Mavzu: Modal so'zlarning uslubiy xususiyatlari mundarija: kirish


Undov va taqlid so’zlar haqida ma`lumot


Download 45.45 Kb.
bet5/6
Sana19.06.2023
Hajmi45.45 Kb.
#1612787
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Modal so\'zlarning uslubiy xususiyatlari

2.2 Undov va taqlid so’zlar haqida ma`lumot.
Undоvlаr intоnаtsiya jihаtidаn judа hаm rаng-bаrаngdir. Bir undоvning turli хil intоnаtsiya bilаn tаlаffuz etilishi ulаrning mа’nоsigа tа’sir qilаdi. Маsаlаn: «Оh» qаndаy go‘zаl mаnzаrа gаpidаgi оh undоvi bilаn «Оh», zоlim fаlаk, yiqil bоshimgа gаpidаgi оh undоvining mа’nоsi bir хil emаs”. Undov so‘zlarni ikkiga guruhga bo‘ladi.
Undоvlаr mа’nоsigа ko‘rа ikki хil bo‘lаdi:
a)his-hayajon (emostional) undovlar;
b) buyruq-xitob undovlari.
1.His-hаyajоn (emоtsiоnаl) undоvlаri so‘zlоvchining tuyg‘ulаri, kеchinmаlаri, turli hishаyajоnini bildirаdi. Оh, eh, e, vоy, o‘hho‘, ehhе, оhhо, uh, mа, hi (him), bе, hоy, hе, ey, hа, uf, tuf, dоd, vоy, vоydоd, оbbо, urа, o‘ho‘, ehа, ehhе, iе, huv, hаy, hеy, bаs, rаhmаt, qаni, sаlоm, хаyr, оfаrin, bаlli, bаrаkаllа, аnа, mаnа, bе.
His-hаyajоn bildiruvchi undоvlаr ham o‘z navbatida ma’lum guruhlarga ajratib, misollar bilan Undov so‘zlar va Taqlid so‘zlar haqida ma’lumotlar. asoslab beradi.
1) sеvinch, shоdlik, ko‘tаrinki ruhiy hоlаtni ifоdаlаydi.
Маsаlаn: «Оh», qаndаy go‘zаl mаnzаrа! «О», quyosh zаrchisi, bеrib хushхаbаr, Hаyot rubоbini sаyrаtguvchisаn;
2) хаfаlikni, оg‘ir ruhiy hоlаtni ifоdаlаydi.
Маsаlаn: «E-vоh», оsmоn yirоq, yеr qаttiq! Chаrхing buzilsin, fаlаk! (P.Тursun). Hаy, аttаng. Qаni, o‘rtоq Оdilоv, siz аyting, shu gаplаr rоstmi? (А.Qаhhоr);
3) tааjjublаnish, hayratlanish, ajablanish, kutilmаgаnlik, shubhа, ikkilаnish, e’tirоz kаbilаrni ifоdаlаydi.
Маsаlаn: «Bаy-bаy-bаy». Меning hаsrаtim siznikigа urvоq hаm bo‘lmаs ekаn (P.Тursun).
2.Buyruq-хitоb (impеrаtiv) undоvlаrga esa quyidagicha ta’rif beriladi. Buyruq - хitоb undоvlаri оgоhlаntirish, хitоb qilish, tаklif, chаqiriq, buyruq, mаn qilish, do‘q qilish, hаydаsh kаbi mа’nоlаrni bildirаdi. Buyruq - хitоb undоvlаri quyidаgilаr: o‘h, oh, hеy, hоy, hаy, ey, obbo, balli, rahmat, salom, hormang, xayr, xo‘sh, cho‘k, kuch-kuch, tu-tu, bеh-bеh, pish-pish, mоsh-mоsh, ho‘-ho‘, gаh, kisht, kisht-kisht, chuh, ishsh, хo‘sh, cho‘k, mo‘h-mo‘h kаbilаr. Shu bilan birga buyruq-xitob undovlariga quyidagi misollarni keltirib o‘tadi. Мisоllаr: «Оh-оh-оh», shundаy shоirlаrning sаdаg‘аsi bo‘lsаng аrziydi. (Оybеk). «O‘h», nеgа bundаy qilding, jоn ukа? (А.Мuхtоr.) «Оbbо» jiyan-е, biznikini tоpib kеldingmi? (Оybеk). Hа «bаlli»! Аnа endi o‘zingizgа kеldingiz. (Uyg‘un) Olima Sayfullayeva R., tadqiqotida taqlid so‘zlarni ot, sifat, son, ravish, olmosh, fe’l so‘z turkumlari kabi mustaqil ma’no anglatishini aytib o’tadi.
Kishilarning his-tuyg‘usini, haydash, to’xtatish kabi xitob, buyruqni ifodalaydigan so’zgap ko’rinishi undov so’z-gap. His-tuyg‘u undoviga [eh], [voy], [oh], [barakalla], [rahmat], [ofarin] kabi so’z, buyruq -xitob undovlariga [pisht], [beh-beh], [pisht-pisht], [chuh] kabi xitob so’z kiradi. So’z-gapning uchinchi ma'noviy guruhi bo’lgan tasdiq-inkor so’z ko’pincha modal tarkibida o’rganilgan. [Ha], [mayli], [xo’sh], [xo’p] so’zi tasdiqni, [yo’q], [mutlaqo], [aslo], [sira] so’zi inkorni ifodalovchi so’z-gap. Taklif-ishora so’z-gapga qo’llanishi tana a'zolarining maxsus harakati bilan uzviy bog’liq bo’lgan [ma], [mang], [qani], [marhamat] so’zi kiritilgan. Ular tinglovchiga qaratilgan bo‘lib, uni biror ish-harakatni bajarishga undaydi.
Tilshunos olim Sh.Rahmatullayev esa undov deb, avvalo, kishining his­hayajonini bevosita ifodalaydigan tovush birliklariga aytiladi: oh, eh, uh, uf, e, be, voy, a, o, iye, he, hah, ehha, o‘hho‘, voydod kabi.
Ba’zi undovlar aniq bir his­hayajonni ifodalashga xoslangan bo‘ladi. Masalan, be undovi rozi bo‘lmaslik, qo‘shilmaslik kabi his­hayajonni ifodalaydi. Tinglovchining diqqatini tortish uchun ishlatiladigan hoy undovi ishlatiladi. Ko‘pchilik undovlar esa har xil ohang bilan aytilib, turli his­hayajonlarni ifodalashga xizmat qiladi. Undovning turli ma’nolari deb talqin qilinadigan bunday hodisa nutq sharoitida, kontekstda (qurshovda) aniqlashadi. Masalan, eh undovi “sevinch”ni ifodalash uchun ishlatilsa, bir ohang bilan, “xafalik”ni ifodalash uchun ishlatilsa, boshqa bir ohang bilan talaffuz qilinadi. Ayni bir undovning bunday turli his­hayajonni ifodalashini yozuvda aks ettirish qiyin. Shu tufayli undov bilan yonma­yon keladigan jumla tarkibida undovning qanday his­hayajonni ifodalab kelayotganini aniqlashtiruvchi vositalar ishlatiladi: Eh, qanday go‘zal manzara! Undovlarga xos ana shunday ko‘pqirralilik ularni ma’no ifodalashiga ko‘ra tasniflashni qiyinlashtiradi. Adabiyotlarda undovlarning ikkinchi ma’no turi deb xitob birliklariga aytiladi. Bular his­hayajon birliklaridan keskin farq qiladi: biror harakatni qilish­qilmaslikka ko‘rsatma beradi.
1) Harakatni bajarishga chaqiruvchi undovlar hayvon va parrandalarga nisbatan ishlatilishga xoslangan: chu, tss (otga), xix (eshakka) v.h
2) Harakatni bajarmaslikka chaqiruvchi undovlar ham asosan hayvon va parrandalarga nisbatan ishlatishga xoslangan: dirr, tak (otga), ish (eshakka) v.h
Undov so‘zlar gapda quyidagi kabi vazifalar bajaradi:
1) undalma vazifasida: Hoy, kim bor!? 
2) degan, deb so‘zlari bilan birikib (qo‘shma fel hosil qiladi), sifatlovchi aniqlovchi, hol vazifasida: Olisdan ehe…he… degan ovoz eshitildi. Unga javoban u ham ehe…he… deb chaqirdi;
3) so‘z-gap vazifasida: – Assalomu alaykum, ustoz! –Va alaykum assalom; 4) ayrim undovlar egalik, kelishik va ko‘plik qo‘shimchalarini olib otlashadi va gapda bosh va ikkinchi darajali bo’qlak vazifalarini bajaradi.
Masalan,
a) ega: Shu payt uning qulog‘iga kimningdir ohi chalindi;
b) kesim: Orqada qolganning holiga voy; v) qaratqich aniqlovchi: Ko‘rinar daxshatlar to‘la tush kabi, Mazlumlar ohining ko‘kda tutuni. 
Taqlid so‘zlar sharpa, tovush, sho‘la, harakatlarning obrazi bo‘lgan so‘zlardir. Taqlid so‘zlar ikki guruhni tashkil qiladi:
1) tovushga taqlid so‘zlar. Tovushga taqlid so‘zlar tabat va jamiyatda uchraydigan xilma-xil tovushlarni nutqqa ko‘chirilishi asosida yuzaga keladi: inga-inga, pix-pix, vov, uv, qag‘-qag‘, taq, gurs, gumbur kabilar;
2) harakat va holatga taqlid so‘zlar. Harakat va holatga taqlid so‘zlar tabiatda uchraydigan turli narsa va hodisalarning harakat va holatlarni so‘zlar vositasida ifodalanishi asosida vujudga keladi: yalt, lip, lik – lik, yalp – yalp, bij – bij kabilar.
Taqlid so‘zlar yakka va takror holda ishlatiladi. Takroriy taqlid so‘zlar asosida davomiylik, takrorlanish kabi ma’nolarni ifodalanadi. Qiyoslang: U piq etib kuldi. U piq-piq ko‘ldi. Tovushga taqlid so‘zlarga, ba’zan –ir, -ur kabi unsurlar qo‘shilib takror shaklda ishlatilganda, ularning ma’nolari kuchaytiriladi: taq+ir-tuq+ur, tas+ur-tus+ur, dup+ur-dup+ur.
Taqlid so‘zlar boshqa turkumlardan yasalmasa ham, biroq ular asosida ot va fe’l turkumiga doir so‘zlarni yasash mumkin: qars+ak, bizbiz+ak, sharshar+a, g‘arg‘ar+a, jizz+a kabi otlar, taq+illa, duk+illa, lapang+la, milt+illa, taq etmoq, lik etmoq kabi fe’llar shular jumlasidandir.
Taqlid so‘zlar gapda, asosan hol va sifatlovchi aniqlovchi vazifalarini bajaradi. Bunda ular etgan va etib kabi so‘zlar bilan birikib kelishi ham mumkin. Masalan: Sobir yaxna ko‘k choyni qult-qult yutdi. O‘rmon bo‘ylab boltaning taq-taq etgan tovushi taralib sokinlikni buzardi. Simyog‘ochga ilingan chiroq shamolda taq-taq etib ovoz chiqarardi.
Taqlid so‘zlar otlashganda ega, to‘ldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi kabi vazifalar bajaradi. Masalan, ega: Bu yerdan to‘plarning gumbur-gumburi eshitilib turardi; to‘ldiruvch: Senlar bu yerda vag‘ir-vug‘ur bilan ovvorasanlar; qaratqich aniqlovchi: Xolmurodning kirib kelishi quvnoq qiy-chuvning bosilishiga sabab bo‘ldi.
Undov, taqlid va modal so`zlar
His-hayajon, tuyg’uni, haydash-chaqirishni bildiradigan so’zlar turkumi undov so’zlar deyiladi.7
Undovlar ma’no jihatidan ikki turli bo’ladi:
1.His-hayajon undovlari: oh, eh, ux, o, e, uf, voy, ura, ofarin, salom, xayr, xush, rahmat, hormang, balli, bay-bay, voy-bo’y, a, ax, ohho, obbo, ey, ehhe, i, ie, ux, uhhu, him, be, tuf, xo, hay, eh , ha, iye.
His-hayajon undovlari odatda gap bo’lagi vazifasida qo’llanadi. Ular yozuvda gap bo’laklaridan vergul bilan ajratiladi. Agar undov kuchli bo’lsa, his-hayajon bilan aytilsa, undov, belgisi qo’yiladi. Eh! Havo naqadar sof va musaffo!
2. Haydash-chaqirish undovlarikishilarning diqqatini tortish yoki hayvonlarnibiror ishni bajarishga undash uchun ishlatadi: hey, allo, ey, ma, tss, jim, marsh: kisht, chux, beh-beh, drr, ishsh, pisht, tu-tu-tu, bax-bax, mosh-mosh, xov-xov, chuk, tek, chu.
Tovushga vaholatga taqlidni bildirgan so’zlar taqlid so’zlar deyiladi. Bunday so’zlar ma’no jihatidan ikki turga bo’linadi:
1. Tovushga taqlid bildiradigan so’zlar: gumbur-gumbur, dup-dup, duk-duk, shiq-shiq, tak-tuk, pix-pix, kult-kult, bidir-bidir, vov, uv, irr, muu, maa, baa, mee, ang-ang- ing-ing, miyov, vaq-vaq, ku-ku, ka-ka, g’aq-g’aq, parr, viz-viz.
2. Holatga taqlid bildirgan so’zlar: yalt-yult, apil-tapil, yarq-yurq, jimir-jimir, milt-milt, lip-lip, pildir-pildir, mult-mult, lop, dik-dik, lik-lik, xilp-xilp, duv-duv, pir-pir, lang, dang, hil-hil.
Taqlid so’zlar mustaqil so’zlar kabi gap bo’lagi bo’la oladi. Shamol g’Ir-g’ir (hol) esmoqda.


XULOSA
Xulosa qilib aytganda, modal so’z gapda so’zni semantika jihatidan baholash mahsuli hisoblanadi. Modal so’zlar jumlada yolg’iz qo’llanilmasligi va gap bo’lagi bo’la olmasligi sababli ular "Gap bo’lmagan element" deb hisoblanadi. Modal so’zlar dialoglarda oldingi gapga qiziqish bildirish uchun javob sifatida qo’llansa-da, uzluksiz gap bog’lovchisi sifatida ishlatilmaydi. Modal so’zlar nom bo’la olmaydi. Chunki ular biror narsaning nomi ham bo’la olmaydi. Ular kesimga o’xshash bo’lsa-da, so’zlovchining gapdagi ma’noga aralashuvi predmeti bo’lganligi uchun biz kesimlarda uchramaydigan xususiyat bo’lgani uchun ham bu turdagi so’zdan farqlanadi.
Modal so’zlar gapning ma’nosiga shubha bilan, fikrning to’g’riligini tasdiqlash yoki rad etish, taxmin qilish, fikrni shakllantirish, bir so’z bilan aytganda, so’zlovchining o’z his-tuyg’ulari va fikrlarini gapga olib kiradi.
Undovlarning alohida guruhi-kishilar orasidagi muomala­murojaat birliklari keltiriladi. Undovga aylanmagan, hali leksemalik xususiyatini saqlagan bu birliklarni undov turkumiga kiritish o‘ta shartli bo‘lib, quyidagicha ma’nolarni bildirish uchun xizmat qiladi:
1) ko‘rishishni, xayrlashishni bildiradi: assalomu alaykum, xayr v.h
2) tabrik, istak, minnatdorlik va unga javobni bildiradi: hormang – bor bo‘ling, salomat bo‘ling; qutlug‘ bo‘lsin - qulluq; rahmat - arzimaydi kabi.
3) Biror faoliyatni ko‘tarinki ijobiy baholashni bildiradi: balli, barakallo,ofarin kabi.

Download 45.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling