Mavzu: Miraziz A'zam she'rlarining obrazlar olami
Mavzu: Abdulla Avloniy ilk bolalar shoiri va islohotchi pedagogi
Download 94.43 Kb.
|
Bolalar Adabiyoti 5 ta Mavzu
Mavzu: Abdulla Avloniy ilk bolalar shoiri va islohotchi pedagogi
Abdulla Avloniy - buyuk shoir, yozuvchi, dramaturg, pedagog, jurnalist va xalq arbobi, o‘zbek madaniyati va adabiyotining asoschilaridan biri. U o‘zbek pedagogikasi, dramaturgiyasi, milliy teatri, jurnalistikasi, bolalar adabiyotini yangi darajaga olib chiqqan. U 1878 yilning 12 iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida to‘quvchi Miravlon aka oilasida dunyoga keldi. Otasi Miravlon kambag‘al kishi bo‘lgan, shu sababli Avloniy yoshligidan ishlab, pul topishni boshlagan. Uni “Imaratgi usta” deb nomlashgan. Bu haqda u o‘z tarjimai holida shunday yozadi: 12 yoshimda O‘qchi mahallasidagi madrasada tahsil olganman, 13 yoshimda pul topib, oilamga yordam berganman, qishda esa o‘qiganman. 15 yoshidan Abdulla Avloniyning she’rlari yozma manbalarda chopila boshlagan. 1904 yil Avloniy jadidlar boshqaruvchilaridan biri bo‘lgan va jadidchilik maktabini ochgan, 1909 yil “Jamiyati hayriya” tashkilotini yaratadi. 1905-1917 yillar o‘z nashrlari bilan bosma manbalarda faol qatnashadi, “o‘zgarish urug‘lari”ni eka boshlaydi. 1907 yil Avloniy “Shuhrat” gazetasini ochadi. O‘qishdan so‘ng pedagogika bilan shug‘ullanadi, yangi o‘quv tizimiga asos soladi va Sharq hamda G‘arb tillarini o‘qitish taklifini beradi. Avloniy birinchi bo‘lib jo‘g‘rofiya, kimyo, astronomiya va fizika fanlarini Turkiston maktabida o‘qitish taklifini beradi, u darslar orasida tanaffuslarni, o‘quvchilar bir sinfdan ikkinchisiga o‘tishi orasida imtihon topshirish tizimini yo‘lga qo‘yadi. Shunday qilib, Turkistondagi ta’lim tizimini yangi bosqichga ko‘taradi. 1895 yildan e’tiboran, Avloniy “Qobil”, “Shuhrat”, “Hijron”, “Avloniy”, “Surayyo”, “Abulfayz”, “Indamas” kabi tahalluslar ostida ijod qilarkan, feletonlar va dramatik asarlar yozadi. U o‘z xalqini ta’lim olib, ma’rifatli bo‘lishga chorlagan. 1909 yil u jadidchilik uslubidagi maktabni ochadi. Behbudiy bilan birgalikda u “Turon” truppasiga asos solishadi va “Padarkush” piesasini sahnalashtirishadi. 1917 yil revolyutsiyadan so‘ng “Yashasin xalk jumxuriyati” shiori bilan “Turon” gazetasini nashrdan chiqara boshlaydi. Shoir sifatida Avloniy juda ko‘p she’rlar yozgan. Uning “O‘z mamlakatimizda”, “Maktab” kabi mashhur she’rlari xalqni ma’rifatparvarlikka chorlaydi. Ayniqsa, “Adabiyot” kitobi juda mashhur. Abdulla Avloniy 19 asr oxirlaridan o‘zbek xalqi orasida keng tarqalgan jadidchilik harakati boshqaruvchilaridan biri hamda o‘zbek bolalarining yangi uslubdagi maktabi tashabbuschilaridan biri bo‘lgan. Ushbu maktablar uchun darsliklar va qo‘llanmalar yozgan. Afg‘oniston xalq ta’limi vaziri bo‘lib ishlagan, Sovet Ittifoqining Afg‘onistondagi elchi-konsuli bo‘lgan. U O‘rta Osiyo universitetida dars bergan va kitoblar yozgan. Abdulla Avloniy 1934 yil 25 avgust kuni Toshkent shahrida vafot etgan va Botkina qabristoniga ko‘milgan. Ilmiy ishlari O‘zbek tilida bolalar uchun darsliklar: “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Tarix”, “Turkiy Guliston yohud ahloq”. Pesalari: “To‘y”, “Qurultoy”, “Layli va Majnun”, “Ikki muhabbat”, “Advokatlik osonmi?”, “O‘liklar”, “Pinak”, “Biz va siz”, “Bo‘ron”, “Portugaliya inqilobi”. Masallar: “Tulki va qarg‘a”. Dostonlari: “Mardikorlar ashulasi”, “Vatan”, “Maktab”, “Bog‘cha”, “Yalqov shogird tilidan”, “Tog‘lardan bir manzara”, “Millatga xitob”, “Ishchilardan tortiq”, “Ko‘klam keldi”, “Tovush”. Maqolalari: “Maqsad va maslak”, “Xolimizga doir”. Hikoyalari: “Hasad balosi”. Boshqa ishlari: 1907 yil o‘zbek tilida “Shuhrat” gazetasini nashrdan chiqaradi. 1913 yil “Turon” truppasiga asos soladi. 1917 yil “Osiyo” gazetasini nashrdan chiqaradi. Abdulla Avloniy bolalar uchun ham bir qancha she`r va masallar yozgan. SHoir bu asarlarida maktab yoshidagi bolalarning fikr doirasini kengaytirish, ularda maktab va kitobga, mehnatga, tabiatga, Vatanga muhabbat uyg`otishni maqsad qilib qo`ygan. Uning ko`pgina she`rlari zamirida Vatanni sevish g`oyasi yotadi. SHoir bu she`rlarida Vatanni sodda va samimiy misralarda tasvirlaganki, faqat o`sha 10-yillarning o`rtalaridagina emas, balki bugungi maktab yoshidagi bolalar ham ulardan katta estetik zavq olishlari mumkin. Darhaqiqat, shoir Vatan ta`rifini boshlab, “Tog`laridan konlar chiqar, Erlaridan donlar chiqar… Havosi o`ta yoqumlik, CHo`llari bor toshlik, qumlik, Toshkand emas, toshqand erur, Kesaklari gulqand erur”, deya bolalarda ona diyorga katta mehr uyg`otishga erishadi. Ma`rifatchilik va ijtimoiy mavzu Avloniy she`riya-tida markaziy o`rin egallaydi. SHoir ilm-fanning fazilat-larini zavq bilan kuylaydi. “Maktab”, “maorif”, “ilm”, “fan” kabi tushunchalar shoir she`rlarida ezgulikning betim-sol ramzi, obrazi darajasiga ko`tariladi, “jaholat” va “nodon-lik” esa zulmat va yovuzlik timsoli sifatida talqin qilinadi. Jumladan, “Maktab” she`rida shunday ta`riflanadi: Maktabdur oftobi jahon saodating, Maktabdur osmoni zamon sabovating. Maktab u joyi dilkash shirin maqomdur, Maktab behishtu jannat hur tabiating. Maktab dilingga sochg`usi ilmu fununni, Maktab ziyoda qilg`uchidir aqlu hikmating. Maktab qo`lingni tutdimi, boshlar hidoyata, Maktab raisu rahbaridur din, millating. Abdulla Avloniy “Ilm” she`rida esa ilmga bunday ta`rif beradi: Ilmdur ikki jahon manzilining a`losi, Ilmdur ikki jahon masnadining bolosi, Ilmdur ikki jahon rohatining ma`vosi, Ilmdur ikki jahon shavkatining barposi, Yashamak istar esak, ilma ravon o`lmaliyuz. Ilmsiz qolsak, asoratga nishon o`lmaliyuz. Abdulla Avloniy asarlar yozish bilan bir qatorda maktablar ochish, xalqni savodxon qilishi, o`zbeк xotin-qizlarini o`qitish, o`qituvchilar va ziyoli kadrlar tayyorlash bilan shug`ullanadi. U 1923-24 yillarda eski shahardagi xotin-qizlar va erlar maorif bilim yurtlari mudiri, 1924-29 yillarda Toshkent harbiy maktabida o`qituvchi, 1925-34 yillarda O`rta Osiyo Kommunistik universiteti, O`rta Osiyo Qishloќ xo`jaligi maktabida, O`rta Osiyo Davlat universi-tetida dars beradi. Pedagogika fakul’tetining til va adabiyot kafedrasi professori va mudiri bo`lib ishladi. U 1933 yilda o`zbek maktablarining 7-sinfi uchun “Adabiyot xristomatiyasi” tuzib, nashr ettirdi. Abdulla Avloniy “Hijron”, “Nabil”, “Indamas”, “SHuhrat”, “Tang-riquli”, “Surayyo”, “SHapaloq”, “CHol”, “Ab”, “CHig`aboy”, “Abdulhaq” taxalluslari bilan tanqidiy va ilmiy maqola, 4000 misradan ortiq she`r ijod qilgan. Avloniy 1927 yilda “Mehnat qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi. 1930 yilda unga “O`zbekiston xalq maorifi zarbdori” faxriy unvoni berildi. Hozirda mustaqil O`zbekistonimizda Abdulla Avlo-niy nomida bir qator maktablar bor. O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bolalar adabiyoti bo`yicha uning nomida mukofot ta`sis etgan. Toshkent ko`chalaridan biri, Respublika o`qituv-chilar malakasini oshirish markazi va mahallalardan biri uning nomida. Respublika o`qituvchilar malakasini oshirish markazida Abdulla Avloniy muzeyi tashkil qilingan. Download 94.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling