Yalpi identifikatsiyalash usulining mohiyati shundaki, bunda o’zaro almash-tirilmaydigan zahiralarning alohida moddalarining tannarxi, shuningdek, max-sus buyurtmalar bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar tannarxi hamda aniq xarajatlarni identifikatsiyalash yo’li bilan aniqlashdir. xarajatlarni max-sus idenfikatsiya qilishning ma’nosi maxsus xarajatlar zahiralarining alohida moddasiga olib boriladi. Yalpi identifikatsiyalash usuli alohida buyurtma bo’yicha mahsulotlar ishlab chiqaradigan yoki asssortimenti ko’p bo’lmagan mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalarda qo’llaniladi.
Ushbu usul mohiyatini tushuntirish uchun korxonaning noyabr oyi uchun kel-tirilgan tovarlar qoldig’i va sotib olingan tovarlari haqidagi quyidagi ma’-lumotlaridan foydalanaylik.
Sana
|
Mazmuni
|
Miqdori, dona
|
Bir birligining bahosi, so’m
|
Umumiy summasi, so’m
|
01.11.
|
zahira qoldig’i
|
50
|
10
|
500
|
10.11
|
xarid qilindi
|
120
|
12
|
1440
|
20.11
|
xarid qilindi
|
150
|
15
|
2250
|
30.11
|
xarid qilindi
|
180
|
14
|
2520
|
|
Jami:
|
500
|
x
|
6710
|
Ko’rinib turibdiki, korxonaning sotish uchun mo’ljallangan tovarlari miq-dori 500 donani yoki 6710 so’mni tashkil qilgan. Shu davr mobaynida olingan to-varlardan 400 donasi sotilgan va 1 may holatiga 100 donasi qolgan.
Qoldiq tovarlar tarkibini o’rganish shuni ko’rsatdiki, 1 may kuniga 50 dona 15 so’mlik, 50 dona 14 so’mlik tovarlardan qolgan. Demak, yalpi identifikatsiya usuliga muvofiq, tovarlar qoldig’i 1450 so’m (50*15+50*14)ni tashkil qilgan bo’lsa, sotilgan tovarlar tannarxi 5260 so’m (6710- 1450)ni tashkil qiladi.
Ma’lumki, ТMZni hisobga olishning to’g’ridan-to’g’ri hisobdan chiqarish (yalpi identifikatsiyalash) usulidan foydalanish maqsadga muvofiq bo’lib ТMZ turlari ko’p bo’lmagan (masalan to’qimachilik sanoatida) yoki chiqarilayotgan mahsu-lotlar turlari ko’p bo’lmagan hollarda (masalan, avtomobilsozlikda) qo’llash mum-kin.
Do'stlaringiz bilan baham: |