Mavzu: Modal so'zlarning uslubiy xususiyatlari mundarija: kirish


Download 45.45 Kb.
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi45.45 Kb.
#1612787
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Modal so\'zlarning uslubiy xususiyatlari


Mavzu: Modal so'zlarning uslubiy xususiyatlari
MUNDARIJA:
KIRISH………………………………………………………………………….2
1-BOB. MODAL SO‘ZLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT…………...4
1.1 Modal so`zlar va uning turlari…………………………………………….....4
1.2 Modal so'zlarning leksik va grammatik xususiyatlari...………………….….9
2-BOB. ALOHIDA OLINGAN SO’Z TURKUMLARI HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT…………………………………………………………………..16
2.1 Alohida olingan so’z turkumlari turlari…………………………………….16
2.2 Undov va taqlid so’zlar haqida ma`lumot…………………………………..18
XULOSA ………………………………………………………………………24
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………..….25

KIRISH
“Taʼlim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yoʻq.
Qanchalik murakkab boʻlmasin, maktab taʼlimida poydevorni bugundan mustahkam qoʻyishimiz kerak. Chunki biz koʻp vaqt yoʻqotganmiz.
Agar kimda-kim maktab bu faqat Xalq taʼlimi vazirligining ishi, deb oʻylasa, mutlaqo yanglishadi.
Maktab taʼlimi sohasidagi islohotlar vazirlik va idoralar, tarmoq rahbarlari, barcha darajadagi hokimlar, ilmiy tashkilotlar, ziyolilar, keng jamoatchilikning vazifasi boʻlishi shart va zarur. Shundagina kutilgan natijaga erishish mumkin, — dedi davlatimiz rahbari yigʻilish avvalida” – Sh.Mirziyoyev.
Mavzuning dolzarbligi. Tilshunos olim Sapayev Q. Hozirgi o’zbek tili (mоrfеmikа, so‘z yasаlishi vа mоrfоlоgiya) o‘quv qo‘llanmasida undov so’zlar haqida quyidagicha ma’lumotlarni aytib o‘tgan: “Undоv so‘zlаr kishilаrning his-hаyajоnini, buyruq-хitоb, hаydаsh, chаqirish mа’nоlаrini ifоdаlаydi.
So‘zlovchining anglatayotgan fikrga munosabatini ifodalab, gapda kirish so‘z vazifasida qo‘llanadigan so‘zlar modal so‘zlar deyiladi.
Modal so‘zlar mustaqil so‘zlar kabi narsa, belgi, harakat va shu kabilarni atamaydi va gap bo‘lagi bo‘lib kela olmaydi. Shu bois ular gap bo‘laklari bilan sintaktik jihatdan bog‘lanmaydi: Demak, ishalasa bo‘ladi. Ehtimol, ketmon bilan yer ag‘darishga ham to‘g‘ri kelar.
Undоv so‘zlаr lеksik mа’nо ifоdаlаy оlmаsligi, kеlishik, egаlik, sоn аffikslаrini оlmаsligi jihаtidаn mustаqil so‘zlаrdаn fаrq qilаdi. Shuningdеk, nutqdа bоshqа so‘zlаr bilаn grаmmаtik аlоqаgа kirishа оlmаsligi, gаpning birоr bo‘lаgi vаzifаsini bаjаrа оlmаsligi hаm bu so‘z turkumining аsоsiy хususiyatlаridаn biridir. Ulаr fаqаt оtlаshgаndаginа gаpning bоsh yoki ikkinchi dаrаjаli bo’lаgi vаzifаsini bаjаrishi mumkin. Маsаlаn: Оh urаrmаn, оhlаrim ursin sеni. 1
Taqlid so‘zlar gapda, asosan hol va sifatlovchi aniqlovchi vazifalarini bajaradi. Bunda ular etgan va etib kabi so‘zlar bilan birikib kelishi ham mumkin. Masalan: Sobir yaxna ko‘k choyni qult-qult yutdi. O‘rmon bo‘ylab boltaning taq-taq etgan tovushi taralib sokinlikni buzardi. Simyog‘ochga ilingan chiroq shamolda taq-taq etib ovoz chiqarardi.

Download 45.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling