Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari


Byudjet yili (бюджетный год/Budgetary years )


Download 0.5 Mb.
bet129/155
Sana03.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1322928
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   155
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua

Byudjet yili (бюджетный год/Budgetary years ) davlat ini tuzish, tasdiqlash va ijro qilish yuzasidan qonunchilik yo‘li bilan belgilangan yillik muddat.
Byudjet profisiti (Бюджетный профицит/Budgetary proficiency) – byudjet daromadlarining xarajatlaridan oshib ketishi (byudjetning ijobiy saldosi).
Byudjet ssudalari (Бюджетная ссуда/budgetary loan) – yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarish sharti bilan yoki respublika
byudjetidan yuridik shaxs-rezidentga yoki xori-jiy davlatga ajratiladigan mablag‘.
Byudjet subvensiyalari (Бюджетная субвенция/Budgetary subvention) – qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori byudjetdan quyi byudjetga ajratiladigan pul mablag‘ lari.
Byudjet taqchilligi (бюджетный дефицит/Budgetary deficiency) – byudjet xarajatlarining daromadlardan oshib ketishi (byudjetning salbiy saldosi).
Byudjet tashkiloti (бюджетная организация/budgetary organisation) – davlat byudjetida byudjet ajratmalari nazarda tutilgan vazirlik, davlat qo‘mitasi, idora, davlat tashkiloti, va bu uning o‘z vazifa va funksiyalarini bajarish bilan bog‘liq faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbasi hisoblanadi.
Byudjet tizimi (бюджетная система/Budgetary system )– turli darajadagi byudjetlar va byudjet mablag‘lari oluvchilar yig‘ indisini, byudjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini, byudjet jarayonida ular o‘rtasida, shuningdek, byudjetlar hamda byudjet mablag‘ lari oluvchilar o‘rtasida vujudga keladigan o‘zaro munosabatlarni o‘zida ifodalaydi (O‘zRning “Byudjet tizimi to‘g‘ risida”gi Qonuni).
Byudjet transfertlari (бюджетный трансферт/Budgetary transfer) – byudjetdan bevosita yoki vakolatli organ orqali yuridik yoki jismoniy shaxsga beg‘araz ajartiladigan pul mablag‘lari.
Byudjet tuzilishi (составление бюджета/Budget drawing )– byudjet tizimini tashkil etish, uni tuzish prinsiplari. Byudjet tuzilishi davlat byudjeti va mamlakat byudjet tizimining tashkil etilishini, uning alohida bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni, byudjet tizimiga kiruvchi byudjetlarning faoliyat yuritishi huquqiy asoslarini, byudjetlarning tarkibiy tuzilishini, byudjet mablag‘ larini shakllantirish va foydalanish tartib-taomillarini va boshqalarni belgilaydi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling