Noishlab chiqarish sohasi (сфера производства/ Manufacture sphere) – bu iqtisodiyotning moddiy boyliklar ishlab chiqarmaydigan tarmoqlari majmui.
Pensiya fondi (пенсионный фонд/Pension fund ) – bu pensiya bilan ta’minlovchi davlat moliya boshqaruvining organi.
Penya (Пеня/penalty) – aybnoma turlaridan biri. Unga ko‘ra, turli moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmagan shaxslarga qo‘llaniladigan jazo (sanksiya). Kechiktirilgan har bir kun uchun to‘lanmagan qarz so‘mmasiga nisbatan muayyan foizlarga qo‘llaniladi.
Progressiv soliq stavkasi (прогрессивная налоговая ставка/progressive tax rate) – soliq bazasining ortishi bilan soliq stavkasi ortib boradi;
Proporsional soliq stavkasi (пропорциональная налоговая ставка/proportional tax rate) – hamma soliq to‘lovchilar uchun teng soliq stavkasi qo‘llanadi (qqs, aksiz, foyda solig‘i);
Pul-kredit siyosati (денежно-кредитная система/ Monetary and credit system) – markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit orqali muvofiqlashtirish vositalarining davlat tomonidan ishlab chiqilgan va qonuniy tasdiqlangan mexanizm
Regressiv soliq stavkasi (регрессивная налоговая ставка/regressive tax rate) – soliq bazasining ortishi bilan soliq stavkasi kamayadi (umumiy sotilgan mahsulot hajmida eksport ulushi ortib borishi bilan soliq stavkasi kamayib boradi).
Reinvestisiya (Реинвестиция/Reinvestment) – turli korxonalarga takroran yoki qo‘shimcha sarmoya sarflash. Bunday tarzda qo‘shimcha mablag‘ sarflash olingan foyda hisobiga qo‘lga kiritilgan qog‘ozlar va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Respublika byudjeti (республиканский бюджет/republican budget) – Davlat byudjetining umumdavlat tusidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi (O‘zRning “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi Qonuni).
Do'stlaringiz bilan baham: |