Mavzu: Miraziz A'zam she'rlarining obrazlar olami
Download 94.43 Kb.
|
Bolalar Adabiyoti 5 ta Mavzu
Palovimiz kapgiri,
Chovli, kastryul – bari. Xalq xo`jaligi va mehnatkashlar ehtiyojini ta’minlashda shunday katta ahamiyatli narsalar tayyorlanganligidan temir-tersaklarning: O`ynashib diring-diring, Deyishar: «Yuring-yuring», - tarzida quvnoqlik ruhini ifodalash bilan shoir bolalarni bu ishga yanada ko`proq ruhlantiradi. Quddus Muhammadiy she’rning qiziqarli, bolalarbop bo`lishi uchun katta xizmat qilgan. Jonlantirish usulidan ustalik bilan foydalanib, temir-tersaklar ahamiyatini ularnnig o`zlari tilidan so`zlatadi, har qaysisiga xos va mos sifatlarni topadi. Deyishar: “Yuring, yuring”, “Biz qachon bo`lamiz ZIL?”, “Traktorga vint bo`lib, Paxta maydonin ko`ray”, “Qurilishga boramiz”, “Temir mehnatkash do`stim” kabi jonlantirishlar she’rning Qoyaviy-badiiy tomondan yuksak bo`lishini ta’minlash bilan uning ta’sir kuchini oshirgan. Shoir she’rning yengil vaznda, ravon va ohangdor bo`lishi uchun yorqin qofiyadosh so`zlarni topa olgan: Siniq pero dikillab, Buzuq ruchka likillab... Temir ishin bilaman, Qayda ko`rsam ilaman, Maktaga topshiraman Zavodga oshiraman, - kabi poetik tasvirlar she’rning g’oyaviy-badiiy mukammaligini ta’minlash bilan uning tarbiyaviy ahamiyatini ham oshirgan. Tabiat go`zalligiga bo`lgan ulkan muhabbat shoirga hamisha xamrohdir. Maktabda muallimlik qilib yurgan paytida barg mavzusini o`tar ekan “Bargjon” she’rini yozadi. Shu tariqa uning “Momaqaymoq”, “Qoqi o`t”, “Bog’imizda bir nok bor”, “Tut”, “Tolim gulladi-yu, nega meva tugmadi?”, “Tok daraxti bir xilu uzumi nega har xil?”, “Shaftoli-doktor”, “Asalari va Ahmadjon” kabi she’rlari paydo bo`ldi. Shu jihatdan shoirning Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo`lgan «Tabiat alifbosi» turkumiga kirgan beshta to`plami xarakterlidir. Shoir bu to`plamlarga kirgan she’rlarida tabiat hodisalari, narsa va buyumlar, koinot mo`’jizalari haqida poetik xulosalar chiqargan. Bu xulosalar g’oyat bolalarbopdir. Chunonchi, zilzilani erning gimnastika qilishi deb ta’riflasa, chuvalchangni “yer traktori” deb ataydi, gilosning qizilligini kichkinaligidan uyalishidan degan xulosaga keladi. Xullas, tabiat mavzuidagi har bir she’rida shu tariqa bolalar xarakteri va tushunchasiga xos ibratli fikr ifoda etiladi. Q.Muhammadiy yosh kitobxonlar qalbida tabiat va inson kuychisi sifatida e’zozli bo`lib qoldi. Download 94.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling