Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari


Uy xo‘jaliklari moliyasining davlat moliya tizimida tutgan o‘rni va uning moliyaviy ahamiyati


Download 0.5 Mb.
bet75/155
Sana03.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1322928
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   155
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua

Uy xo‘jaliklari moliyasining davlat moliya tizimida tutgan o‘rni va uning moliyaviy ahamiyati


Zamonaviy adabiyotlarda oilaga turlicha ta’rif beriladi. Oila – bu uy joy sharoiti umumiy va bir qator tovarlar xizmatlarni birgalikda iste’mol etish pul daromadlari va moddiy mablag‘larni birlashtirgan kishilar guruhi tushuniladi. Oila evolyutsion tarzda rivojlanadi, uning tarkibi o‘zgaradi, undagi qadriyatlar yangilanadi, urf odatlar, uning funksiyalarida ham siljishlar yuz berishi namoyon bo‘ladi. Baribir, oila iste’molni yakunlovchi vazifasini bajaraveradi. Binobarin, oila o‘tkinchi emas, u doimiy, biroq evolyutsion shaklda rivojlanish salohiyatiga ega. Oila xo‘jaligining iqtisodiyot sektorida muhim o‘rin tutishi, uning davlat bilan aralashivi, bu esa hozirgi kunda davlatning qay darajada rivojlangan yoki rivojlanmaganligini oilalarning


iqtisodiy ahvolidan bilib olish qiyin emas. Shuning uchun oilani o‘rganish, oilani boshqarish, oila xo‘jaligi rejalarini tuzish, oilani iqtisodiy ahvolining yaxshilanishi davlatga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Oila moliyasi – bu bizga maosh yoki daromadning boshqa manbalari (meros, renta daromadi, lotoreya yutug‘i investitsiya daromadi) va biz xarajat qiladigan va xarajat qilmaydigan, investitsiya qiladigan ko‘rinishda keladigan puldir.
Iqtisodiyotning ijtimoiyligi birinchi navbatda oilada ifoda etilganligi sababli, oilaning moliyaviy resursi qanchalik ko‘p bo‘lsa shunchalik u to‘q va faravon yashaydi. Xalqi faravon yashaydigan mamlakatgina gullab – yashnashi, xalqi nochor mamlakat esa xarob bo‘lishi tarixiy ma’lumotlarda aniq ko‘rinib turadi. Barcha ijtimoiy muammolar oilalarda jamlanadi, yig‘iladi va ularni hal etishda oila moliyasi faol qatnashadi, chunki oilaning moliyaviy salohiyatining qanchalik kuchli yoki kuchsizligi aytilgan muammolarning shu yerning o‘zida qanchalik tez yoki sekin bajarilishida o‘z aksini topadi.
Oila moliyasini o‘rganish, uni tatqiq etish birinchi bo‘lib g‘arb mamlakatlarida boshlangan. Oila iqtisodiyotiuning moliyasini fundamental tatqiq etishga bir necha g‘arb olimlari o‘z hissalarini qo‘shgan bo‘lib, ular N.Pigu, L.Atkinson va D.Stiglislar o‘z asarlarida oila hatti-harakatlari, motivatsiyasi, moliya-kredit tizimidagi o‘rni oila moliyasi tahlilining metodologiyasi ilk bor g‘arb olimlari asarlarida ishlab chiqilgan.
Davlat va uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) va qaytarma (yana orqaga qaytariluvchi) aloqalar asosida quriladi (vujudga keladi) va ular byudjet hamda nobyudjet fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishdagi munosabatlarni ifodalaydi. Uy xo‘jaliklarining daromadlari va mol-mulklari soliqqa tortilish obyekti sifatida maydonga chiqadi. Demak, byudjet tizimi daromadlar bazasining tuzilmaviy elementi hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida soliqlar, pensiya tizimi transfertlar orqali davlat moliyaviy oqimlarni uy xo‘jaliklarining turli guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlaydi. Uy xo‘jaliklari va davlat o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish jarayonida milliy daromadning ikkilamchi qayta taqsim- lanishi sodir bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat uy
xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan daromadning taqsimlanish jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilish instrumentlariga ega emas. Moliyaviy munosabatlarning bu sohasi davlat tomonidan eng kam darajada reglamentatsiya qilinadi. Buning sababi shundaki, uy xo‘jaliklari pul fondlarini shakllantirishning zarurligi, usuli va maqsadi to‘g‘risida, ularni sarflashning o‘lchami va vaqti xususida qarorlar qabul qilishda mustaqildir. Shu bilan birgalikda davlat uy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan daromad va yakuniy (oxirgi) iste’molning o‘lchamiga (ko‘lamiga) ta’sir qilishga qodir. Bu narsa, jumladan, quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin:

  • soliqli tartibga solish (tartiblash);

  • mehnat haqini to‘lash stavkalarini o‘rnatish (belgilash);

  • birinchi darajali zaruriy mahsulotlar baholarini tartibga solish (tartiblash);

  • imtiyozlar tizimi;

  • sog‘liqni saqlash va maorifni byudjetdan moliyalashtirish orqali ta’minotni rivojlantirish;

  • va boshqalar.

Uy xo‘jaliklarining o‘zlari o‘rtasidagi (uy xo‘jaliklararo) moliyaviy munosabatlar uy xo‘jaliklari sektorining ichida moliyaviy resurslarning harakatlanishi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar sifatida qaraladi. Bu yerda ushbu jarayon hamma vaqt ham oydinlashmagan va kuchsiz tartibga solinuvchi hisoblanadi. Moliyaning bu sohasiga, jumladan, quyidagilarni kiritish mumkin:

  • fermer xo‘jaliklarining hamkorlikdagi maqsadli fondlari;

  • iste’mol kooperatsiyasiga xizmat ko‘rsatuvchi fondlar;

  • uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi norasmiy kredit munosabatlari;

  • uy xo‘jaliklari sektori doirasida (chegarasida) hamkorlikdagi pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish xususidagi boshqa munosabatlar.

Uy xo‘jaliklarining moliyaviy institutlar bilan o‘zaro aloqalari moliyaviy munosabatlarning alohida guruhini ifodalaydi. Ularning kredit muassasalari bilan munosabatlari uy xo‘jaligi byudjeti defitsitini to‘ldirish (iste’mol krediti vositasida, yordamida), bo‘sh turgan pul mablag‘larini bank hisob varaqalarida joylashtirish yoki ularni saqlash va jamg‘arish maqsadida boshqa moliyaviy aktivlarga
qo‘yish orqali namoyon bo‘ladi. Uy xo‘jaliklarining sug‘urta kompaniyalari bilan bo‘ladigan munosabatlari esa turli ko‘rinishdagi sug‘urta fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida gavdalanadi.
Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bo‘lganligi uchun uy xo‘jaliklari moliyasining mohiyati ham uning funksiyalari yordamida ifodalanadi. Uy xo‘jaliklari moliyasining funksiyalari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:

  • taqsimlash;

  • takror ishlab chiqarish;

  • nazorat;

  • tartibga solish (tartiblash);

  • rag‘batlantirish;

Uy xo‘jaliklari moliyasining bu funksiyalari o‘zaro bog‘langan va bir-birini doimiy ravishda to‘ldirib turadi. Bir vaqtning o‘zida, ma’lum ma’noda va darajada ular o‘zlarining namoyon bo‘lishiga qarab moliyaning umumiy funksiyalaridan biroz farqlanishi ham mumkin.
Uy xo‘jaliklari darajasida daromadlarni shakllantirish bo‘yicha moliyaviy qarorlar quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:

  • mol-mulk va undan foydalanish (buyumlashgan yoki pul shaklida) imkoniyatining mavjudligiga;

  • uy xo‘jaligi ishtirokchilari ish vaqti fondining taqsimlanishiga

  • uy xo‘jaligi a’zolarining tashabbuskorligiga, faolligiga va inson kapitalidan foydalanishga;

  • uy xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatadigan tashqi muhitga.

Daromadlarni shakllantirish omillari va baholarning darajasi bu yerda cheklanmalar (cheklanishlar) sifatida amal qiladi, ya’ni iste’mol tanlanmasining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan variantlari majmuini belgilab (aniqlab) beradi. Ana shu nuqtai-nazardan uy xo‘jaliklarining iste’mol fondi minimal va ratsional iste’mol byudjetlari yoki yanada detallashtirilgan tarzda quyidagicha klassifikatsiya qilinishi mumkin:

    • hayotiy minimum byudjeti;

    • minimal iste’mol byudjeti;

    • optimal iste’mol byudjeti.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling