlab chiqarish faoliyati davomida ushbu kо‘rsatkichni pasaytiruvchi omillar aniqlanadi. Avariya va baxtsiz hodisalarga olib keluvchi turli xavf-xatarlar shular jumlasiga kiradi. Avariya uskunaning tо‘xtab qolishi yoki ishlab chiqishiga sabab bо‘lishi, baxtsiz hodisa esa xodimning mehnat qobiliyatini yо‘qotishi yoki о‘limiga olib kelishi mumkin. Natijada avariya ham, baxtsiz hodisa ham korxonaga zarar keltiradi va foydaning kamayishiga olib keladi. Xavf-xatarlarni identifikatsiyalash, xavfni baholash va tahlil qilish, uni kamaytirish bо‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish orqali xavf darajasiga ta’sir kо‘rsatib avariyalar va baxtsiz hodisalar yetkazadigan zararni qoplash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytirish mumkin. Shuningdek xodimlarni, texnik xizmat kо‘rsatishni, texnologiya va mehnat intizomini boshqarish jarayoni orqali, uskunaning ishonchliligini ta’minlash yо‘li bilan xavfga ta’sir kо‘rsatish mumkin. Xavf tahlili sifatini ta’minlash uchun xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariyalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi qonuniyatlariga doir bilimlardan foydalanish lozim. Agar о‘xshash xavfli ishlab chiqarish obyekti yoki xavfli ishlab chiqarish obyektida foydalaniladigan о‘xshash texnik qurilmalar uchun xavf tahlili natijalari mavjud bо‘lsa, ulardan dastlabki ma’lumot sifatida foydalanish mumkin. Lekin bunda obyektlar va jarayonlar bir-biriga aynan о‘xshashligi, mavjud farqlar esa tahlil natijalariga sezilarli ta’sir qilmasligi kо‘rsatilishi lozim. Download 47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling