Mavzu: Mobil aloqa tizimlari uzatish qurilmalarining tuzulishi va ishlash prinsiplari Bajardi


-rasm iPhone smartfonlarining korinishi


Download 0.64 Mb.
bet3/5
Sana19.01.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1100850
1   2   3   4   5
Bog'liq
MATR va RQQQ mus ish

3-rasm iPhone smartfonlarining korinishi
Mobil aloqa vositalari yordamida axborotlarni uzatish Bluetooth, SMS va MMS texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Bluetooth – kichik qamrov doirasiga ega bo‘lgan simsiz aloqa texnologiyasi. Tarmoq qurilmalari orasidagi o‘zaro muloqotni va ularning Internetga ulanishini engillashtiradi. U, shuningdek, turli elektron qurilmalari va kompyuterlar orasida ma’lumotlar almashishni osonlashtiradi. Bluetooth kichik ma’lumot oqimlarini uzatish uchun mo‘ljallangan, shuning uchun mahalliy va global tarmoq texnologiyalarining o‘rnini bosa olmaydi.
SMS (Short Message Service) – qisqa xabarlar xizmati. Mobil aloqa tarmoqlarida abonentlarning bir-birlariga qisqa matn xabarlarini uzatish va qabul qilish xizmati hisoblanadi. Qisqa xabarlar deyilishiga asosiy sabab texnologik jihatdan bir xabar uzatishda 140 ta belgini uzatish mumkin.
MMS (Multimedia Messaging Service)– GPRS texnologiyasiga asoslangan mulьtimedia xabarlarini almashish xizmati. Xizmat rangli rasm, fotosurat, musiqa va hatto videoroliqlarni uzatish va qabul qilish imkonini beradi. MMS texnologiyasi bevosita xabar matniga tasvir va musiqani biriktirishni nazarda tutadi. MMS-xabarlarni jo‘natish-qabul qilish uchun, MMS xizmatni nafaqat telefon qurilmasi, balki mobil aloqa operatori ham qo‘llashi zarur.


4-rasm. Mobil aloqa malumot almashinuvi oddiy korinishi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida yirik loyihalar amalga oshirishga eng ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratiladi.


Xususan, “O‘zbektelekom” AK “Mobil aloqa tarmog‘ini modernizatsiya qilish va kengaytirish” loyihasi doirasida Respublika bo‘ylab 160 dan ziyod ob’ektlarda baza stansiyalarini ishga tushirdi. Yangi baza stansiyalarning aksariyat qismi qishloq va chekka hududlarda foydalanishga topshirildi.
Yangi antenna-machta inshootlari, baza stansiyalari va zamonaviy qurilmalarning o‘rnatilishi ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirishga va qamrov zonalarining kengayishiga hamda tezkor mobil Internet texnologiyalari joriy etilishga xizmat qiladi.
Hozirgi kunda modernizatsiya ishlari Toshkent shahri, Sirdaryo, Andijon, Toshkent, Namangan, Farg‘ona viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida nihoyasiga yetgan. Shuningdek, ayni kunlarda Xorazm viloyatida modernizatsiya ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida, UZTELECOM mobil aloqa tarmog‘i tayanch stansiyalarining aksariyat qismi 4G LTE texnologiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Umuman, Respublikamiz bo‘ylab mavjud mobil aloqa kompaniyalari tomonidan qariyb 1500 ta ob’ektda joylashgan tayanch stansiyalarni modernizatsiya qilish orqali keng polosali internet xizmatlarini taqdim etish imkoniyati yaratildi.
Telekomunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish loyihalari doirasida rejalashtirilgan ob’ektlarga qadar 6,5 ming kilometr optik tolali aloqa kabellari yotqizildi. Bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom etmoqda.
Aytish joizki, shu kunga qadar asosan telefon xizmatlarini ko‘rsatuvchi mobil tarmoqlarni kengaytirish amalga oshirilgan bo‘lsa, hozirda tarmoqning qamrovini oshirish bo‘yicha barcha loyihalar 3G/4G tarmoqlarini kengaytirishga yo‘naltirilmoqda. Xususan, joriy yil mobaynida 2200 ta tayanch stansiyalar o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
2020 yil - “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlanish yili” birinchi yarim yilligi mobaynida mobil aloqa operatorlari tomonidan jami 1375 ta mobil aloqa tayanch stansiyalari o‘rnatilib, aholi maskanlarining mobil aloqa bilan qamrovi darajasi 97 foizga va keng polosali mobil Internet tarmog‘iga ulanish qamrovi darajasi 78 foizga yetkazildi.
Eng muhimi, mobil aloqa tarmoqlari qurilmalari respublika miqyosida o‘rnatilmoqda. Xududlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, Qashqadaryoda 138 ta, Samarqandda 157ta, Namanganda 128 ta, Toshkent viloyatida 134 ta, Farg‘onada 171 ta, Toshkent shahrida 164ta, Xorazmda 64 ta, Sirdaryoda 31 ta, Surxondaryoda 76 ta, Navoiyda 34 ta, Jizzaxda 70ta, Buxoroda 61 ta, Andijonda 117 ta, Qoraqalpog‘istonda 34 ta mobil aloqa stansiyalari o‘rnatildi. Yangi tayanch baza stansiyalarini o‘rnatish ishlari uzviy ravishda olib boriladi.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling