Mavzu: Moliyaviy hisobotda noaniqliklar aniqlanganda auditorlik tashkilotining ish tutishi Reja


Download 34.27 Kb.
bet2/3
Sana13.01.2023
Hajmi34.27 Kb.
#1090725
1   2   3
Bog'liq
audit

Auditorlik hisobotining mohiyati

Auditorlik firmasi o‘tkazilgan tekshiruv natijasi yuzasidan mijozga yozma ko‘rinishdagi hisobot taqdim etadi. Tekshiruvni o‘tkazish jarayonida esa auditorlik firmasi oraliq hisobotlarni yozma yoki og‘zaki ko‘rinishda rahbariyatga berishi mumkin. Bu ishchi qog‘ozlar auditorlik hisoboti deb nomlanadi. «Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi auditorlik xulosasi» nomli № 70 AFMS (O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 10. 03. 2001 yil № 1016 son bilan ro'yxatga olingan) ning 3 bandiga ko‘ra auditorlik hisoboti — xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari, mulkdori, ishtirokchilari (aksiyadorlari) umumiy yig‘ilishiga taqdim etiladigan, auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartiblardan chetga chiqilgan hollari, moliyaviy hisobotlardagi qoidabuzarliklar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar, shuningdek, auditorlik tekshiruvini o‘tkazish natijasida olingan va auditorlik xulosasini tuzish uchun asos hisoblangan boshqa axborotlardan iborat bo‘lgan hujjat. Auditor hisobotidagi ma’lumotlar mijoz rahbariyati uchun buxgalteriya hujjatlarida, ichki nazorat tizimida mavjud bo'lgan va moliyaviy hisobotlarda noto‘g‘ri ma’lumotlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi kamchiliklarni o‘rganish imkonini beradi. Shuningdek, hisobotda korxonaning buxgalteriya va ichki nazorat tizimida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy takliflar ham keltiriladi. Auditorlik hisobotida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
a) nomi («Auditorlik hisoboti» yoki «Auditorlik tashkilotining hisoboti»: ikkala nom bir xil kuchga ega);
b) adresat nomi;
v) kirish qismi;
g) tahliliy qism;
d) yakuniy qism.
Auditorlik hisobotining har bir sahifasiga moliyaviy hisobotning auditorlik tekshiruvini amalga oshirgan auditor (auditorlar) imzo chekishi shart. Auditorlik hisoboti buyurtmachining barcha zaruriy rekvizitlari ko‘rsatilgan holda auditorlik tekshiruvi buyurtmachisiga yuboriladi. Auditor mijoz moliyaviy hisobotida muhim kamchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin bo'lgan yoki keltirgan barcha xatoliklar, kamchiliklarni mijoz rahbariyatiga to‘liq bayon etishi lozim. Ammo auditor hisoboti mijoz korxonaning buxgalteriya tizimidagi barcha xatoliklarni aks ettirmaydi Bu hisobotda faqatgina auditor tomonidan tekshiruv davomida aniqlangan xatolardagina ko‘rsatiladi. Auditorning tekshiruv davomida barcha uslublarni samarali qo'llamaganligi sababli ba’zi kamchiliklar, xatoliklar aniqlanmay qolgan bo‘lishi mumkin.
Auditorlik hisoboti quyidagi qismlardan iborat bo’ladi:
- kirish qism;
- tahliliy qism;
- yakuniy qism.
Auditorlik hisobotining kirish qismida auditorlik tashkiloti rekvizitlari, shu jumladan auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasining raqami va sanasi, auditorlar va auditorlik tekshiruvida qatnashgan boshqa shaxslar to’g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun asos va xo‘jalik yurituvclii subyekt faoliyatining umumiy tavsifi keltiriladi. Auditorlik hisobotining tahliliy qismida AFMS ga havola qilinib, quyidagilar bo'lishi shart:
- xo‘jalik yurituvchi subyekt ichki nazoratning holatini tekshirish natijalari (batafsil bayoni);
- buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot holatini tekshirish natijalari;
- moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish paytida qonunchilik talablariga rioya etilishini tekshirish natijalari;
- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash hamda to’lashning to‘g‘riligini tekshirish natijalari;
- aktivlarining butligini tekshirish natijalari.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt ichki nazoratining holatini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi axborot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
-ichki nazorat tizimi xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati miqyoslari va xususiyatiga muvofiqligi umumiy bahosi;
-auditorlik tekshiruvi mobaynida aniqlangan, ichki nazorat tizimi xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining miqyoslari va xususiyatiga jiddiy mos kelmasliklari bayoni
Xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisoboti holatini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi axborot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
-buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini baholash;
-auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashning belgilangan tartibini jiddiy buzishlar bayoni.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirish paytida qonunlarga rioya etilishini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi axborot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
-xo‘jalik yurituvchi subyekt amalga oshirgan moliya-xo‘jalik operatsiyalarining qonunchilikka muvofiqligini baholash;
-auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan, xo‘jalik yurituvchi subyekt amalga oshirgan moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining qonunchilikka jiddiy mos kelmasliklari bayoni
Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni hisoblash va to'lashning to‘g‘riligini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi axborot quyidagilami o‘z ichiga olishi kerak:
-tuzilgan va tegishli organlarga taqdim etilgan, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘riligining bahosi;
- soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash va to’lashning belgilangan tartibini buzish faktlari, soliqqa tortiladigan bazani belgilash paytidagi chetga chiqishlar bayoni.
Aktivlar butligini tekshirish natijalari aktivlar inventarizatsiyasiga asoslanishi va o‘z ichiga ularning haqiqatda mavjudligi va butligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishi kerak. Auditorlik hisobotining yakuniy qismi auditorlik tashkilotining aniqlangan chetga chiqishlar va qoida buzilishlarini bartaraf etishga doir tavsiyalarini, shuningdek, xo'jalik yurituvclii subyektning moliya-xo'jalik faoliyati samaradorligini oshirishga doir takliflari va maslahatlarini o‘z ichiga olishi kerak. Auditorlik hisoboti butun tekshiruv davomida tayyorlanadi va tekshiruv yakunida mijoz rahbariyatiga beriladi. Auditorlik hisoboti maxfiy hujjat hisoblanadi va faqatgina quyidagi shaxslarga taqdim etilishi mumkin:
- audit tekshiruvmi o‘tkazish uchun shartnomani imzolagan shaxsga;
- audit tekshiruvini o‘tkazish yuzasidan tuzilgan shartnomada auditor hisobotini oluvchi sifatida ko'rsatilgan shaxsga.
Auditor hisobotining alohida masalalari mijoz bilan og'zaki tarzda yoki yozma xatlar almashishi orqali muhokama qilinishi, muammolar hal etilishi mumkin. Misol uchun, agar audit tekshiruvi davomida auditor uchun barcha zaruriy hujjatlar taqdim etilmasa, bu holat mijozga auditor tomonidan darhol ma’lum qilinishi kerak. Chunki auditor bu muammoni faqatgina auditor hisoboti tayyorlangan davrda, ya’ni audit tekshiruvi yakunida ma'lum qilsa, mijoz bu muammoni ijobiy hal ctishi mumkin, ammo auditor butun tekshiruvni takroran o‘tkazishi va ko'pgina ishchi qog'ozlarni qaytadan tuzishi zarur bo'ladi. Aksincha, audit tekshiruvi davomida bu tur muammolar ma’lum etilgan taqdirda ham mijoz bu masalani ijobiy hal etmasa, auditor bu masalani o‘z hisoboti va xulosasida ko'rsatishi kerak. Audit tekshiruvining yakunida mijoz iltimosiga ko'ra auditor tomonidan dastlabki ko‘rinishdagi auditorlik hisoboti ham tayyorlanishi mumkin. Ammo bu hujjat faqatgina auditorlik hisobotining yakuniy shaklini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxsga beriladi. Auditorlik hisobotida buxgalteriya tizimida ma’lum kamchiliklar, xatoliklar bayon etilgan bo‘lsa mijoz rahbariyati:
- auditor nomiga yozma tushuntirish xati tayyorlashi va unda auditorning ko‘rsatmalariga, aniqlangan kamchiliklarga nisbatan korxona fikrini bayon etishi mumkin;
- tekshiruv olib borgan auditorlar bilan shaxsan uchrashishi va korxona tomonidan auditor ko‘rsatgan kamchiliklar uchun mas’ul deb hisoblagan shaxslarni ham taklif etishi mumkin. Shu yo‘lda moliyaviy hisobotlardagi kamchiliklar muhokama qilinishi va bartaraf etilishi mumkin. Auditorlik hisobotining yakuniy shakli mijozga auditorlik xulosasidan oldin yoki u bilan birga berilishi mumkin. Ammo, hisobot xulosadan keyin berilmaydi. Auditorlik firmasi yakuniy hisobotida dastlabki hisobotida ko'rsatilgan kamchiliklarning to‘g‘rilanganini ham bayon etishi mumkin. Ammo, dastlabki hisobotda ko‘rsatilgan kamchiliklarga mijoz tomonidan e’tibor berilmasa, auditor bu kamchiliklarni yakuniy auditorlik hisoboti va xulosasida ham ko‘rsatishi shart. Mijoz auditor hisobotida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etishga va moliyaviy hisobotlarga tegishli tuzatishlar kiritishga qaror qilishi mumkin. Ammo auditor hisobotida faqatgina mohyaviy hisobotlarga kiritilishi lozim bo‘lgan yakuniy summalar ko'rsatiladi. Mijoz moliyaviy hisobotlardagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun shu summalarni faqatgina moliyaviy hisobot shakllariga kiritishi yetarli emas. Auditor o‘z hisobotida ko‘rsatilgan kamchiliklar faqatgina moliyaviy hisobotlarga emas, balki butun buxgalteriya tizimiga kritilganda, misol uchun, kiritilgan tuzatishlar bo‘yicha buxgalteriya ma’lumotnomalari tayyorlanganda, buxgalteriya yozuvlari amalga oshirilgan, yangi registrlar tuzilgan va yangi moliyaviy hisobotlar tayyorlangandagina kamchiliklar bartaraf etilgan deb hisoblaydi. Shu sabab, mijoz auditor ko'rsatgan kamchiliklarning bartaraf etilganini isbotlash uchun faqatgina to‘g‘rilangan moliyaviy hisobotlarni emas, balki shu hisobotlarni tayyorlash uchun asos bo'lgan tegishli qaydnomalar, registrlar va to‘g‘rilovchi buxgalteriya yozuvlarini ham ko'rsatishi shart. Agar mijoz auditor ko‘rsatgan kamchiliklarni auditorlik xulosasi tayyorlanib, tashqi foydalanuvchilarga taqdim etilgunga qadar bartaraf etsa, auditorlik xulosasida bu kamchiliklar tilga olinmasligi lozim. Aks holda auditor ijobiy auditorlik xulosasidan boshqa shakldagi xulosani berishi kerak.

Download 34.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling