Mavzu: mix va burama mixlar yordamida oddiy birikma tayyorlash texnologiyasi


Download 0.92 Mb.
bet3/3
Sana17.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1096735
1   2   3
Bog'liq
Mavzu mix va burama mixlar yordamida oddiy birikma tayyorlash t

SHuruplar duradgorlik buyumlari va yig’ma mebellarda keng qo’llaniladi. SHurup pastki qismida vint o’yig’i bo’lgan tsilindrik shakldagi metall sterjendan iboratdir. SHuruplarning kallaklari yarim yumaloq, yashirin va yarim yashirin bo’lishi mumkin. Duradgorlik buyumlarida shuruplar shtapiklar, tirqish berkitgichlar, asboblap (ilgaklar, tortqilar, qulflar va h. k.)ni mahkamlashda qo’llaniladi. Bunda ko’proq yashirin kallakli shuruplar ishlatiladi.
SHurup yog’ochga qoqilmaydi, balki otvyortka yoki elektrik shurup buragich bilan burab kiritiladi. SHurupni oxirigacha burab kiritish kerak. SHurup bolg’a bilan qoqilganda vintli birikma mustahkam chiqmaydi, shurup o’tgan joydagi yog’och tolalari sidiriladi va shurupni birikmada tutib turuvchi kuch 40% ga kamayadi.
SHurupli birikmaniig mustahkamligi yog’och zichligiga, shurup o’lchamiga, shurupning qancha chuqur burab kirgizilishiga va yog’och tolalari yo’nalishiga bog’liq.
Qattiq yog’ochlarga shurup oldindan parmalangan teshiklarga burab kirgiziladi. Bunda teshik diametri 0,9 shurup rezbasi diametriga, teshik uzunligi esa 1/2 dan 3/4 shurup uzunligiga teng bo’lishi kerak.
SHurupni dub yog’ochiga burab kirgizishdan oldin, zanglashdan saqlash maqsadida tavot bilan moylash lozim. Nam yog’ochga shurupni burab kirgizish tavsiya etilmaydi, chunki shurup zanglaydi.
Qurilish elementlarini shuruplar bilan biriktirishda vint o’qlari orasidagi masofa S1=10d; S2=S3=5d bo’lishi kerak (d-shurup diametri).





Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling