Stress-testning quyidagi yoʻnalishlari
mavjud:
pastdan tepaga usuli.
tepadan pastga usuli
Tizimli riskni erta aniqlash indikatorlari.
Ushbu usulning mohiyati tizimdagi risk darajasini taqriban aniqlaydigan iqtisodiy indikatorlar aniqlagan chegaraviy
qiymatdan yuqori boʻlgan davrlarni aniqlaydi va bu inqiroz boshlanishiga xabar vazifasini bajaradi.
Ushbu tizim ikkita indikatorlar guruhiga boʻlinadi:
1. CAMELS (Capital adequacy, Asset quality, Management, Earnings, Liquidity, Sensitivity kabi moliyaviy ko‘rsatkichlardan iborat)
indikatorlari moliyaviy inqirozning mikroiqtisodiy tarkibini xarakterlaydi. U asosiy kapital darajasi, aktivlar sifati, boshqaruvning ishonchliligi, foydalilik, likvidlilik va bozor riskiga taʼsirchanlik kabi koʻrsatkichlardan tarkib
topadi.
2. Makroiqtisodiy indikatorlar.
Ularga iqtisodiy oʻsish surʼati,
toʻlov balansi holati, inflyatsiya darajasi, foiz stavkasi va valyuta kursi kabi makroiqtisodiy
koʻrsatkichlar kiradi.
VaR (Value at Risk)ga asoslangan
hisoblash uslubiyoti
VaR koʻrsatkichi maʼlum shartlar ostida t vaqt oraligʻida investorning maksimal yoʻqotishlarini ifodalaydi.
Rasman bu koʻrsatkich t davr uchun va berilgan α aniqlik darajasi bilan maʼlum aktiv yoki aktivlar portfeliga
egalik qilishdan kutilayotgan maksimal yoʻqotishlar VaR qiymatidan oshmaslik ehtimolligi α-ga teng boʻlgan
qiymatni baholaydi. Boshqacha aytganda, α ehtimollik bilan Vt aktiv (portfel) qiymatit vaqtda oʻzining
V0 dastlabki qiymatidan [0; t] davr oraligʻida VaRdan ortmaydigan qiymatga ogʻmaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |