Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari


Download 0.5 Mb.
bet65/155
Sana03.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1322928
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   155
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua

Sof defitsit – o‘z tarkibiga ko‘ra byudjet investitsiyalaridan tashqari bo‘lgan davlat byudjeti xarajatlaridan iborat.
Umumiy defitsit – nafaqat to‘g‘ri byudjet investitsiyalari balki joriy byudjet yilida qaytariladigan va hukumat tomonidan kafolat- langan, kredit hisobidan amalga oshiriladigan investitsiyalardan ham iboratdir.
Fikrimizcha, umumiy defitsit byudjet defitsitining real hajmini to‘liqroq ifoda etadi. Chunki bunda hukumat kafolatlangan
kreditlaridan samarali foydalanishni nazorat qilish imkoniga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati uchun ikkinchi metodologiyaning katta ahamiyatga ega ekanligiga asosiy sabab shundaki, hozirgi kunga qadar mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilingan kreditlarning 80 %dan ortiq qismi respublika hukumatiningi kafolati asosida olingan kreditlardan iboratdir. Demak, ulardan foydalanishda nazoratni kuchaytirish davlat byudjet defitsiti oshishining oldini oladi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy jihatdan qayta qurishning zarurligi yirik investitsion xarajatlarni talab qildi. Xususiy sektorga mansub korxonalarning xorijiy investitsiyalarni va investitsion kreditlarni jalb qilish imkoniyati cheklangan sharoitda, davlat bosh islohotchi sifatida xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilish muammosining chuqurlashuviga yo‘l quymaydi. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimiz hukumatining xorijiy valyutadagi majbu- riyatlarining ko‘payishiga olib keldi. Demak, byudjet defitsitining iqtisodiyotni muvozanatlashtirishdagi roliga baho berishda har bir mamlakatning moliya-byudjet siyosatidan kelib chiqish lozim. Byudjet defitsitining o‘sishi natijasida makroiqtisodiy ko‘rsatkich- larida qanday ijobiy o‘zgarishlar yuz berganligini aniqlash lozim. Masalan, davlat byudjet defitsitining yuqori darajada o‘sishi davlat investitsiya xarajatlarining o‘sishi oqibatida yuzaga keladi. Bunday sharoitda byudjet defitsitining iqtisodiyotga ta’sirini baholash uchun iqtisodiy o‘sish suratidagi soliq tushumlaridagi o‘zgarishlarni va ishsizlik darajasini baholash lozim, chunki investision xarajatlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi. Ayni vaqtda investitsiya xarajatlarini samarasiz tarzda amalga oshirish byudjet defitsitining iqtisodiyotga nisbatan salbiy ta’sirini yuzaga keltiradi. Xususan, davlat mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilgan investitsion loyihalarning o‘zini oqlamasligi qilingan xarajatlarni tuliq kapitalga aylanishiga, hukumat to‘lovlarining oshib ketishiga olib keladi. Buning oqibatida byudjet defitsitini qoplash muammosi yanada chuqurlashadi va ko‘pchilik hollarda hukumat defitsitni qoplashning inflyatsion manbalaridan foydalanishga majbur bo‘ladi. Bunda byudjet defitsitining oshishi
hisobiga iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga erishilsa, u holda byudjet defitsiti faol shaklga ega bo‘ladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling