Mavzu: moliyaviy bozor stavkalari reja: Foiz stavkalari va ularning turlari


Inflyasiya va real foiz stavkalari


Download 424.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana09.04.2023
Hajmi424.33 Kb.
#1346427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
favorite

Inflyasiya va real foiz stavkalari
AQSH G‘aznachiligi tomonidan
I Bond obligatsiyalarini chiqarishning
qanday sababi bor?
AQSH G‘aznachiligi amerikaliklarning kelajak uchun omonat (jam-g‘arma)
qilishlarini rag‘batlantirish uchun yangi turdagi obligatsiyalarni chiqardi.
G‘aznachilik investorlarga har yarim yilda narxlar o‘sishini hisobga olgan holda
to‘g‘rilanadigan belgilangan foiz stavkali obligatsiyalarni taklif qiladi. Bu esa
qo‘yilgan mablag‘larning xarid qobiliyatini himoya qiladi.
I Bond obligatsiyalari bo‘yicha daromadlilik stavkasi qanday belgi-lanadi?.


I Bond obligatsiyalari bo‘yicha daromadlilik stavkasi ikki alohida stavkalarning:
belgilangan daromadlilik stavkasi va yarim yillik inflyasiyaga teng o‘zgaruvchi
stavka kombinatsiyasidan iborat. Belgilangan stavka obligatsiyaning muomalada
bo‘lgan
davrida
o‘zgarishsiz
bo‘ladi.
Inflyasiya
darajasiga
bog‘langan
o‘zgaruvchan stavka esa har 6 oyda o‘zgarishi mumkin. 6 oylik inflyasiya darajasi
hamda I Bond bo‘yicha belgilangan stavkaning yig‘indisi ushbu obligatsiyalar
bo‘yicha daromadlilik stavkasi keyingi 6 oy davomida qanday bo‘lishini ko‘rsatadi.
I Bond obligatsiyalarining boshqa o‘ziga xos xususiyatlari qanday?
I Bond obligatsiyalari omonat o‘lchamining juda keng doirasiga ega; Siz ularga
jami 50 dollar yoki yiliga 30 000 dollar investitsiya qili-shingiz mumkin;
I Bond obligatsiyalari ishonchlidir, zero, ular G‘aznachilikning qimmatli
qog‘ozlari hisoblanib, AQSH hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va
kafolatlanadi;
I Bond obligatsiyalari soliq afzalliklariga ega. Siz o‘z daromad-laringizdan soliq
to‘lash muhlatini 30 yilga uzaytirishingiz mum-kin, va bundan tashqari, bu
obligatsiyalar ma’muriy hudud (shtat)lar va mahalliy daromad solig‘ini to‘lashdan
ozod etilgan;
I Bond obligatsiyalarining bahosi, to‘g‘risini aytganda, har oy oshib boradi,
foizlari esa har yarim yillikda hisoblanadi;
I Bond obligatsiyalari likvidli hisoblanadi. Ularni sotib yuborish va olti oy
o‘tganidan so‘ng xoxlagan paytda naqdga aylantirish mumkin.
Endi inflyasiya sur’atini hisobga olgan holda indekslangan (TIPS) obligatsiyalar
qanday faoliyat ko‘rsatayotganligini yaxshiroq tushunish uchun, keling, qoplash
muddati 1 yillik bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, ular
bo‘yicha real kafolatlangan yillik 3%lik foiz stavkasi taklif qilinmoqda.
Daromadlilikning dollarli nominal stavka-sini, u inflyasiya sur’atiga bog‘liq
bo‘lganligi sababli, oldindan aniq aytib berishning iloji yo‘q. Agar inflyasiya
darajasi atigi 2% bo‘lsa, unda daromadlilikning yakuniy dollarli nominal stavkasi
5% atrofini tashkil etadi; 10%lik inflyasiya darajasida esa daromadlilikning dollarli
nomi-nal stavkasi 13%gacha oshadi.

Download 424.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling