Mavzu: Moddalarning fizik texnik xossalari Reja
Texnologik jihozlarga ko’rsatiladigan talablar
Download 216.84 Kb.
|
1 ilova Mavzu Moddalarning fizik texnik xossalari Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Antropometrik ko’rsatkichlar
- Atrof-muhitni muxofaza qilish
Texnologik jihozlarga ko’rsatiladigan talablar
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llaniladigan texnologik jihozlarga, ularning konstruktiv tuzilishi, ishlash prinstipi, bajaradigan vazifalari va ishlash sharoitlarining turli-tumanligidan qat’iy nazar, ko’rsatiladigan bir qator umumiy talablar mavjud. O’zaro uzviy bog‘langan bunday talablarni quyidagi bir necha asosiy guruhlarga ajratish mumkin: texnologik, ekspluatastiyaviy, energetik, konstruktiv, iqtisodiy, ergonomik, texnika xavfsizligi, atrof-muhitga va xizmatlarga nisbatan xavfsizlik va boshqalar. Texnologik talablar asosini jihozda qayta ishlanayotgan mahsulot sifati belgilaydi. Mahsulotni jihozda bo’lish vaqti qisqa bo’lishi lozim. Ayrim holatlarda, masalan, mahsulotni uzoq vaqt yuqori ishchi haroratlar tasiri ostida bo’lishi uning tarkibidagi tabiiy foydali komponentlarni yo’qotilishiga yoki ularni o’zgartirilgan holatga o’tishiga sabab bo’ladi. Bu esa tayyor mahsulotning ozuqaviy qiymatini pasaytiradi. Xizmat ko’rsatuvchi xodimlar uchun qurilmalarni ishlatish va boshqarish qulay bo’lishi va buning uchun katta jismoniy mehnat talab etilmasligi lozim. Jihoz ishini masofadan turib boshqarish maqsadga muvofiq bo’ladi. Jihozlarni tamirlash ishlari oddiy, qulay va yuqori malaka talab etmasligi kerak. Apparatlarni ishchi yuzalari mahsulot qoldiqlaridan oson tozalanishi, mahsulot va yuvish vositalari tasirida emirilmasligi va uzoq vaqt uzluksiz ishlashi uchun mexanik jihatdan mustahkam bo’lishi kerak. Texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun qurilma iste’mol qiladigan energiya (elektr, issiqlik) sarfi minimal bo’lishi lozim. Bu esa jihozlarni energetik jihatdan tejamkor bo’lishini talab etadi. Birlik hajmda tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan energiya miqdori (kVt.s/tonna, kg bug‘/kg) va energetik f.i.k. (foydali sarflangan energiya miqdorini jihozga berilgan umumiy energiya miqdoriga nisbati) jihozning energetik ko’rsatkichlari bo’lib hisoblanadi. Energetik ko’rsatkichlarning qiymatlari jarayonni qay darajada tashkil etilganligi, elektr yuritmalarni f.i.k., atrof-muhitga yo’qotilayotgan issiqlik miqdori va issiqlikni himoya qilish qobig‘ining sifati haqida tahliliy xulosaga kelish imkonini beradi. Konstruktiv talablar qurilmani loyihalash, tayyorlash, tashish va o’rnatish bilan bog‘liq bo’ladi. Qurilmalar tarkibi unifikastiyalangan qismlardan, standartlashtirilgan va o’zaro almashinuvchi detallardan iborat bo’lishi lozim. Ushbu konstruktiv elementlar arzon va qayta ishlanayotgan mahsulotga zararli tasir ko’rsatmaydigan materiallardan tayyorlanadi. Qurilma va uning detallari minimal massaga ega bo’lishi, ularni tayyorlash texnologiyasi oddiy, ammo mukammal bo’lishi lozim. Katta o’lchamli apparatlarni tarkibiy qismlarga ajralishi va oson yig‘ilishi ularni tashish va montaj qilishni engillashtiradi. Qurilmani loyihalash jarayonida ergonomik talablar ham hisobga olinishi lozim. Ergonomika - jihoz ishini boshqarish jarayonida mehnat sharoitlarini inson imkoniyati va qobiliyatiga moslash muammolarini o’rganadigan fandir. Ergonomik talablar jihoz konstrukstiyasiga operatorni samarali mehnat qilishi uchun yordam beruvchi gigienik sharoit va estetik muhit yaratish talablarini belgilaydi. Gigienik talablar qatoriga ish joyini yoritilganligi, harorati, namligi, changlar konstentrastiyasi, shovqin va vibrastiya darajasi kabi ko’rsatkichlar kiritiladi. Mashinaga ko’rsatiladigan estetik talablar uning shaklini bajarayotgan vazifasiga mosligi, originalligi, o’lchamlarning mutanosibligi, rangi va boshqa bir qator parametrlar bo’yicha dizaynerlik echimlarining asosini tashkil etadi. Chiroyli tayyorlangan va foydalanishga qulay bo’lgan jihozni ishlatish paytida charchoq deryali sezilmaydi. Antropometrik ko’rsatkichlar jihozning boshqaruv organlarini inson gavdasi va boshqarishda ishtirok etuvchi a’zolari o’lchamlariga monand bo’lishini taminlaydi. Misol uchun, boshqaruv dastaklari va tugmachalarining shakli, o’lchami va joylashuvi inson qo’lining uzunligiga monand bo’lishi lozim. Har bir boshqaruv operastiyasi qo’lning tabiiy harakati tufayli, ortiqcha egilishlar va zo’riqishlarsiz bajarilishi kerak. Mashinaga ko’rsatilgan fiziologik, psixofiziologik va psixologik talablar mashina va operator o’rtasidagi ma’lumot almashinish tezligi insonni ko’rish va eshitish qobiliyatiga mos bo’lishini, boshqarish usullarining soddalashuvini va boshqaruv moslamalarini jismoniy kam kuch bilan surilishini konstruktiv jihatdan ta’minlaydi. Iqtisodiy talablar texnologik jihozni tayyorlash, montaj qilish, ishlatish va ta’mirlash jarayonlaridagi sarf-harajatlarning minimal bo’lishini hamda ularni tezda qoplanishini ta’minlaydi. Qurilmani konstruktiv jihatdan mukammalligi uning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari - ish unumdorligi, ekspluatastiyaviy sarf-harajatlar va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxi bilan tavsiflanadi. Jihozning ish unumdorligi deganda uning yordamida vaqt birligi ichida qayta ishlangan yoki tayyorlangan mahsulot miqdori (tn/soat, dona/soat, m3/soat va x.) tushuniladi. Jihozning ish unumdorligini uning biron-bir konstruktiv kattaligiga (masalan, ishchi hajmiga, qizdirish yuzasiga va x.) nisbati qurilmaning samaradorligini ko’rsatadi. Misol uchun, qizdirish jihozlarining samaradorligi 1m2 isitish yuzasi orqali 1 soatda qizdirilgan suyuqlik miqdori bilan ifodalanadi. Barcha texnologik qurilmalar xavfsizlik texnikasi nuqtai nazaridan mukammal bo’lishi lozim. Qurilmalarning harakatlanuvchi qismlari (muftalar, ochiq holatdagi tishli va tasmali uzatmalar, shneklar va x.) himoya qobig‘i yoki to’ri bilan o’ralishi lozim. Bosim ostida ishlovchi apparatlar prujinali yoki richagli himoya klapanlari bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Atrof-muhitni muxofaza qilish bilan bog‘liq talablar muhim ahamiyatga ega. Texnologik jarayonlar paytida hosil bo’ladigan gazsimon, suyuq va qattiq chiqindilar tegishli tartibda qayta ishlanishi, zararsizlantirilishi va shundan so’ng tashlama shaklida korxonadan chiqarilishi mumkin. Chiqindilarni qayta ishlash asosida ikkilamchi mahsulotlar tayyorlashni yo’lga qo’yilishi xom-ashyodan samarali foydalanish va yopiq texnologik stikllar tashkil etish imkonini yaratadi. Yuqorida ta’riflangan barcha talablarni texnologik jihozlarda o’zaro uyg‘unlikda bajarilishi alohida ahamiyatga ega. Faqat shu yo’l bilangina mukammal konstrukstiyali qurilmalarni yuqori texnik saviyada loyihalash va yaratish mumkin bo’ladi. Download 216.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling