Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari


Dotatsiya (дотация/grant)


Download 0.5 Mb.
bet132/155
Sana03.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1322928
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   155
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua

Dotatsiya (дотация/grant) – yuqori byudjet bo‘g‘inidan quyi byudjet bo‘g‘iniga yoki byudjetdan yuridik va jismoiny shaxslarga qaytarib bermaslik sharti bilan berilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari. Jamoat birlashmalari (общественные союзы/public unions) – ma’naviy yoki o‘zga nomoddiy ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun o‘z manfaatlarining mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda
birlashgan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalari.
Jamoat fondlari (Публичные фонд\fonds ) – fuqarolar va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo‘shish asosida tashkil etilgan, hayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko‘zlaydigan, a’zoligi bo‘lmagan nodavlat notijorat tashkiloti.
Zayom (заём/debts) – davlat byudjetiga yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb etish yo‘li bilan byudjet taqchilligi o‘rnini to‘ldirish, ulkan iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy dasturlarni moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida davlat tomonidan chiqariladigan qimmatbaho qog‘ozlar.
Zahira (резерв/Reserve) – muayyan maqsadlar uchun, ayrim hollarda esa kutilmagan hollarning oldini olish uchun saqlab qo‘yilgan moddiy, moliyaviy va boshqa resurslar.
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari

  • maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjet dan qoplash va oilalarga ijtimoiy nafaqalar.

Iqtisodiy siyosat (экономическая политика/Economic policy)

  • davlat tomonidan mamlakat oldida turgan yaqin va uzoq kelajakdagi vazifalarga muvofiq ravishda amalga oshirilayotgan hamda amalga oshrilishi mo‘ljallanayotgan iqtisodiy, siyosiy va boshqa tadbirlar yig‘indisi.

Investitsiya krediti (инвестиционный кредит/investment credit) – investitsiya maqsadlariga yo‘naltirilgan turli xildagi bank kreditlari.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling