Mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari


Download 0.5 Mb.
bet78/155
Sana03.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1322928
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   155
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR O\'quv uslubiy majmua

Mashg‘ulotning xronologik xaritasi 80 daqiqa



Mashg‘ulotning olib borilishi

Vaqt
(daq.)

1

Kirish

2

2

Mashg‘ulot rejasi yuzasidan talabalar bilimini aniqlash,
suhbat, muhokama, nazariy so‘rov usuli, savol-javob.

20



3

Mustaqil ishlarni bajarish.
Mavzu yuzasidan guruh muhokamasini tashkil etish. Taqdimot.



28

4

Test topshiriqlarini bajarish.

20

5

Talabalar bilimini baholash. Mashg‘ulotni yakunlash

10




Jami:

80

Mavzu yuzasidan test topshiriqlari

    1. Adabiyotlarda Uy xo`jaligi moliyasi iborasining o`rniga ekvivalent yoki sinonim sifatida qo`llanilayotgan iboralarni toping.

  1. Davlat moliyasi

  2. Xonadon moliyasi

  3. Oila moliyasi

  4. B va C
    1. Uy xo‘jaliklarida mavjud bo`lgan moliyaviy munosa- batlar tizimini qanday guruhlarga bo`lish mumkin ?


  1. Ichki

  2. Umumiy

  3. Tashqi

  4. A va C
    1. Uy xo`jaliklari moliyasining funksiyalarini toping !


  1. Taqsimlash, takror ishlab chiqarish

  2. Nazorat, tartibga solish

  3. Rag`batlantirish, ijtimoiy

  4. Hamma javoblar to`g`ri
    1. Uy xo`jaligining moliyaviy qarorini resurs jihatidan ta’minlash qanday manbaalar hisobidan amalga oshiriladi ?


  1. Dastlabki, jamg`ariladigan, joriy manbalar

  2. Dastlabki, jamg`ariladigan manbalar

  3. Joriy manbalar

  4. Dastlabki, joriy manbalar

12-MAVZU: XALQARO MOLIYA




Reja:

  1. Xalqaro moliya: mazmuni va tashkiliy tamoyillari.

  2. Xalqaro moliya(ning) asoslari va rivojlanish tendensiyalari.

  3. Xalqaro moliya bilan bog‘liq munosabatlar. Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi.



Kalit so‘zlar: transmilliy korporatsiyalar, transmilliy banklar.
Mashg‘ulotning maqsadi: mamlakat bo‘yicha to‘lov balansining holati va o‘zgarishini, xalqaro moliyaviy bozorlar, xalqaro moliyaviy korporatsiyalar, xalqaro bank va investitsion faoliyati haqida tushuncha berish.
O‘qitish vositalari: yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot materiallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar: darslik, o‘quv qo‘llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo‘llanma va shu kabilar.
O‘qitish usullari: Talabalarni ma’ruza materiallari bilan tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob berish. O‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo‘llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni qo‘shimcha yoritish.


    1. Xalqaro moliya: mazmuni va tashkiliy tamoyillari


Xalqaro moliya – xalqaro moliyaviy resurslar va ularning global harakatini tavsiflovchi tushunchadir. Jahon savdosining shiddatli o‘sib borishi, ishlab chiqarish masshtabi va ixtisoslashuvining rivoj- lanishi, kapitallarnining xalqaro oqimini, davlatlararo tovarlar, xiz- matlar va mehnat resurslarining harakatini rivojlanishi xalqaro moliyaning rivojlanishi va xalqaro moliyaviy bozorlarning shakl- lanishi, davlatlararo moliyaviy munosabatlarni tobora murakkab- lashuvi uchun sharoit yaratdi.


Jahon moliya tizimining asosiy ishtirokchilari banklar, transmilliy korporatsiyalar, portfel investorlar va xalqaro rasmiy qarz beruvchi donorlar hisoblanadi.
Jahon moliyaviy resurslari (global moliyaviy resurslar)- barcha mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar va jahonning moliyaviy markazlariga tegishli moliyaviy resurslarning global hajmidir. Ular xalqaro iqtisodiy munosabatlarda, ya’ni rezident va norezidentlar o‘rtasidagi munosabatlarda foydalaniladi.
Jahon moliyaviy resurslarining manbalari quyidagilardan iborat:

  • donor mamlakatlar, qaysiki, jahon moliyaviy resurslarida ustuvor ahamiyat kasb etuvchi iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar;

  • xalqaro tashkilotlar fondlari;

  • xususiy shaxslar, kompaniyalar, tashkilotlar, rivojlangan mamlakatlar hukumatlariga tegishli jahon oltin valyuta zahiralarining sezilarli qismi va boshqalar.

Keyingi yillarda xalqaro moliyaning rivojlanishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatdi.
Xalqaro moliyaviy operatsiyalar alohida mamlakatlarning milliy moliya tizimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlariga ega bo‘la boshladi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuviga transmilliy korporatsiyalar (TMK) va transmilliy banklarning (TMB) vujudga kelishi va keskin rivojlanishi ham sezilarli turtki bo‘ldi. Butunjahon xo‘jaligining transmilliylashuvi natijasida mamlakatlararo milliy ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va birlashishi TMKlarning faoliyatini yanada rivojlantirdi. TMKlar tomonidan mamlakat iqtisodiyotiga bevosita investitsiyalash ishlab chiqarishda menejment, marketing, texnologiyalarni joriy etishning yangi usullarining yoyilishiga va shu asosda, jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayonini tezlashtirdi.
Iqtisodiyotni tartibga soluvchi eski davlatlararo mexanizm o‘rniga globallashuv, integratsiya, transmilliylashuv va mintaqalashuv jarayonlariga muvofiq keladigan munosabatlar qaror topa boshladi. Ikki tomonlama manfaatli munosabatlar ko‘p tomonlama hamkorlikka, milliy ishlab chiqarish transmilliy ishlab chiqarish shakliga o‘ta boshladi. Jahon iqtisodiy ta’sirchan subyektlari rolini butunjahon xo‘jaligining qariyb barcha sohalarini
tartibga solib turuvchi turli xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar egallay boshladi.
Ayniqsa, keyingi yillarda jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining ta’sirida jahon xo‘jaligining taraqqiyotidagi o‘zgarishlar xalqaro moliyaga jiddiy ta’sir etdi.
Byudjet defitsiti esa dunyodagi har 5 mamlakatdan 4 tasida kuzatildi. Bunga sabablardan xom ashyo mahsulotlar narxining tushishi, kredit berishdagi ko‘plab cheklovlar hamda davlatlarning proteksionizm siyosatining unchalik qattiq qo‘llamasligi orqali tovarlarga nisbatan talabning kamayib ketishiga olib keldi. Shu bilan bir qatorda davlatlarning tashqi qarzdorligi oldingi yilga nisbatan o‘rtacha 6%ga kamaydi, chunki halqaro banklarning yangi kredit ajratmalari yo‘qoldi. Global tanazzul aslida esa moliya bozoriga nisbatan ishonchsizlikning oshishi, banklarning tanazzuli, kredit ajratmalarining qisqarishi, ipoteka bozorlaridagi narxlarning tushib ketishi, kapital qo‘yilmalarning foiz ulushlarining qisqarishi, iste’molchilarning ishonchsizligi hamda savdo tushumining keskin kamayishi asosiy sabablardan, deb belgilanadi. Bunday ko‘rinishdagi moliyaviy qiyinchiliklarga javoban ko‘pgina davlatlar ko‘proq monetar va fiskal siyosatga e’tiborni qaratib, proteksionistik siyosatni esa amalga oshirishni ma’qul topmadilar. Byudjet defitsiti oqibatida har 15 davlatdan 14 tasi aylanma kapitalga ehtiyoj sezdi. Bu esa global miqyosda g‘aznadagi yangi davlat qarzlarini keltirib chiqardi, ya’ni iqtisodni rivojlantirishga sarflanadiga chiqimlar miqdori jahon bo‘yicha o‘rtacha 4 trillion AQSh dollarni tashkil etib qo‘ydi. Ustama foiz ulushi darajasi past ko‘rsatkichlarda ushlab turish hamda qarzlarni to‘lash uchun iqtisodiyotdagi valyuta miqdorini oshirdilar. 2019- yilning boshida inflyatsiya bilan ta’sirlashuvsiz mahsulot hajmi bozorda ko‘payib ketdi. Bu yerda foiz darajalarni ko‘paytir- masdan inflyatsiya darajasini me’yorda ushlab turish markaziy banklarning mas’uliyatli ishidir, ammo iqtisodiy o‘sishga bu salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Jahondagi tannazzul dunyoning yana boshqa masalalarida global mumammolarni yuzaga chiqardi. Allaqachon to‘lib toshgan globusdagi har yili o‘rtacha 80 millionga ko‘payib borayotgan dunyo aholisi endi ishsizlik, ekologiya muhitining yomonlashuvi, zararli chiqindilarni yo‘qotish muammosi,
epidemiya, ichimlik suvining tanqisligi, ochlik, dengiz baliqchi- ligining belgilangan me’yordan ortiq rivojlanishi, daraxtzorlarning kamayishi, cho‘llashish hamda qayta tiklanmaydigan resurslarga nisbatan iste’molning ko‘pligi kabi muammolarga duch kelmoqda. Iqtisodiy-siyosiy boshqaruv organi bo‘lgan mahalliy hukumatlar esa halqaro emigratsiya, tovarlar oqimi, moliyaviy holat hamda texnologik o‘zgarishlarni boshqarolmay qoldilar. Davlat ichkarisi- dagi regional separatistik harakatlar kichik etnik va millatlararo kelishmovchiliklar ustidan boshqaruvni yo‘lga qo‘ya oldilar. Bunga ko‘pgina sobiq ittifoq davlatlari, sobiq Yugoslaviya, Hindiston, Iroq, Indoneziya va Kanada davlatlari misol bo‘la oladi. Ammo, markaziy davlat boshqaruvlari asosan Yevropa Ittifoqida xalqaro miqyosidagi muammolarni hal qilish borasida o‘z kuch va mavqeylarini yo‘qotib bormoqdalar. G‘arbiy Yevropadagi 1999- yilda yagona umumiy valyuta yevroning joriy qilinishi aslida iqtisodiyotlarni umumlashtirish yo‘lida qilingan yangi qadam bo‘lsa-da ammo, bunga aloqador bo‘lgan yevro davlatlaridagi mahalliy daromad o‘sish darajalari, pul islohoti yo‘nalishlari hamda madaniy-siyosiy vaziyatlarning turlichaligi sababli iqtisodiy risk tobora ortib ketdi. G‘arb davlatlaridagi resurslarni tashkil qilish borasidagi ijtimoiy yordam masalaridagi murakkabliklar tufayli yangi ishchi o‘rinlarni barpo qilish uchun investitsiyalar sonini ko‘paytirish borasidagi mumammolar tug‘ildi. Natijada sanoatga yetarli ishchi kuchini tayyorlash uchun, mehnat resurslari sonini kambag‘al davlatlar ishchi kuchi hisobiga to‘ldira boshladilar. AQSHdagi 11-sentyabr voqeayasidan keyin iqtisodiyotdagi moli- yaviy riskning ortishi natijasida investorlar o‘zlarining pulla- rini antiterror dasturlari uchun emas, balki boshqa yo‘nalishlarga yo‘naltira boshladilar. Iroq va Afg‘onistondagi urushlar iqtisodiy investitsion loyihalarga o‘z tahlikasini o‘tkazdi. Lekin shunga qaramasdan hozirgi barcha jabhalardagi texnologik rivojlanishlar kengaydi. Bu masalan, qishloq xo‘jaligida, tibbiyotda, alternativ energiya resurslarini barpo qilishda, metallurgiya hamda transport sohasida ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, yaxshilangan global aloqa tarmoqlari xalqaro savdoda sarf-xarajatlarni qisqartirdi. Bunday qulayliklar mehnat resurslarining va mehnatni taqsimlashning global
mavqeyi oshishida qulaylik yaratmoqda. Mana shunday ko‘rsat- kichlar esa dunyo iqtisodiyotini qayta rivojlanish potensiyali hali yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Halqaro aloqalarning rivojida moliyaning roli uch yo‘nalishda namoyon bo‘ladi:

  1. Turli xil yo‘nalishdagi xalqaro hamkorlikni moliyalashtirish uchun kerakli manbalar qidirish va mobilizatsiyalash.

  2. Xalqaro integratsion jarayonlarni muvofiqlashtirish.

  3. Har qaysi halqaro munosabatlarning turi va bevosita ishtirokchilarini rivojlantirishga rag‘batlantirish.




  1. Download 0.5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling