Mavzu: Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik va ulardan foydalanish tahlili topshirdi: smmt-83 guruh 3-kurs ashurova nigora m tekshirdi: O’rmonbekova u y
Download 14.47 Kb.
|
Mavzu Moddiy resurslar bilan taâminlanganlik va ulardan foydala-fayllar.org
Mavzu: Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik va ulardan foydalanish tahlili Mavzu: Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik va ulardan foydalanish tahliliTOPSHIRDI: SMMT-83 GURUH 3-KURS ASHUROVA NIGORA MTEKSHIRDI: O’RMONBEKOVA U Y1. Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik hamda ulardan foydalanish samaradorligi tahlilining vazifalari va axborot ta’minotiIshlab chiqarish jarayoni mehnat vositalari va mehnat predmetlarining uzluksiz doiraviy aylanishini o’zida aks ettiradi. Buning natijasida ular shaxsiy iste’mol predmetlariga aylanadi va ishlab chiqarish sohasini tark etadi yoki ishlab chiqarishning yangi vositalari sifatida yana uning tarkibiga qo’shiladi.Uzluksiz ishlab chiqarish jarayonida korxonani mehnat predmetlari bilan ta’minotini tashkil qilish samaradorligi, ulardan ishlab chiqarish jarayonida oqilona foydalanish ulkan ahamiyat kasb etadi.Mehnat predmetlariga quyidagilar kiritiladi: xom ashyo va materiallar, qo’shimcha materiallar, yonilg’i va energiya, ta’mir uchun ehtiyot qismlar va boshqalar. Moddiy resurslarni iste’mol qilish jarayonida ularning moddiy xarajatlarga o’zgarishi sodir bo’ladi, shuning uchun xom ashyo, materiallar, yonilg’i va energiyadan tejamkor foydalanish mahsulot tannarxini pasaytiradi.Material sig’imi, mehnat sig’imi, fond sig’imi, kapital qo’yilmalar darajasi, mahsulot tannarxi va korxona foydasi o’rtasida o’zaro chambarchas aloqa mavjud. Boshlang’ich tanavor materiallarning material sig’imi kamayganda chiqindilar kamayishi hisobiga jonli mehnat tejamkorligi vujudga keladi, mahsulot tayyorlash mehnat sig’imi kamayadi.Ayni vaqtda material sig’imining kamayishi bir xil dastgohda bir xil miqdordagi materillardan foydalangan holda vaqt birligida ko’proq miqdorda tayyor mahsulot olishga imkon beradi. Bu esa mehnat unumdorligi, fond qaytimi ortishiga, fond sig’imi kamayishiga olib keladi. O’z navbatida, muayyan hajmdagi mahsulot yaratish uchun fond sig’imini kamaytirish korxonalarda kapital qo’yilmalar hajmini nisbatan qisqarishini keltirib chiqaradi. Mahsulotlar tannarxini kamaytirgan holda moddiy resurslardan oqilona foydalanish rentabellik va foyda o’sishi omili sanaladi. Lekin oddiy resurslardan tejamli foydalanish faqatgina ishlab chiqarish samaradorligini tavsiflovchi iqtisodiy ko’rsatkichlar oshishiga olib kelmaydi. Mavjud texnologik tizimlarda inson ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarish hajmining o’sishi shunga olib keldiki, tabiiy resurslar ning tugash sur’ati va atrof-muhitning ifloslanish darajasi yo’l qo’yib bo’lmaydigan chegaraga etib qoldi. Иноземцев В.Л. За пределами экономического общества.- М.: Academia- Наука, 1998., с. 578.Download 14.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling