Mavzu: Miraziz A'zam she'rlarining obrazlar olami
Download 94.43 Kb.
|
Bolalar Adabiyoti 5 ta Mavzu
Bo`lay desang bog’bon,
Yo Vatanga posbon. Yo osmonda uchuvchi, Yo dengizda suzuvchi, Nimani qilsang tilak, Bariga o`qish kerak. San’atkorning qaysi turkumda yaratgan asarini olmang, barchasida hayotbaxsh ruh, da’vatkorlik, bolani nimagadir chorlash, yaxshilik, a’lo o`qish, axloq-odobli bo`lishda boshqalarga o`rnak ko`rsatish, qushlar va jonivorlarga mehribon bo`lishdek ibratomuz ma’no va mazmun yotadi. Shoir o`quvchi bolalar hayotining faqat eng muhim, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lgan masalalarinigina qalamga oldi va ularni badiiy jihatdan yorqin va ifodali qilib tasvirlashga urindi. Bu esa u tomonidan ishlatilgan tasvirlash vositalarining naqadar o`rinli va mazmundorligini tasdiqlaydi, obrazli ibora eng qisqa ifodali va mazmundor ibora ekanini isbotlaydi. Quddus Muhammadiy sofdil, a’lochi o`quvchi bolalarni samimiy sevadi, o`z she’rlarida bunday bolalarni maqtaydi. “A’lochi Sodiq”, “Sinov”, “Mening orzuim”, “Bizning uyda”, “Yasha, Omon!”, “Besh”, “Solijonning darsxonasi” va boshqa she’rlari a’lochi o`quvchilar haqida yaratilganligi bilan muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Shoir bu she’rlari orqali a’lo o`qish, tinmay mehnat qilish bilangina ilm-fan sirlarini egallash mumkinligini bolalar qulog’iga quyadi. Quddus Muhammadiy ijodining yana bir muhim qirrasi satirik va yumoristik asarlari bilan bog’liq. “Nomsiz erkatoylar haqida”, “Dum”, “Ahmadjonga uyat”, “Lapashang”, “Ravshanjonning qo`li tilga kirdi” kabi ko`plab she’rlarida bolalar xarakteridagi yaramas odatlar ayovsiz tanqid qilinadi. Ayniqsa, shoirning “Dum” she’ri shu jihatdan xarakterlidir. Ulgurmovchi, uyga berilgan vazifani tayyorlamay «dum» bilan yuruvchi o`quvchilar haqida nasr va nazmda yozilgan ko`pgina asarlarni bilamiz. Q.Muhammadiy «dum»chilar ustidan kulish uchun mutlaqo yangi so`z va obraz topgan. She’r quvnoq misralardan tashkil topgan bo`lib, bolalarning ruhiga, pedagogik-ruhiy xususiyatiga mos tushadi: Bir maktabda gap mishmish Turqunning dumi bormish. Dum bilan yurish inson sha’niga yarashmasligi, ikkichi, qoloq, ishyoqmas Tursunlarning bunday yaramas dumdan qutulib ketishi zarurligi asarning mantiqiy xulosasidir. Quddus Muhammadiy ko`pgina she’rlarida bolalarni hayvonot, qushlar, o`simliklar va buyumlar olamiga boshlab kiradi. Qisqa, esda qoladigan she’rlarda shoir sodda, ammo jarangdor qofiyalarda toychoq, tuya, laylak, xo`roz, ipak qurti, gullar, parovoz va samolyot haqida hikoya qiladi. Atrofdagi mavjudotlar haqida bolalarning dunyo qarashini kengaytirish, ularning so`z boyligi va bilimlarini boyitish Quddus Muhammadiyning o`z oldiga qo`ygan vazifalardan biridir. “Ahmadjonning kitobxonligi” she’rida Ahmadning ko`z oldidagi kitobga tushirilgan har bir hayvon va qushchaga qisqacha ta’rif beriladi: Ana muqombir tulki, Pisib turishi kulki. Ana o`rdak bilan qoz, Ana maymun sho`x dorvoz. Bolalarga yaxshi tanish bo`lmagan ukki haqida juda sodda tushuncha berilgan: Hammadan qiziq ukki, Tumshuqi egri – dukki? Nechun yurmas kunduzi, Nega yonadi ko`zi? Suratlar orasida Arslon yo`qligi Quddus Muhammadiyga xos yumor bilan tasvirlanar ekan, yo`lbarsning yurish-turishi tushuntiriladi: “Xo`roz qichqirar qu-qu! Bunda yo`lbars, sher yo`g’u...” Shu bilan qolar kitob, Go`yo o`qildi hisob. Shuningdek, Q.Muhammadiy ham boshqa shoirlar singari she’riy Alifbo tuzgan; har bir harfga biron voqea yoki harfni oson o`zlashtirishda bolaga yordam beradigan narsa asos qilib olingan. Bu alifboning tuzilish tarixi qiziq. Q.Muhammadiy kichik maktab yoshidagi bolalarni to`plab, ularga harflar to`g`risida gapirib bergan va ularning har biri buni nima deb tushunishini, undan boshlangan qaysi so`zlarni bilishini so`ragan. Ertasiga Q.Muhammadiy bolalardan juda ko`p so`z yozib oladi. Ulardan eng yaxshi va ta’sirlisini tanlab, o`zining she’riy alifbosini tuzadi. Bu alifbo syujet asosida tuzilgan: maktab ta’tillari vaqtida o`qishdan bo`shagan harflar davra qurishib, har kim o`z joyini topish o`yinini boshlashadi. She’riy topishmoq – o`zbek adabiyotida ko`pdan buyon hukm surib kelayotgan juda qadimiy janr. Kichkintoylar bilan suhbatlashganda Q.Muhammadiy ham shu janrga murojaat qiladi. Masalan, uning “Bu nima?” she’rida kirpining obrazli tasviri bola uchun juda sodda beriladi. Birinchi satrdanoq ma’lum obraz ko`zga tashlanadi: Download 94.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling