Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari


Uy xo‘jaligi moliyasi (финансы домохозяйств/finance)


Download 0.5 Mb.
bet140/155
Sana03.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1322928
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   155
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua

Uy xo‘jaligi moliyasi (финансы домохозяйств/finance) – bu uy xo‘jaligi a’zolarining moddiy va ijtimoiy hayot sharoitlarini ta’minlash maqsadida pul mablag‘ lari fondini shakllantirish va foydalanish bo‘yicha vujudga keladigan iqtisodiy pul munosabatlarining ifodasidir.
O‘rganish (изучение/Studying) – korxona, tashkilot va muassasalar faoliyatining alohida tomonlarini qamrab oluvchi, ko‘rsatkichlarning keng ko‘lamini qamrab olish va xo‘jalik subyektining moliyaviy holatini, uni rivojlanish istiqbollarini, ishlab chiqarishni qayta tashkil qilish yoki qayta ixtisoslashuvining zarurligini aniqlab berish.
Fiskal siyosat (фискальная политика/fiscal policy) – 1) hukumat tomonidan qo‘yilgan makroiqtisodiy maqsadlarga erishish uchun hukumatning xarajat va soliq funksiyalarini ongli ravishda qo‘llash; 2) byudjet, soliq va boshqa moliyaviy imkoniyatlarni boshqarish sohasidagi chora-tadbirlar yordamida hukumat tomonidan tadbir- korlik faolligini tartibga solish.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (органый самоуправления граждан/Self-government institutions) – fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yuridik shaxs sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning qatnashchilari.
Xarajatlar smetasi (смета расходов/estimate of expenses) – tashkilot tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo‘lib, unda tashkilot uchun mo‘ljallangan byudjet ajratmalari (xarajatlar rejasi) xarajatlar moddalari bo‘yicha aks ettiriladi.
Xususiylashtirish (приватизация/privatisation) – davlat qo‘lida markazlashgan mol-mulklarni davlat egaligidan chiqarish.
Erkin bojxona hududi (свободная томоженная зона/free customs area)– bojxona nazoratisiz va boj to‘lovlari undirilmagan holda mahsulotlarni erkin olib kirish mumkin bo‘lgan hudud.
Erkin iqtisodiy hudud (свободная экономическая зона/ Free economic zone) – davlat bojxona chegaralarining alohida ajratilgan qismi. Erkin iqtisodiy hudud deb e’lon qilingan joy xo‘jalik masalalarini hal etishda to‘la erkin, alohida tartibda boshqariladi, mahalliy va chet el firmalari uchun faoliyat yuritishning imtiyozli tartibi joriy etilgan bo‘ladi. Yalpi ichki mahsulot (ЯИМ/ВВП/Gross national product) – yil davomida mamlakat hududidagi iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida pirovard natijada (ya’ni bevosita iste’mol uchun), foydalanilgan ishlab chiqarish omillarining qaysi millatga mansubligidan qat’iy nazar iste’mol, eksport va jamg‘ arish maqsadida yaratilgan mahsulotlar va
ko‘rsatilgan xizmatlarning bozor qiymatida hisoblangan miqdoridir.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling