Qo‘yilgan kapital bo‘yicha daromadlilik stavkasining noaniqlik darajasi
yuqoriligini ko‘rsatuvchi juda ko‘p sabablar mavjud. Masalan, hosilga oldindan
bilib bo‘lmaydigan ob-havo sharoiti ta’siri; shaxta va quduqlarning taxmin
qilinganidek resurslarga boy bo‘lmasligi; mashinalarning vaqt-vaqti bilan eskirishi
va buzilishi; mahsulotga talabning iste’molchilar ta’bi yoki alternativ tovarlarning
paydo bo‘lishi tufayli kutilmaganda o‘zgarishi; yana ustiga-ustak, yangi
bilimlarning rivojlanishi oqibati sifatidagi texnik taraqqiyotni o‘z tabiatiga ko‘ra
mutlaqo oldindan bilib bo‘lmaydi.
Odamlarning vaqtinchalik nimanidir afzal ko‘rishi (nimagadir ustuvorlik
berishi).
Daromadlilik
stavkalari
darajasiga
ta’sir
qiluvchi
keyingi
omil
inson
psixologiyasidir. Odamlar, odatda hayotning hamma ne’matlaridan ertaga emas,
aynan bugun foydalanishni afzal ko‘radilar. Iqtisodchilar ko‘pincha mablag‘larni
kiritish mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari bo‘lmagan taqdirda ham foiz
stavkasi ijobiy bo‘ladi, shuningdek, odamlarning pul berish va qarz olishlari uchun
yagona sabab ularning umri davomida xohish-istaklarining doimo o‘zgarib
turishidir, degan taxmindan kelib chiqib ish ko‘radilar. Umuman olganda, odamlar
tovar va xizmatlarni ertaga qoldirmasdan bugun iste’mol qilishni qanchalik ko‘p
afzal ko‘rsa, iqtisodiyotda foiz stavkasi shuncha yuqori bo‘ladi.
Riskni
Do'stlaringiz bilan baham: