Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari
Download 0.5 Mb.
|
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua
byudjet defitsitini tashkil qiladi.
Byudjet daromadlarining xarajatlardan ortib ketishi byudjet profisiti deyiladi. Muvozanatlashtirilgan byudjet deganda, defitsit yoki profisit summasi byudjet harajalarining 1 foizidan oshmaydigan davlat byudjetiga aytiladi. Byudjet defitsiti dunyoning ko‘plab malakatlarida davlat moliyasining ajralmas qismiga aylanganligi uning yuzaga kelish sabablarini, muta’dil darajasini, makroiqtisodiy tartibga solishning davlat tizimidagi o‘rnini ilmiy o‘rganish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Davlat byudjeti defitsitining yuzaga kelishida ikki asosiy sabab quyidagilardan iborat: Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi bilan bog‘liq xarajatlari; Davlatning noishlab chiqarish xarakteridagi xarajatlari hajmining keskin oshib ketishi hisoblanadi. Byudjet defitsiti yuzaga kelishini mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz holatlari bilan bog‘lash maqsadga muvofiqdir. Buning sababi iqtisodiy inqiroz paytida soliq tushumlari keskin kamayadi, hukumatning qimmatli qog‘ozlarini sotish darajasi pasayadi va hokazo. Bu pirovard natijada davlat byudjeti daromadlarining rejalashtirilgan miqdorda tushmasligiga sabab bo‘ladi. Natijada byudjet defitsitining hajmi yanada oshadi va hukumat uchun bank tizimining kreditlaridan foydalanishidan ko‘ra qulayroq va osonroq yo‘l qolmaydi. Shuning uchun iqtisodiy inqiroz holatlarining yuzaga kelishini alohida sabab sifatida e’tirof etish maqsadga muvofiqdir. Shunisi xarakterliki, rivojlangan mamlakatlar amaliyotida tarkibiy defitsit tushunchasi ham qo‘llaniladi. Tarkibiy defitsit deganda, aholining to‘liq bandligi sharoitida davlat byudjetining salbiy qoldig‘i tushuniladi. Bunda byudjet defitsitining miqdori davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning joriy tadbirlari bilan emas, balki sikllik tebranishlar bilan belgilanadi. Iqtisodiy inqirozlar paytida odatda ishsizlik ko‘payadi, bu esa tarkibiy defitsit miqdoriga bevosita ta’sir qiladi. Demak, iqtisodiy inqirozlarni nafaqat rivojlanayotgan mamlakatlar amaliyoti uchun, balki rivojlangan mamlakatlar amaliyoti uchun ham xos bo‘lgan omil sifatida qayd etish mumkin. Davlat byudjeti defitsitining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini ochib berishga xizmat qiladigan asosiy masalalardan biri byudjet defitsiti hajmini aniqlash metodologiyasini tahlil qilish hisoblanadi. Halqaro amaliyotda byudjet defitsitining hajmini aniqlashda ikkita uslubiyatdan keng foydalanilmoqda: Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling