Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari


Davlat kreditining shakllari va tasniflanishi


Download 0.5 Mb.
bet50/155
Sana03.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1322928
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   155
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua

Davlat kreditining shakllari va tasniflanishi


Emissiya qilish huquqiga qarab zayomlar davlat zayomlari va mahalliy zayomlarga bo‘linadi. Davlat zayomlari markaziy boshqaruv organlari tomonidan chiqariladi va ular bo‘yicha tushgan mablag‘lar davlat byudjetiga yo‘naltiriladi. Mahalliy zayomlar mahalliy boshqaruv organlari tomonidan chiqariladi va ular bo‘yicha tushgan mablag‘lar tegishli mahalliy byudjetlarga yo‘naltiriladi.


Qimmatli qog‘ozlarning ishlatilish xususiyatiga qarab bozor uchun mo‘ljallangan va bozor uchun mo‘ljallanmagan zayomlarga bo‘linadi. Bozor uchun mo‘ljallangan obligatsiyalar (g‘azna majburiyatlari) qimmatli qozlar bozorlarida erkin sotib olinadi, sotiladi va qayta sotiladi. Bozor uchun mo‘ljallanmagan zayomlar qimmatli qog‘ozlar bozoriga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ya’ni, ularning egalari bozor uchun mo‘ljallanmagan zayomlarni qayta sota olmaydi.
Davlat zayomlari ta’minlanganligini belgilanishiga qarab kafolatlangan va kafolatlanmaganlarga bo‘linadi. Kafolatlangan zayomlar davlat mulki bilan yoki aniq daromalari bilan kafolatlanadi. Kafolatlanmagan zayomlar aniq moddiy kafolatga ega bulmaydi.
Bunday zayomlarning ishonchliligi davlatning ishonchliligi bilan belgilanadi.
Zayomlarni qaytarish muddatlariga qarab qisqa muddatli (qaytarish muddati bir yilgacha), o‘rta muddatli (qaytarish muddati 1 yildan 5 yilgacha) va uzoq muddatli (qaytarish muddati 5 yildan yuqori) davlat zayomlariga bo‘linadi.
Davlat zayomlari daromad to‘lash xususiyatiga qarab foizli, yutuqli va diskontli (nol kuponli) zayomlarga bo‘linadi. Foizli zayomlar bo‘yicha daromad qarz foizi ko‘rinishida belgilanadi. Foizlar zayomlarni harakat qilish davri davomida bir xil qilib o‘rnatilgan bo‘lishi yoki kredit bozorida bu zayomga bo‘lgan talab va takliflar asosida o‘rnatiladigan o‘zgarib turuvchi foizlar belgilanishi mumkin. Foiz daromadlari bir yilda bir marta, yarim yilda bir marta yoki har chorakda bir marta to‘lanadigan bo‘lishi mumkin. Yutuqli zayomlar bo‘yicha kreditorlarga daromad to‘lash yutuq tirajlarini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda daromadni barcha kreditorlar olmaydi, balki yutuq chiqqan obligatsiyalar egalargina oladi. Diskontli davlat zayomlari ma’lum chegirma bilan sotiladi, ammo obligatsiya qiymati qaytarilganda davlat zayomining nominal qiymati kreditorlarga qaytariladi. Diskontli davlat zayomining nominal qiymati bilan kreditor tomonidan sotib olgan qiymati o‘rtasidagi farq kreditorning daromadi bo‘lib hisoblanadi.
Qarzlar qaytarish xarakteriga qarab birdaniga qaytariladigan va qism-qismlarga bo‘lib qaytariladigan qarzlarga bo‘linadi. Qarzni qism-qismlarga bo‘lib qaytarishning uchta varianti bo‘lishi mumkin. Birinchi variant – zayom qiymati bir necha yil davomida uning turli qismlarini qaytarish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ikkinchi variant – zayom qiymati doimo o‘sib borish yo‘li bilan qaytariladi. Bu tartib kelajakda davlat daromadi har yili oshib borishi ko‘zda tutilgan hollarda qo‘llaniladi. Uchinchi variantda zayom so‘mmasi doimo kamayib borish yo‘li bilan qaytariladi. Bu tartib kelajakda davlat daromadi har yili qamayib borishi yoki davlat xarajatlari ko‘payib borishi ko‘zda tutilgan hollarda qo‘llaniladi.
Davlatning qarzlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlariga qarab muddatidan avval qaytarish huquqi bilan va muddatidan avval qaytarish huquqisiz zayomlarga bo‘linadi. Qarzni muddatidan avval
qaytarish huquqi davlatga moliyaviy bozordagi vaziyatni hisobga olish imkonini beradi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling