Mavzu: Modernizm adabiyoti


Download 122.52 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.12.2022
Hajmi122.52 Kb.
#1010864
Bog'liq
Mavzu Modernizm adabiyoti



Mavzu: Modernizm adabiyoti 
XX asrda ynagi g‘oyalarni ilgari suruvchi modernizm yo’nalish paydo bo‘ldi. Bu adabiyot
juda murakkab falsafiy estitik hodesa bo‘lib insonning ijtimoiy, siyosiy, psixologik, falsafiy ,badiiy 
estitik tafakkuri tarzidagi jiddiy o‘zgarishlar zaminida paydo bo‘ldi. “ Modernimz” so‘ziga atama 
sifatida “zamonaviy” ,” yangi” debv qo‘llaniladi. Modernimz xususiyatlaridan biri shundaki, u 
obyektiv voqeylikning tasveri o‘rniga uning ijodkor tasavvuridagi baddiy voqeyalar yaratishni 
maqsad qiladi. Ya’ni voqelikni aks ettirish emas, ijodkorning o‘z o‘zini ifodalash ystuvor ahamiyat 
kasb etadi. Manbalarda qayd etilishicha “ Moder “ so‘zi ilk bor millodiy V asrda qo‘llangan bo‘lib 
rasmiy maqom egallab borayotgan zamonaviy maisihiylikni o‘tmishdagi majusiy Rimdan ajratish 
uchun qo‘llanila boshlagan. 
Modernizmning asosiy darakchilari deb Dostoevskiyning “ jinoyat va jazo”, “ Aka –uka 
Kurmazovlar” Uitmen” Maysalar yaproqlari”, Bordel “ Yovuzlik chechakalari” kabi yozuvchi , 
shoirlarning asarlari tilga olinadi. Modernizm adabiyoti insinni bilishga , uning ichki olamidagi 
yashirin hislarini uyg‘otishga, ichki ziddiyatlardan bahramand bo‘lishga, insonning saodati
bo‘lsayotgan hodesalarga haqqoniy nazar solishga intilishlarini ochib berdi. “ Modernizm “ nima 
degan savolga dunyo olimlari har xil talqin qilishadi. “ Moderniz”ni o‘zbek olimi prof. Ozod 
Sharafiddinov takidlab aytganidek” jo‘n hodesa” emas 


Realizm adabiyoti borliqni aks ettirsa,, modernizm yangi reallikni yarataman deydi. Shu sababliki, 
mavjud reallikni tuzatib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi . Modernimz dunyoga yangicha qarash bilan 
kirib kerib keldi. Tashqi dunyoda g‘zallik yuq, uni insonning ichki dunyosidan qidirish kerak deb 
bildi.Shu bilan birga insonni muhabbatini yoqlab chiqdi.
Modernizm mohiyati haqida fikr yuritar ekan, olimlar modernizmgacha san’atda vositalargina 
o‘zgarib kelgan bo‘lsa, modernizm “tadbiq qilayotgan obyektning taomila yangilanganligini 
ifodalaydi”. .Nitsshening “ hech qanday faktlar mavjud emas, balki ularning, talqini , inikosi bor” 
deya tarif beradi. 
Modernizmning ko‘plab oqimlari bo‘lib ularning aksariyati uzoq yashamagan. Ular jamiyat kda 
ro‘y berayotgan voqealarni, insonlar kayfiyatlarini o‘zida ifodalab bir necha o‘n yil yashagan halos. 
Masalan, syurealizm tush va voqeylik uyg‘unligini, impressionimz lahzalik taassurotni , furturizm 
insonning kelajak bilan bog‘liq qarashlarini o‘zida ifoda etgan/. Momernizmning Joys, Kavka, 
Kamyu, Bekket,Purst,Vulf,Eliot kabi yirik namoyondalari bo‘lib ijodkor sifatida ularning har biri 
alohida alohida yo‘nalishga ega. Shulardan biri irland yozuvchisi Jeyms Joys o‘zing “ musavverning 


yoshlik su’rati”, “ Uiless” kabiromon, qator hikoyalari mashhur . badiiy adabiyotda ong oqimi degan 
tushuncha yozuvchininghikoya qilish uslubida ko‘rinadi. Yozuvching “ Uliss” romani ko‘pdan ko‘p 
bahslarga sabab bo‘ldi. . Roman qahramonlari o‘z ong oqimiga o‘zlarini topshiradilar:’ o‘tmishi, 
buguni, ertasi, hayoti ba boshqalar. Asar voqealarianashu oqimda bino bo‘ladi. Ular xranolagik 
tartibda o‘zgari boradi. Ya’ni qahramonlar hayollari model so‘zi bilan chizadi. Mazkur romanning 
mazmun mohiyati , qahramonlar ruhiy kechinmalari, o‘y- hayollari orqali ochiladi.
Chexyada tug‘ilgan , yahudiy millatiga mansub olmon tilga ijod qilgan Frans Kafka( 1883-1924)
o‘zining qisqa hayoti mobaynida barakali ijod qildi. Uning “ Jarayon “ degan romani ,” Evrilish”, “ 
Jazo koloniyasi” haqida bir qancha hikoyalari hamda “ otamga makutblar”, “Melinaga maktublar “ 
kabi asarlari adabiyot tarixida qoldi.Uning badiiy asarlari dunyoni bosib kelayotgan fashezm kabi 
xafdan ramziy yo‘inda ogohklantirdi. U bu xafdan qo‘quvga tushdi. Nobel mukofoti sohibi fransuz 
yozuvchisi Albert Kamyu( 1913- 1960) o‘zining “ Begona”, “ vabo” kabi romanlari ,” Kaligu” 
dramatik asari,” Isyon qilayotgan inson” singari essilari bilan mashhur . Uning g‘oyaliri tufayli uni
Kamyuni” Ovrupani vijdoni” deb ataydilar. “ Begona “ romanida Kamyu jamiyat va inson 
o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni, ularning o‘zaro bir biuridan begonalashuvini aks ettiradi.
Modernizm va o‘zbek adabiyoti. Istiqlol davri o‘zbek adabiyoti yangi bosqichga ko‘tarildi. Zero, u 
ozod tafakkur mevasi o‘aroq maydonga tusha boshladi.Istiqlol davri yangi o‘zbek adabiyotlarning 
asosiylari, an’analardan uzilgan emas, balki uning davomi hisoblanadi. XX o‘zbek adabiyoti “ Yangi 


o‘zbek adabiyoti” nomlandi . Chunki ham nasr, hamnazmda tubdan o‘zgarishlar yuz berdi. Bu 
davrda yangicha qarashalar yuzaga chiqdi. Shakl va mohiyatning o‘zi ichkaridan yorib chiqdi. 
Yaratilayotgan aasrlarda yangicha ruh paydo bo‘ldi . Istiqlol davrida yaratilgan tafakkur Erkin 
A’zamning” Stupka”, Xurshid Muhammaddo‘stning “ Qichqiriq” romani, Nazar Eshonqulning,” 
Bohouddinning iti”, Rahimjon Rahmatning “ Adashvoy” , Ulug‘bek Hamdamning “Bir payola suv “ 
kabi asarlari va boshqa ijodkorlarni asarlari o‘zbek nasr va nazmining o‘ziga xos namunalari 
yaratdilar. 
Modernizm adabiyoti “ dunyo madaniyati markazida turadi” desada u bilan bog‘liq barcha 
tushunchalar butun tizimni vujudga ketirgan san’at adabiyotni o‘rganinsh lozim. Chunki u 
bashariyatning ming yillar mobaynida bosib kelayotgan falsafiy, badiiy –estitik tafakkur yo‘lining 
bosqichi sifatida o‘z o‘rni ahamiyatiga ega . 

Download 122.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling