Mavzu: Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik va ulardan foydalanish tahlili topshirdi: smmt-83 guruh 3-kurs ashurova nigora m tekshirdi: O’rmonbekova u y


Materiallarning bir kunlik sarfi tahlil davri uchun i-turdagi material resurslarning jami sarfini davrdagi kalendar kunlar miqdoriga bo’lish bilan aniqlanadi


Download 14.47 Kb.
bet3/6
Sana15.06.2023
Hajmi14.47 Kb.
#1480812
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik va ulardan foydala-fayllar.org

Materiallarning bir kunlik sarfi tahlil davri uchun i-turdagi material resurslarning jami sarfini davrdagi kalendar kunlar miqdoriga bo’lish bilan aniqlanadi.

Zaxiralarni qoplashning ichki va tashqi manbalari mavjud.

Tashqi manbalarga tuzilgan shartnomaga muvofiq etkazib beruvchilardan olingan material resurslar taalluqli sanaladi.

Ichki manbalar – bu xom ashyoni chiqitga chiqarishni kamaytirish, ikkilamchi xom ashyodan foydlanish, material va yarimfabrikatlarni o’zi tayyorlash, ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarini joriy qilish natijasida materiallarni tejash.

Material resurslar bilan ta’minlanganlik tahlili jarayonida quyidagilar aniqlanadi:

1) material resurslarga ehtiyojlarning ularni etkazib berish bo’yicha shartnomalar bilan ta’minlanganlik darajasi va uning bajarilishi;

2) etkazib berishlar maromiyligi va ishlab chiqarish dasturi bajarilishiga etkazib berishdagi buzilishlar ta’siri;

3) tovar zaxiralari bilan haqiqatda ta’minlanganlikning rejadagi bilan muvofiqligi;

4) material resurslar bilan ta’minlash etarli bo’lmaganligiga bog’liq ravishda ishlab chiqarish hajmining kamayishi.

Material resurslarga ehtiyojlarning etkazib berish bo’yicha shartnomalar bilan ta’minlanganlik darajasi quyidagi ko’rsatkichlar orqali baholanadi:

Keltirilgan koeffitsientlar tahlili materiallarning har bir turi bo’yicha amalga oshiriladi.


  • Tahlil jarayonida material resurslarni tashish ehtiyojining ularni etkazib berish shartnomalari bilan ta’minlanganligi va haqiqatda bajarilishini tekshirish zarur.

7.1-jadvaldan ko’rinib turibdiki, sifatli po’lat materialiga ehtiyoj rejasi etkazib berish bo’yicha shartnomalar hamda ichki qoplash manbalari bilan to’liq ta’minlanmagan. Reja bo’yicha ta’minlanganlik koeffitsienti: Kt.r = (300 + 700) : 1100 = 0,909 Haqiqatda etkazib berish rejasi 86,3 % ga bajarilgan. Kt.r = (650 + 300) : 1100 = 0,863.

3. Ombor zaxiralari holati tahlili


  • Ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlashda ombor zaxiralarini to’ldirishni to’g’ri tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir nomlanishdagi materiallar bo’yicha me’yorlar o’rnatilgan bo’lishi va shu doirada ushbu zaxiralar o’zining maksimal miqdoridan minimal miqdorigacha tebranishi lozim.

  • Korxonaning moddiy qimmatliklar zaxirasi quyidagilarni o’z ichiga oladi: normal saqlash zaxiralari – joriy va sug’urta (ehtiyot); texnologik va mavsumiy zaxiralar.

  • Zaxiraning maksimal me’yoriga sanab o’tilgan tarkibiy qismlarning barchasi kiradi va u materiallarning navbatdagi partiyasi kelib tushgan vaqtdagi zaxiralar holatini aks ettiradi. Minimal me’yorga joriy zaxira kiritilmaydi. Bu me’yor joriy zaxira to’liq sarflangan va etkazmalarning keyingi partiyasi kelib tushishi kutilayotgan davrdagi zaxiralar holatini aks ettiradi.

  • Tahlilda har bir nomlanishdagi materiallar ishlab chiqarish uchun sarflash kunlarida ifodalangan zaxiraning minimal me’yori bilan taqqoslanadi. Shu maqsadda quyidagi shaklli analitik jadval qo’llaniladi (7.2-jadval)

Download 14.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling