Soliq (налог/tax) – 1) byudjetga majburiy badal bo‘lib, qonunchilikda belgi-langan tartibda soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi; 2) soliqlar, o‘z moddiy mazmuniga ko‘ra, milliy daromadning xo‘jalik subyektlari va aholidan umumdavlat ehtiyojlari uchun undirilgan qismidir.
Soliq (налог/tax) – muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘ araz xususiyatga ega bo‘lgan, byudjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari (O‘zRning Soliq kodeksi).
Soliq bazasi (налоговая база/Tax base) – soliq obyektining soliq stavkasi qo‘llaniladigan miqdori.
Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar (налог и объязательные платежи/tax and obligatory payments) – davlat tomonidan joriy qilingan va jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan to‘lanishi majburiy bo‘lgan, doimiy tavsifdagi, miqdori avvaldan belgilangan to‘lov turlari.
Soliq manbai (налоговый/tax) – bu subyektning daromadidir. Ba’zi soliqlarda daromad va foyda ham soliq obyekti, ham soliq manbai bo‘ladi. Lekin boshqa soliqlarda obyektlar har xil, manba esa - daromad bo‘ladi.
Soliq obyekti (налоговый объект/Tax object) – soliq solinadigan daromad, oborot yoki mulkdir. Uning foyda, ish haqi, yer, imorat, jami xarajat kabi turlari mavjud.
Soliq salohiyati (налоговый потенциал/Tax potential) – amaldagi qonunchilikka binoan soliq bazalarining tarkibi va tuzilishi kelib chiqqan byudjetning maksimal soliq daromad-lari so‘mmasi. Soliq salohiyatini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi: faktik (haqiqiy) soliq tushumlari, soliq to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlikni qo‘shimcha o‘sishi, soliq imtiyozlari qismidagi tushib qolayotgan daromadlar, soliq organlarining nazorat ishlari natijasi bo‘yicha qo‘shimcha hisoblab chiqilgan soliqlar, iqtisodiyotning yashirin sektori bo‘yicha soliq daromadlarini yo‘qotish, ya’ni yashirin iqtisodiyot resurslari.
Soliq siyosati strategiyasi (стратегия налоговой политики/Tax policy strategy) – muayyan muddatga mo‘ljallangan soliqqa oid iqtisodiy munosabatlarning asosiy yo‘nalishlari va chora-tadbirlari majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |