Mavzu: Moliya va investitsion portfelni shakllantirish. Reja Kirish
Investor turi va portfel turi o’rtasidagi bog’liqlik
Download 113.05 Kb.
|
salomov sardor moliya 21 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Noratsional Investitsiya maqsadi
- Risk darajasi
- Portfel turi
Investor turi va portfel turi o’rtasidagi bog’liqlik
Demak, investorning har bir turiga unga mos bo’lgan portfel turi to’g’ri keladi: yuqori darajada ishonchli, lekin past daromadli; diversifikatsiyalangan; riskli, lekin yuqori daromadli, tizimsiz. Bundan tashqari yana ikki tipdagi investorlar farqlanadi: Institutsional investorlar; Yakka investorlar. Institutsional investorlar – muassasalar bo’lib, ularga boshqalarning pulini boshqargani uchun haq to’laydilar. Ularni moliyaviy muassasalar, masalan, banklar, sug’urta kompaniyalari, o’zaro va pensiya fondlari, hamda yirik nomoliyaviy korporatsiyalar, ayrim xollarda xususiy shaxslar yollaydilar. Moliyaviy institutlar o’z omonatchilariga yaxshigina daromadni ta’minlashni harakat qilib katta summani investitsiyalaydilar. Yakka investorlar – o’z moliyaviy maqsadlari uchun shaxsiy mablag’larini tasarruf etadilar. Yakka investor ko’pincha oilasini moliyaviy barqarorligini ta’minlashda daromad manbai bo’lishligi uchun bo’sh turgan pullari foyda keltirishidan manfaatdordir. Yakka investorlarni ko’pchiligi faqat shaxsiy qimmatli qog’ozlar portfelini nima bilan to’ldirishga izlanish bilan band bo’ladilar. Katta summadagi pullarni qo’yishi mumkin bo’lganlar investitsiya sohasida kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lmaganliklari tufayli o’z mablag’larini boshqarishni institutsional investorlarga, masalan, banklarni trast bo’limlariga yoki investitsiyalar bo’yicha malakali maslahatchilarga topshiradilar. Download 113.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling