Mavzu: Mobil aloqa tizimlari uzatish qurilmalarining tuzulishi va ishlash prinsiplari Bajardi


-rasm Mobil aloqa muhitini tashkil etish qurilmalari


Download 0.64 Mb.
bet4/5
Sana19.01.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1100850
1   2   3   4   5
Bog'liq
MATR va RQQQ mus ish

5-rasm Mobil aloqa muhitini tashkil etish qurilmalari

Mobil aloqa infratuzilmasini rivojlantirish davr talabi. Mobil aloqa infratuzilmasini rivojlantirish mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining muhim omillaridan biridir. Shu maqsadda ayni paytda yurtimizda internet va mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatish darajasini yuksaltirish bo‘yicha sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.


Bu esa, o‘z navbatida, Internet tezligining oshishiga omil bo‘ldi. Umuman, oxirgi yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda simli internet tezligi 2 barovarga o‘sdi. Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, 2020 yilning 1 yanvaridan operator va provayderlarga internet xizmatlari uchun tarif o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34 foizga arzonlashtirildi. Internet provayderlariga respublikaning turli hududlarida tarmoqqa ulanish yagona tartibda tashkil etildi. Shu bilan birga mazkur yo‘nalishi bo‘yicha ishlar izchil amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2021 yil yakunigacha kamida 800 mingta keng polosali Internet portlari yaratilishi, 12 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurilishi belgilangan. Zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida joriy yil boshidan bugungi kungacha Internet tarmog‘ida keng polosali ulanish tarmoqlarini kengaytirish maqsadida 340 ming portga teng keng polosali yangi abonent qurilmalari keltirildi. Qurilmalar hududlarga taqsimlanib, mutaxassislar tomonidan montaj va sozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Hozirda 281 ming port qurilmalar o‘rnatildi.
Bundan tashqari, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini kengaytirish uchun 40 ta server qurilmasi va 5 komplekt ma’lumotlarni saqlash qurilmalari o‘rnatilib, ishga tushirildi.
2023 yilda barcha ijtimoiy soha ob’ektlari yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlanadi hamda olis chekka hududlardagi aholi maskanlarida ham telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Xulosa:
Ushbu mustaqil ishni bajarish davomida men mobil aloqa va aloqa uzatishning boshlang’ich texnologiyalari uslublari va xususiyatlari va mobil tarmoq muhitini tashkil etish uning tushunchalari, umumiy resurslarni taqsimlashga qodir bo'lgan bir-biriga ulangan mobil qurilmalar guruhi haqida, korxonalarda mahalliy tarmoqlar bir nechta mobil qurilmalar ishlash prinsplarini bir guruhga birlashtiradigan ishchi guruhlarni tashkil qilish bilan tavsiflanishi, mahalliy tarmoqni yaratishni, ularni vazifalari haqida bilimlarimni oshirdim. Mobil aloqa standartlari ularning turli xil vazifalari va xususiyatlarini tahlil qilib chiqdim va so’nggida mobil aloqa qurilmalarida malumot uzatishning turlari va mobil aloqalarni tashkil qilish usuli uchun bir tomonlama va ikki tomonlama qo'llanilishi bitta mobil aloqa faqat uzatish emas, qabul qilish uchun ham bo'lgan aloqa bir tomonlama deb atalishi va qay tartibda mobil aloqa muhiti tashkil etishni tushundim.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling