Mavzu: moliyaviy bozor stavkalari reja: Foiz stavkalari va ularning turlari
Foizli stavkalarni tenglashtirish-boyicha
Download 424.33 Kb. Pdf ko'rish
|
favorite
Foizli stavkalarni tenglashtirish-boyicha foiz stavkalari bir xil bo‘lishiga olib
keladi. Faraz qilaylik, misol uchun bir yillik AQSh G‘aznachilik veksellari bo‘yicha bugungi kunda 4% to‘lamoqdalar. Boshqa ilg‘or moliya tashkilotlarining, misol uchun Jahon banki (World bank)ning dollarli qarz majburiyatlari bo‘yicha yillik foiz stavkalari (ushbu holatda ham to‘lolmaslik riski mutlaqo yo‘qligini hisobga olgan holda) qanaqa bo‘lishi mumkin?. Buning javobi quyidagicha bo‘lishi kerak: taxminan yillik 4%. Endi bunday javob qanday olinganini ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, Jahon banki jalb qilinayotgan mablag‘lar bo‘yicha 4%dan pastroq stavkani taklif qilmoqda. Ma’lumotlardan boxabar investorlar bunday stavka evaziga uning qimmatli qog‘ozlarini olmaydi, balki AQSh G‘aznachiligining bir yillik veksellarini sotib oladi. Agar Jahon banki o‘z obliga-tsiyalarini astoydil sotish niyatida bo‘lsa, kamida AQSh G‘aznachiligining stavkasini taklif qilishi kerak bo‘ladi .Jahon Banki 4%dan ancha yuqori bo‘lgan stavkani taklif etarmikan? Agar moliya-kredit muassasasi qarzlar bo‘yicha xarajatlarni imkon qadar kamaytirishni istasa (aslida moliya-kredit muassasalari barchasining maqsadi shu), u haqiqatda investorlarni jalb qilish uchun zarur bo‘lgan narsani taklif etadi. Demak, to‘lamaslik riskidan holi bo‘lgan, muddati bir yillik har qanday dollarli ssudalar va qarzlar ana o‘sha 4%ga, ya’ni bir yillik g‘aznachilik veksellari daromadliligi stavkasiga yaqinlashish tendensiyasiga ega. Agar tashkilotlar teng sharoitda har xil foizli stavkalarda pul olish yoki qarz berishga qodir bo‘lsalar, unda ular foizli arbitraj 61 (interest-rate arbitrage) bilan shug‘ullanishlari ma’lum bo‘ladi. Boshqacha aytganda, ular pulni pastroq foizli stavkada olib, yuqoriroq foizli stavkada qarzga beradilar. Tabiiyki, bunday harakatlar masshtabining kengayishi yana foizli stavkalarning tenglashishiga olib keladi. Jahon Banki 4%dan ancha yuqori bo‘lgan stavkani taklif etarmikan? Agar moliya-kredit muassasasi qarzlar bo‘yicha xarajatlarni imkon qadar kamaytirishni istasa (aslida moliya-kredit muassasalari barchasining maqsadi shu), u haqiqatda investorlarni jalb qilish uchun zarur bo‘lgan narsani taklif etadi. Demak, to‘lamaslik riskidan holi bo‘lgan, muddati bir yillik har qanday dollarli ssudalar va qarzlar ana o‘sha 4%ga, ya’ni bir yillik g‘aznachilik veksellari daromadliligi stavkasiga yaqinlashish tendensiyasiga ega. Agar tashkilotlar teng sharoitda har xil foizli stavkalarda pul olish yoki qarz berishga qodir bo‘lsalar, unda ular foizli arbitraj 61 (interest-rate arbitrage) bilan shug‘ullanishlari ma’lum bo‘ladi. Boshqacha aytganda, ular pulni pastroq foizli stavkada olib, yuqoriroq foizli stavkada qarzga beradilar. Tabiiyki, bunday harakatlar masshtabining kengayishi yana foizli stavkalarning tenglashishiga olib keladi. Download 424.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling