Soliq solinadigan baza (налогооблагаемая база/Taxable base)
– soliqqa tortish obyektining soliq yoki boshqa majburiy to‘lovning stavkasi tatbiqan belgilangan ko‘rsatkichlardagi qiymat, miqdor, fizik va boshqa tavsiflarini ifodalaydi (O‘zRning Soliq kodeksi).
Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibi (упрощенный налогoоблажение/Simplified taxation) – soliqqa tortishning ayrim toifadagi soliq to‘lovchilar uchun belgilanadigan hamda ayrim tur-dagi soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashning, shuningdek ular yuzasidan soliq hisobotini taqdim etishning maxsus qoidalari qo‘llanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibi.
Soliq stavkasi (налоговая ставка/tax rate) – obyektning har birligi uchun davlat tomonidan belgilab qo‘yilgan me’yordir, ya’ni davlatning soliq obyektidagi ulushi, hissasidir.
Soliq subyekti (налоговый субъект/tax subject) – soliq to‘lash majburiyati yuklangan yuridik va jismoniy shaxslar.
Soliq tizimi (налоговая система/tax system) – bir xil mohiyatga ega bo‘lgan va markazlashgan pul fondini tashkil etadigan soliq, yig‘ im, boj va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘ indisi.
Soliqqa tortish birligi (налогооблагаемая единица/Taxable unit) – bu obyektning o‘lchov birligi. Bu daromad solig‘ ida so‘m, yer solig‘ ida kv. metr, suv solig‘ ida kub. metr va boshqalar.
Soliqli daromadlar (налоговые доходы/Tax incomes)– soliq salohiyatining qismi bo‘lib, milliy daromadning xo‘jalik subyektlaridan va aholidan umumdavlat ehtiyojlari uchun undiriladi
Stavka (ставка/rate) – soliq solinadigan bazaning o‘lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan foizlardagi yoki mutlaq so‘mmadagi miqdor (O‘zRning Soliq kodeksi).
Subvensiya (Субвенция/Subvention) – yuqori byudjet organidan quyi byudjet organiga muayyan maqsadlar uchun beriladigan va maqsadli foydalaniladigan pul mablag‘lari.
Sug‘urta (страхование/Insurance) – ishlab chiqarish munosabatlarining zaruriy elementi sifatidi ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidagi moddiy zararlarni qoplash bilan bog‘liq munosabatlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |