Mavzu: Mobil internet gprs, dvb-h tarmoqlarining rivojlanish tendentsiyasi


Download 4.81 Kb.
Sana17.01.2023
Hajmi4.81 Kb.
#1096819
Bog'liq
Mavzu Mobil internet gprs, dvb-h tarmoqlarining rivojlanish ten-fayllar.org


Mavzu: Mobil internet gprs, dvb-h tarmoqlarining rivojlanish tendentsiyasi

Mavzu: Mobil internet GPRS, DVB-H tarmoqlarining rivojlanish tendentsiyasi

1G


  • 1980-yillarda tarmoq texnologiyalari paydo bo‘lib, uyali aloqa taraqqiyotiga turtki berdi – AQShda AMPS, Yevropada NMT va TACS. U vaqtda modemlar bo‘lsa-da, mobil aloqani axborot uzatish uchun qo‘llash haqida gap bo‘lmagan. Mobil aloqa qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish va ba’zi kamtarona funksiyalar uchun ishlatilgan. Dunyodagi sotuv uchun chiqarilgan ilk uyali telefon – DynaTAC 8000X mana bunday ko‘rinishda bo‘lgan. U 1 kilogrammdan sal og‘irroq bo‘lgan.

  • Axborot uzatish tezligi – 1,9 kbit/sek

  • Bitta qo‘shiqni yuklab olish uchun ketadigan vaqt (4 MB) – deyarli 5 soat

2G


  • 1990-yillar boshida D-AMPS va CDMA raqamli uyali tarmoqlar jadal rivojlandi. SMS-xabar jo‘natish, shuningdek, CSD – axborotni 1 soniyada 14,4 kbit tezlikda uzatish imkonini beruvchi texnologiyalar paydo bo‘ldi. Axborotni uzatish uchun maxsus qo‘ng‘iroqni amalga oshirish talab qilingan. Telefon suhbati kabi daqiqasiga pul olinib, bu qimmatga tushar edi.

  • Axborot uzatish tezligi – 14,4 kbit/sek

  • Bitta qo‘shiqni yuklab olish uchun ketadigan vaqt (4 MB) – 37 daqiqa

2,5G (GPRS)


  • 1997-yilda uyali tarmoqlar va ularning axborot uzatishda qo‘llanilishi haqidagi tasavvurni ostin-ustun qilib yuborgan GPRS texnologiyasi paydo bo‘ldi. U axborot uzatishni uzluksiz amalga oshirish imkonini berdi. Hech qanday qo‘ng‘iroqlarsiz 1 soniyada 100 kbit (nazariy) yoki 56 kbit (amalda) tezlik mumkin bo‘ldi. Uyali aloqa operatorlari liniya band bo‘lgan vaqt emas, trafik bo‘yicha tarif belgilaydigan bo‘ldi.

  • Axborot uzatish tezligi – 56 kbit/sek

  • Bitta qo‘shiqni yuklab olish uchun ketadigan vaqt (4 MB) – deyarli 10 daqiqa

2,75 G (EDGE)


  • Keyinroq yana bir standart – EDGE paydo bo‘lib, operatorlar uchun 2,5G ni mukammallashtirishning arzon usuli bo‘lib xizmat qildi.

  • Axborot uzatish tezligi – 236 kbit/sek

  • Bitta qo‘shiqni yuklab olish uchun ketadigan vaqt (4 MB) – 2 daqiqa

3G (UMTS)


  • 2G va 3G texnologiyalari orasida ovozli aloqa sifatida farq yo‘q. Biroq, uchinchi avlod tarmoqlarining kengaytirilishi natijasida uyali aloqa operatorlari avval mavjud bo‘lmagan qator xizmatlar, jumladan videoqo‘ng‘iroq va mobil TV xizmatlarini taqdim etish imkoniga ega bo‘ldi.

  • Axborot uzatish tezligi – 384 kbit/sek

  • Bitta qo‘shiqni yuklab olish uchun ketadigan vaqt (4 MB) – 1,5 daqiqa

3,5G


  • HSDPA va HSUPA — UMTS tarmog‘iga ustqurma texnologiyalar axborot tezligini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi.

  • Axborot uzatish tezligi – 14,4 Mbit/sek

  • Bitta qo‘shiqni yuklab olish uchun ketadigan vaqt (4 MB) – 3 soniya

3,75G


  • HSPA+ — HSDPA/HSUPA texnologiyalarining takomillashtirilgan ko‘rinishidir.

  • Axborot uzatish tezligi – 1 soniyada 42,2 Mbitgacha

  • Bitta qo‘shiqni yuklab olish uchun ketadigan vaqt (4 MB) – bir soniyadan ham kam

  • Yaqindagina Ucell mobil operatori ushbu texnologiyani Toshkent va Samarqandda ishga tushirdi. Kelajakda kompaniya ushbu xizmat ko‘rsatilgan hududlarni kengaytirishni rejalashtirmoqda.

4G - LTE


  • Hozirgi vaqtda qaysi texnologiyalarning to‘rtinchi avlodga tegishli ekanligi to‘g‘risida ko‘plab munozaralar bo‘lmoqda. WiMAX va LTE ushbu nom uchun asosiy nomzodlar bo‘lib qolmoqda. HSPA+ ham xuddi ularning xususiyatlarini o‘zida aks ettirishi tufayli, u keyingi nomzoddir.Ayni paytda Ucell va Beeline aloqa operatorlari to‘rtinchi avlod tarmog‘ini sinov rejimida ishga tushirgan.

  • Axborot uzatish tezligi – 100 Mbit/sek

  • Bitta qo‘shiqni yuklab olish uchun ketadigan vaqt (4 MB) – yarim soniya

DVB-H tarmoq uzatgichlari


  • DVB-H o`ziga xos foydalanish – qo`lda olib yuriladigan terminallarga IP-ma`lumotlar uzatish xizmati (IP-DataCasting, IPDC).

  • Tizim markazida turli xil IP-oqimlari tashkil etiladi, keyinchalik tarmoq uzatgichga uzatiladi.

  • IP-oqimlarni uzatish uchun MPE-FEC tuzilishi seksiyasini uzatishda vaqtni kvantlashni amalga oshiruvchi IP-inkapsulyatorlardan foydalaniladi.

  • UMTS yoki GPRS uyali telefon aloqasi tizimi orqali interaktiv rejim ish faoliyati taminlanadi.


http://fayllar.org
Download 4.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling