4. Material resurslardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar
Zaxiralarni tizimli aniqlash va mobilizatsiyalash, material sarflar va mahsulotning material sig’imini kamaytirish zarurati tahlilda material resurslardan foydalanish samaradorligini har tomonlama tavsiflovchi va mahsulotning material sig’imini kamaytirish borasida korxona faoliyatini rejalashtirish, hisobga olish, natijalarni tahlil qilishga imkon beruvchi ko’rsatkichlar tizimi qo’llanilishini nazarda tutadi. Material resurslardan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlari umumiy va xususiyga ajratiladi.
Umumiy ko’rsatkichlarga quyidagilar kiritiladi: mahsulotning material sig’imi; material qaytimi; mahsulot tannarxida material sarflarning ulushi; material resurslardan foydalanish koeffitsienti.
Material resurslar samaradorligining xususiy ko’rsatkichlari material resurslarning alohida elementlarini iste’mol qilish samaradorligini tavsiflash, shuningdek, alohida mahsulotlar material sig’imini baholash uchun qo’llaniladi. Alohida mahsulotlarning solishtirma material sig’imi qiymat, natural-qiymat va natural ifodada hisoblanishi mumkin.
Umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni aniqlash tartibi va ularning o’zgarish tendentsiyalarini ko’rib chiqamiz.
Mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha rejani muvaffaqiyatli bajarish uchun korxona nafaqat xom ashyo, yoqilg’i va boshqa mehnat vositalari bilan o’z vaqtida hamda to’liq ta’minlanishi zarur, balki ulardan ishlab chiqarishda oqilona foydalanish ham muhim o’rin tutadi. Bu esa materiallarni sarflashning ilg’or me’yorlarini qo’llash, yaroqsiz mahsulot chiqarishga yo’l qo’ymaslik yoki bu holatni minimumga tushirish, materiallardan faqat bevosita mo’ljallanganligiga ko’ra foydalanish, chiqindilarni to’g’ri qo’llashni taqozo etadi. Sanoat korxonalari sarfining umumiy miqdorida materiallar sarfi miqdori tayyorlanayotgan mahsulotning material sig’imiga bog’liq ravishda muhim ahamiyat kasb etadi. Material sarfining solishtirma og’irligi etarli darajada keng oraliqda tebranadi – u engil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida eng yuqori bo’lsa, kon sanoati tarmoqlarida eng past ko’rsatkichga egaMateriallarni saqlash, moddiy qimmatliklarni yo’qotish va hisobdan chiqarish, keraksiz materiallarni tashqarida sotish, yo’qotishlar uchun aybdor shaxslardan undirish masalalari, shuningdek, moddiy qimmatliklar qoldiqlarini inventarizatsiya qilish natijalari material resurslardan foydalanish tahlilida o’z aksini topishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |