Mavzu: Moliyaviy menejment xizmatlari mohiyati, ahamiyati va turlari Reja


Download 33.5 Kb.
Sana14.02.2023
Hajmi33.5 Kb.
#1198514
Bog'liq
Moliyaviy menejment xizmatlari mohiyati, ahamiyati va turlari


Mavzu: Moliyaviy menejment xizmatlari mohiyati, ahamiyati va turlari


Reja:
1. Moliyaviy menejment xizmatlari mohiyati
2. Moliyaviy menejment xizmatlari ahamiyati
3. Moliyaviy menejment xizmatlar turlari

1.Moliyaviy menejment xizmatlari mohiyati


Moliyaviy menejmentning maqsadi, xo‘jaIik subyektining maqsadlari va iqtisodiy strategiyalaridan kelib chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, moliyaviy menejmentning maqsadi korxonaning maqsadlari bilan to‘g‘ri kelishi mumkin. Korxonaning uzoq muddatga belgilangan strategik maqsadlarini amalga oshirish va ularning xo‘jaiik-moliyaviy faoliyatini rivojlantirish, bankrotlikni va yirik moliyaviy yo‘qotishlarni oldini olish, keskin raqobat muhitida bozorda o‘z o‘rniga va raqobatchilar orasida ma’lum ustunlikka ega bo‘lish, harajatlarni optimallashtirish, ishlab chiqarish va sotish xajmini unga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarni inobatga olgan holda bosqichma-bosqich oshirib borish hisobiga foydani ko‘paytirish va pirovardida korxonaning ta’sischilari, manfaatdor shaxslar va mulkdorlar daromadlarini ko‘paytirish, moliyaviy menejmentning asosiy maqsadlarini ifodalaydi. Hozirgi kunda moliyaviy menejment maqsadlarining eng muhimlari qaysilar degan savolga, iqtisodchi olimlar tomonidan turli qarashlar mavjud. Ko‘plab xorijiy adabiyotlarda korxonalarda moliyaviy menejmentning maqsadlarini quyidagi ueh guruhga ajratiladi: - foydani maksimallashtirish va korxona egalarining moliyaviy talablarini qondirish; - moliyaviy barqarorlikni ta’miniash; - mahsulot va xizmatlar realizatsiyasini maksimallashtirish (ya’ni, korxonaning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish xajmini oshirish). Kompaniyalarning o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlariga erishish ko‘p jihatdan moliyaviy menejerni boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri va aniq qabul qilishiga bog‘liqdir.

2.Moliyaviy menejment xizmatlari ahamiyati


Korxonalarda moliyaviy menejment tizimi bevosita moliyaviy menejerning funksiyalari va amalga oshiradigan vazifalari, bajaradigan ishlariga bog'liq holda tashkil qilinadi. Korxonalarda moliyaviy menejmentni tashkil etish jarayoni yoki ularning moliyasini boshqarish tizimi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmi yoki operatsiyalar ko‘lami, mulchilik shakli va faoliyat turining xilma xilligiga bog‘liq holda shunchalik murakkab tuzilishga ega bo‘lishi mumkin. Albatta, har bir korxonaning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda unda moliyaviy menejmentning o‘rni, roli va tashkil qilish shartlari o ‘ziga mos holda farqlanadi. Korxonalarda moliyaviy menejment tizimini tashkil etishda xususan, moliyaviy resurslarni tashkil qilish va boshqa manbalar hisobiga moliyalashtirish shartlari, ularni taqsimlash usuli (metodi) va yo‘nalishlari, asosan quyidagi jihatlarga bog‘liq holda farqlanishi mumkin bo‘ladi: - x o ‘jalik-moliyaviy faoliyatining ko‘lami yoki xajmi; -korxonalar rivojlanish siklining bosqichlari; - biznesni yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllari va boshqalar. Amalga oshiriladigan faoliyat ko‘lamini (ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilingan mahsulotlar xajmi, kapital qo‘yilmalar, ishchi xodimlar soni va shu kabilar) inobatgan olgan holda korxonalami quyidagi uch guruhga ajratish mumkin: yirik, o‘rta va kichik. Korxonalaming ushbu guruxning qay biriga mansubligi hamda ularning xajmi, bevosita moliyaviy resurslarga bo‘lgan extiyojining miqdori va moliyaviy faoliyat turlarining xilma-xilliga ham, moliyaviy boshqaruvning amalga oshirish tizimini tashkil qilishga, hamda uning ixtisoslashtirish darajasiga ham ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni korxonalaming xajmiy nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda ularda moliyaviy boshqamv tizimi va funksiyalari, moliyaviy operatsiyalar turlari va ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kerakli moliyaviy resurslarning miqdori belgilanadi. Korxonalar o‘zlarining butun faoliyati davomida bir qancha taraqqiyot jarayonlari yoki rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tadi. Rivojlanishning yoki taraqqiy etishning ushbu bosqichlarini falsafiy nuqtai nazardan insonning tug‘ilgandan to keksalikkacha bo‘lgan davriy hayotiy bosqichlariga ham qiyoslasa bo‘ladi. Korxonalar rivojlanish bosqichlarini quyidagicha atash mumkin: «tug‘ilish», «ulg‘ayish», «mustaqil davri», «keksayish». Korxonalaming har bir rivojlanish bosqichida ular faoliyatlarini moliyalashtirishga bo‘lgan extiyoji, kapitalni jalb qilish imkoniyatlari, amalga oshirilayotgan faoliyatlarida yoki operatsiyalarida risklarni darajalari, moliyaviy munosabatlarda ishtirokchi subyektlaming soni, investitsion faoliyatlami amalga oshirish imkoniyatlari, byudjet va boshqa moliya muassalari oldidagi majburiyatlari, ularning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari va boshqalar turlicha bo‘ladi. Korxonalaming dastlabki «tug‘ilish», «ulg‘ayish» bosqichlarida ularda moliyaviy resurslarga bo‘lgan talab darajasi nisbatan yuqori bo‘ladi. Bunday turdagi korxonalar moliyaviy mablaglarni jalb qilish borasida agressiv moliyaviy siyosatni amalga oshiradilar, olingan daromadlarni barchasini xo‘jalik faoliyatini reinvestitsiyalashga yo'naltirishi yoki uning ko‘p qismini qaytadan biznesga sarflashlari mumkin bo‘ladi. Korxonalaming dastlabki rivojlanishi davrida bunday holatlaming kuzatilishi tabiiy hisoblanadi, chunki ular kelgusida o‘zlarining moliyaviy imkoniyatlarini mustahkamlash va to‘lovga qobillik ko‘rsatkichlarini oshirish, istiqboldagi ustuvor vazifalami amalga oshirish uchun moliyaviy zamin yaratishga asosiy e'tiborni qaratadi. Bunday holatlarlarni korxonalaming keyingi («mustaqil davri», «keksayish») rivojlanish davrlarida kuzatadigan bo‘lsak, ularning moliyaviy resurslarga bo‘lgan talab darajasi ma’lum ma’noda muvofiqlashadi, olingan daromadlar nafaqat xo‘jalik faoliyatni qayta moliyalash va tartibga solishga yo'naltiriladi balki turli investitson loyihalarni amalga oshirish, faoliyat turlarini diversifikatsiyalash va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishga sarflanadi hamda ushbu jarayonlami moliyalashtirishning aksariyat qismi o‘z manbalari hisobiga ta’minlanadi. Korxonalar moliyasini yanada samarali boshqarish va tashkil qilish, ularda moliyaviy menejment tizimini to‘g"ri yo‘Iga qo‘yishning asosiy talablaridan biri ham, korxonalaming har bir rivojlanish bosqichini asosiy jihatlari, xususiyatlarini hisobga olish va mukammal o‘rganish hisoblanadi.
3.Moliyaviy menejment xizmatlar turlari
Korxonalarda moliyaviy menejmentni tashkil etishda asosiy e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan yana bir jihat ularning tashkiliyhuquqiy shakllari hisoblanadi. Bizga ma’lumki, korxonalaming xo'jalik faoliyati yoki tadbirkorlik faoliyat ma’lum bir tashkiliyhuquqiy shaklga asoslangan holda amalga oshiriladi. Xorijiy va milliy amaliyotdagi mavjud barcha korxonalaming mulkchilik va tashkiliy shakllari hamda biznes yuritishning turli ko‘rinishlari mavjud, ularda ushbu jarayonlami amalga oshirilish tizimi, mulkiy egalik qilish va javobgarlik darajalari hamda boshqa jihatlari farqlansada, lekin ularning barchasi quyidagilardan biriga ta’luqli bo‘lishi mumkin: — yakka, yoki shaxsiy egalik (sole proprietorship); — sheriklik, yoki hamkorlik (partnership); — aksiyadorlik jamiyati, yoki korporatsiya (corporation). Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar o‘z!arining moliyaviy siyosatidan kelib chiqqan holda ularning qanday tashkiliy-huquqiy shaklda faoliyat olib borishlarini belgilaydilar. Iqtisodiy nuqtayi nazardan, tadbirkorlik faoliyatini vuritishning yuridik shakllari o ‘rtasidagi asosiy farqlar bo4ib quyidagilar hisoblanadi: — daromadlarning taqsimlanishi; — majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik; — risklarning taqsimlanishi; -- tadbirkorlik faoliyati yoki xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish; — mulkiy huquqlami boshqa tomonga o‘tkazish; — moliyaviy resurslarni jalb qilish imkoniyatlari. Shaxsiy egalik, o‘z nomidan kelib chiqqan holda, bir kishining shaxsiy mulkka egaligi hisoblanadi. Bunday firma, korxonalaming aktivlari majburiyatlari va daromadlari uning egasini aktivlari, majburiyatlari va daromadlari hisoblanadi. Moliyalashtirish firma egasining o‘z mablag‘lari hisobiga y,oki uchinchi shaxsdan olingan qarz (zaym) mablag‘lari hisobigaamalga oshirilishi mumkin. Firma, korxonaning egasi barcha majburiyatlari bo‘yicha shaxsan o‘zi, mavjud moliyaviy va moddiy resurslari, mulklari orqali javob beradi, faoliyat natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zarar tavakkalchiligini o‘z zimmasiga oladi, ya’ni uning javobgarlik darajasi chegaralanmagan. Hamkorlik asosida tashkiliy tuzilishga ega korxonalar shaxsiy egalik shakliga asoslangan korxonalardan, ularda mulkdorlaming ya’ni korxona egalarining son jihatdan ko‘pligi bilan farqlanadi. Sherikchilikni moliyalashtirish jarayoni sheriklaming o‘z mablag’- lari hisobiga yoki qarz mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Burxanov A.U., Hamdamov O.N. Moliyaviy menejment. Darslik. – T.:”Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”, – 2020, 468 bet.


2.Toshmurodova B.E., Elmirzayev S.E., Tursunova N.R. Moliyaviy menejment. Darslik. – T.: “Iqtisod-moliya”, 2017. - 350 bet.
2.A.G.IBRAGIMOV, Z.R.MADAMINOVA, M.E. RAXMATALIYEV “MOLIYAVIY MENEJMENT“ TOSHKENT - 2016
3. http/staff. tiame.uz
Download 33.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling