Mavzu: Mis,kumush,oltin ishlatilish sohalari va qo’llanilishi. Reja
Download 353.52 Kb.
|
Ashurov S Z
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2Cu 2 S + 3 O 2 → 2SO 2 + 2Cu 2 O Cu 2 S + 2 Cu 2 O → SO 2 + 6 Cu
- 2CuSO 4 + 2H 2 O → O 2 + 2H 2 SO 4 + 2Cu
Pirometallurgiya usuli sulfidli rudalardan mis olishdan iborat, masalan, xalkopirit CuFeS 2. Xalkopirit xomashyosida 0,5-2,0% Cu mavjud. Dastlabki flotatsion konsentratsiyasidan so’ng, kontsentrat 1400 ° C haroratda oksidlanib qizdirliladi:
2CuFeS2 + 4O2 → 3SO2 + 2FeO + Cu2S Mis sulfidi qisman oksidlanib oksidlanib, so’ngra metall (pufakchali) misga aylanadi: 2Cu2S + 3 O2 → 2SO2 + 2Cu2O Cu2S + 2Cu2O → SO2 + 6Cu Natijada paydo bo’lgan metall (pufakchali) mis tarkibida 90,95% metall bor va u elektrolit sifatida mis sulfatning kislotali eritmasidan foydalangan holda keyingi elektrolitik tozalashga uchraydi. Katodda hosil bo’lgan elektrolitik mis yuqori tozaligi 99,99% gacha boladi, elektr jihozlari va qotishmalar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Mis oksidining vodorod bilan ekzotermik qaytarilish reaktsiyasi jarayonida, shuningdek, sof misni olish mumkin: CuO + H2 → H2O + Cu Gidrometallurgiya usuli mis minerallarini suyultirilgan sulafat kislotasida yoki ammiak eritmasida eritishdan iborat ; hosil bo’lgan eritmalardan mis metall temir bilan qaytariladi: CuSO4 + Fe → Cu + FeSO4 Elektroliz usuli mis sulfat eritmasining elektrolizi: 2CuSO4 + 2H2O → O2 + 2H2SO4 + 2Cu (https://cheminfo.uz/mis-haqida-malumot/) Elektrolitik tozalashning asosiy maqsadi toza, yuqori sifatli mis va yarim mahsulot (shlam) olishdir. Shlamga oltin, kumush, selen va tellur to‘planadi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun anoddagi mis doimiy elektr toki yordamida eritiladi va shu davrda erkin mis kislotali eritma orqali katodga o‘tkaziladi. Erituvchi modda sifatida sulfat kislotasi ishlatiladi. Asosiy dastgoh sifatida elektrolitik vanna ishlatiladi, u temir betondan yasalgan kesimi to‘g‘ri burchakli dastgohdir. Elektroliz vanna elektrolit quyadigan quvur nov va elektr toki bilan ta’minlaydigan shinalar bilan jihozlangan. Vannaning ichki sirti qattiq plastmassadan yoki qo‘rg‘oshin bilan izolatsiya qilingan bo‘ladi, chunki eritma tarkibida sulfat kislotasi bor. Elektroliz o‘tadigan muhit– elektrolitik quyidagi tarkibga ega: 135–200 g/l H2SO4 va 170–200 g/l mis kuporosi – SuSO4 H5O (35–50/Su2+ ionlariga to‘g‘ri keladi). Anod pechidan qoliplarga quyib olingan tayyor mahsulot 7.4-rasmda tasvirlanganidek, vagonchalarga taxlanib, temiryo‘l izi orqali elektroliz sexiga eritmada qayta ishlash uchun jo‘natiladi. Kimyoviy modda sifatida qattiq plastmassani ishlatish ancha afzalroqdir. Qattiq plastmassa tok o‘tkazmaydi va tokning isrofgarchiligi kamayadi hamda foydalanish koeffitsiyenti ortadi. Qattiq plastmassaning kamchiligi – u mo‘rt, sinuvchan va mexanik ta’sirda tezda ishdan chiqishi mumkin. Qattiq plastmassali qoplama qo‘rg‘oshinga nisbatan kamroq ishlaydi. Lekin qo‘rg‘oshinning qimmatligini hisobga olganda qattiq plastmassa keng ishlatiladi. Xorijiy davlatlarda qattiq plastmassani rad etib, qo‘rg‘oshindan foydalanishga o‘tilmoqda. Qo‘rg‘oshinning ishlash davrini oshirish uchun uning tarkibiga 3–6 % Sb va 0,0006 % Su qo‘shiladi. Kanada zavodlarining birida bunday kimyoviy material uzluksiz 28yil ishlaganligi olimlar t omonidan e’tirof etilgan. Download 353.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling