Mavzu: moliya tizimi va moliyaviy siyosat reja: Moliya tizimi va moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari


Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning o’ziga xos


Download 164.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana21.06.2023
Hajmi164.83 Kb.
#1645098
1   2   3   4
Bog'liq
MOLIYA TIZIMI VA MOLIYAVIY SIYOSAT.

3.Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning o’ziga xos 
xususiyatlari 
Yaqin o’tmishda mamlakatimiz iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga, ma’lum 
ma’noda, to’sqinlik qilib qolgan moliyaviy siyosat yurgizildi. Buning ustiga shu 
davrlar mobaynida mamlakat taraqqiyotini ta’minlashda faol moliyaviy siyosatning 
roliga yetarlicha baho berilmadi. Jamiyat hayotining barcha jabhalarida va eng 
avvalo, iqtisodiy sohada moliyaviy munosabatlarning roli buzib ko’rsatildi. Moliya 


va moliyaviy dastaklarning faol roli inkor etilib, moliyaviy siyosat talab etilgan 
muammolarni hal qilishga qaratilgan zarur usullarni ishlab chiqishga ojizlik qilib 
qoldi. Rivojlanishning uzoq davriga mo’ljallangan va ilmiy jihatdan asoslangan 
kontseptsiyalarning ishlab chiqilmaganligi, kam samara beradigan, qisqa muddatli 
foyda olishni ko’zlab amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni qiyin ahvolga 
olib keldi. 
O’zbekiston 
mustaqillikka 
erishib, 
iqtisodiy 
rivojlanishda 
bozor 
munosabatlariga yuz tutar ekan, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo’lgani 
kabi, moliya va moliyaviy munosabatlarida ham chuqur islohotlarni amalga 
oshirishga to’g’ri keldi. Belgilangan strategik vazifalar davlatning taktik chora- 
tadbirlari asosida bajarila boshlandi. 
Tovarlar va xizmatlarning mamlakatlararo harakatini tartibga solib turuvchi, 
milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan boj siyosati 
ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Bu siyosat hozirgi kunda mamlakat ichki 
bozoriga past sifatli, inson salomatligiga putur etkazuvchi tovarlarni kirib kelishini 
oldini olish va ilg’or texnologiyalar, fan-texnika yutuqlari natijalarining mamlakat 
iqtisodiyotiga kirib kelishini rag’batlantirish yo’lidan og’ishmay amalga 
oshirilmoqda. 
O’zbekistonda moliyaviy siyosatning hozirgi kundagi asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
• 
davlat byudjetidagi defitsitni yo’l qo’yilgan eng kam daraja doirasida 
(YaIMning 3-4%i atrofida) cheklashga yo’naltirilgan qattiq moliyaviy siyosatni 
amalga oshirish; 
• 
davlat xarajatlarining birinchi navbatda iqtisodiyotdagi zarur tarkibiy 
o’zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishning o’sishini ko’zlab yo’naltirishni 
ta’minlash; 
• 
ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish talablaridan kelib 
chiqqan holda, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, aholining konstitutsiya 
bilan kafolatlangan huquqlarini himoya qilishni ta’minlovchi moliyaviy bazani 
yaratish, erkin mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini ko’tarish 
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; 
• 
ijtimoiy himoyaning adresli bo’lishiga, moliyaviy mablag’larning ijtimoiy 
yordamga haqiqatda muhtoj aholi qatlamlariga etib borishini ta’minlash; 
• 
Davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolining 
barqarorligini 
ta’minlash; 
• 
byudjet intizomiga qat’iy rioya qilish; 
• 
soliq siyosatini 
takomillashtirish, 
soliqlarning iqtisodiyotga 
rag’batlantiruvchi ta’sirini kuchaytirish maqsadida: 
-soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy, tabiiy, moliyaviy 
va mehnat resurslaridan, to’plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag’bat- 
lantiruvchi ta’sirini oshirish; 
-korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish, qo’shilgan qiymat va 
foyda solig’idan olinadigan soliq stavkalarini kamaytirish va shu asosda ishlab 
chiqarishni jonlantirishga turtki berish; 
-soliq tushumlari tarkibini tubdan o’zgartirish, resurslar, mol-mulk solig’ining 
rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv tizimini joriy 
etish. 
• 
mahalliy byudjetlarni shakllantirish manbalari bo’lgan respublika soliqlari 


bilan mahalliy soliqlar o’rtasida aniq chegara o’tkazish; 
• 
Davlat byudjeti daromadlarini katta qismini joylarga beriktirish, mahalliy 
byudjetlarning daromad manbalarini mustahkamlash; 
• 
soliq siyosati belgilab bergan chora-tadbirlarni amaliyotga tadbiq etuvchi 
tegishli moliya-soliq mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish va boshqalar. 
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz moliya siyosati muammolari qatoriga uning 
hayot (davr) bilan hamnafasligini ta’minlash, uning davlatimiz rivojlanishining 
o’zgargan sharoitlariga tezda moslasha bilishini ta’minlash, o’z echimini 
kutayotgan vazifalarni hal etish uchun kerakli usullarni o’z vaqtida topa bilish, 
strategik kontseptual echimlarni ishlab chiqish, mablag’larga qarab yashash 
talabiga rioya etilishini ta’minlash, fuqarolar ijtimoiy talab-ehtiyojlarini 
qondirishning moliyaviy bazasini (asosini) belgilashda qoldik yondashuvidan 
(usulidan) ijtimoiy xarajatlarning adresliligini ta’minlashga o’tish kabi tadbirlar 
kiradi. 
Hozirgi sharoitda ishlab chiqilgan davlat moliya siyosati kontseptsiyasining 
maqsadi iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, ijtimoiy ishlab chiqarish 
samaradorligini butun choralar bilan oshirish asosida jamiyat a’zolarining turmush 
farovonligi darajasini ta’minlashdan iborat. Moliya strategiyasining ijtimoiy 
yo’naltirilganligi xalq farovonligini oshirishga yuboriladigan moliya resurslarini 
ko’paytirish imkoniyatlarini qidirib topishda namoyon bo’libgina qolmay, balki 
iqtisodiy siyosatning bosh maqsadiga butunlay yangicha yondoshuvda ham 
namoyon bo’ladi va endilikda aholi turmush darajasi va ishlab chiqarishning 
o’sishini moliya resurslardan samarali foydalanish yo’nalishlarini belgilaydi. 
Ijtimoiy himoya, birinchi navbatda, kam ta’minlangan fuqarolarni, 
shuningdek, byudjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni ham nazarda 
tutadi. Ijtimoiy himoya, eng avvalo, daromadlarni indeksatsiyalash vositasida 
(yordamida), ya’ni, byudjet mablag’lari hisobiga, ba’zan esa kompensatsiyalarni 
iste’mol indeksiga mufoviq oshirish yo’li bilan ta’minlanadi. 
Jamiyat hayotining iqtisodiy va ijtimoiy sohasiga moliyaviy ta’sir 
o’tkazishning asosiy uslublari bo’lib, soliq solish, moliya resurslaridan mohirona 
va oqilona foydalanish, moliyalashtirish, moliya bozori va boshqalar hisoblanadi. 
Jamiyat taraqqiyot hozirgi bosqichining moliya siyosati moliya strategiyasi 
talablari asosida va yuzaga kelgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda 
ishlab chiqilgan. 
Xo’jalik yuritishning turli-tuman shakllaridan foydalanish jamoat talab- 
ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish, resurslarni tejash, mahsulot assortimenti va 
texnika bazasini yangilash, mehnat jamoalarining ijtimoiy muammolarini hal etishi 
yo’lida raqobatni rivojlantirish, tashabbuskorlik ko’rsatish uchun shart-sharoitlarni 
yaratadi. 
Ijtimoiy va boshqa ehtiyojlarni qondirishga yo’naltiriladigan moliya 
resurslarining o’sishiga, eng avvalo, rentabelli faoliyat ko’rsatish orqali erishiladi. 
Biroq siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoit o’zgarishi bilan davlat xarajatlari doimo 
o’sib boradi. Shu munosabat bilan hozirgi moliya siyosati davlat moliya 
resurslarining muntazam o’sishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni nazarda 
tutadi. 


Xulosa 
Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg’armalar oldidagi moliyaviy 
majburiyatlarni o’z vaqtida bajarmaslik yoki to’liq bajarmaslik, foyda va boshqa 
soliq solish ob’ektlarini yashirganlik uchun jarima (sanktsiya)larning darajasi va 
miqdori kuchaytiriladi. Auditorlik moliya nazorati keng rivoj topmog’i lozim. 
Aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatishni yaxshilash maqsadida ijtimoiy soha 
muassasalari va tashkilotlarida yangi xo’jalik mexanizmi joriy etilgan. Ijtimoiy 
soha muassasalariga pulli xizmat ko’rsatish, xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanish, 
olingan daromadlarni mustaqil tasarruf etish huquqi berilgan. Davlat moliya 
mexanizmiga tub o’zgarishlar kiritildi. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish 
soliq asosiga o’tkazildi, byudjet buromadlari tarkibi va byudjetdan moliyalashtirish 
tizimi butunlay o’zgardi. Byudjetdan tashqari jamg’armalar tizimi keng tarqaldi. 
Bozor munosabatlarining rivojlanishi mulkiy va shaxsiy sug’urtani tashkil etish va 
boshqarish sohasida ijobiy natijalarga olib keldi: kooperativ (shirkat) sug’urtasi 
rivojlanyapti, aktsionerlik sug’urta jamiyatlari vujudga kelyapti, sug’urtaning yangi 
turlari paydo bo’layapti. 
Moliya mexanizmini qayta qurish jarayoni tegishli bazani (asosni) yaratish 
bilan birga sodir bo’layotir. Oxirgi yillarda moliyaviy faoliyatning huquqiy 
asoslarini yaratadigan qator qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. 

Download 164.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling