Mavzu: moliyaviy natijalar hisobi


Download 92.08 Kb.
bet1/7
Sana18.11.2023
Hajmi92.08 Kb.
#1784548
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu moliyaviy natijalar hisobi-fayllar.org


Mavzu: moliyaviy natijalar hisobi

Mavzu: MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI
Reja:
Kirish.
Asosiy qism:
  1. Moliyaviy natijalar hisobining maqsadi hamda vazifalari.


  2. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) hisobi.


  3. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar hisobi.


  4. Davr xarajatlari hisobi.


  5. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar hisobi.


  6. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar hisobi.


  7. Favqulodda foyda va zararlar hisobi.


  8. Yakuniy moliyaviy natija hisobi.


  9. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot: Milliy va xalqaro tajriba haqida maqola.


Xulosa.

  1. Iqtisodiyotni modemizatsiya qilish sharoitida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa faoliyatlaming natijasi sifatida foyda olish asosiy maqsad hisoblanadi. Foyda olishga intilish tovar ishlabchiqaruvchilami mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini oshirishga, ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlami kamaytirishga undaydi. Foyda olishni ko‘paytirish jamiyat manfaatiga ham mos keladi. O‘zbekiston Respublikasi “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos”ga ko‘ra, moliyaviy natijalar - subyektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir, yoki boshqacha qilib aytganda, moliyaviy natijalar - bu xo‘jalik subyektining ma’lum hisobot davrida tadbirkorlik faoliyati jarayonida o‘ziga qarashli mablag‘ning oshishi yoki kamayishidir122. Bunday faoliyat natijasi hisobot davridagi barcha foydalar va zararlami hisoblash y o ii bilan aniqlanadi. Yuqoridagi ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, moliyaviy natijalami aniqlash uchun ma’lum bir davrdagi olingan daromadlar bilan qilingan xarajatlami taqqoslash, ya’ni olingan daromadlardan qilingan xarajatlami ayirish lozim. Moliyaviy natijalar ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Ijobiy moliyaviy natijada olingan daromad qilingan xarajat summadan yuqori bo‘ladi va uni foyda sifatida tan olinadi. Moliyaviy natijada qilingan xarajat olingan daromad summasidan ortib ketsa, u zarar hisoblanadi. Xo‘jalik subyektining olgan foydasi qancha ko‘p bo‘lsa, mulk egasi har bir xodimni shuncha ko‘p rag‘batlantirishga, uni

Har tomonlama kengaytirishga, takror ishlab chiqarish fondlari mablag‘ini ko‘paytirishga imkoniyati tug‘iladi. Bundan jamiyat ham manfaatdor, zero xo‘jalikining olgan foydasi qancha ko‘p boisa foydadan davlat byudjetiga toianadigan soliq ham shuncha ko‘p boiadi. Bizning fikrimizcha, foyda qilingan mehnatning xarakteridan qat’iy nazar ishlab chiqarish yoki savdo sohasida yoxud unda band boigan xodimlar mehnati natijasida yaratiladi. Foydaning mohiyati xususida gap ketganda uning turlarini ham yodda tutmoq kerak. Bular tarkibiga tovarlami sotishdan tushgan yalpi foyda, asosiy savdo faoliyati foydasi, umumxo‘jalik foydasi, tasodifiy foyda, soliq toiagunga qadar foyda, sof foyda, taqsimlanmagan foyda kabilami kiritish mumkin. Ana shu foydaning turlari asosida qanday qilib jamiyat, mehnat jamoasi va har bir xodimning iqtisodiy manfaatlarining mushtarakligini ta’minlash muammosi ham ko‘ndalang turibdi. Iqtisodiyotni modemizatsiyalash sharoitida foydani taqsimlashda iqtisodiy jihatdan asoslangan tartibni qoilash avvalambor uning bajaradigan funksiyalarini chuqur va har tomonlama bilishga bogiiq. Foyda ko‘rsatkichining xo‘jalik yurituvchi subyektlaming moliya-xo‘jalik faoliyatini baholovchi sintetik ko‘rsatkichi fimksiyasi xususida quyidagilami aytish mumkin. Masalan, xo‘jalik subyektlari ixtiyorida qolgan sof foyda tarkibida mahsulotlami sotish bilan bogiiq bevosita va bilvosita xarajatlar, asosiy faoliyatning boshqa daromadlari va xarajatlari, moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va xarajatlar qoldigi, tasodifiy foyda va zararlar qoldigi o‘z aksini topadi. Shu bois, ikki avtonom tushuncha boimish daromad bilan foydani bir-biriga o‘xshatish mumkin emas. Daromad ancha kengroq iqtisodiy kategoriya hisoblanib, u tovar aylanmasi qiymatiga yaqin turadi. Fikrimizcha, “Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida...”gi nizom123 asosida foydaning har bir turi bajaradigan funksiyasini ko‘rsatish kerak. Masalan, mahsulot (tovar, ish, xizmat)lami sotishdan tushgan yalpi daromadning bajaradigan funksiyasi orqali mahsulotlaming shartnoma bahosiga nisbatan qo‘yiladigan ustama baho darajasini o‘zgarishini nazorat qilishimiz mumkin. Fermerlaming asosiy faoliyatdan olgan foydasi (operatsion foyda) bajaradigan funksiyasi orqali mahsulot (ish, xizmat)lami sotishdan tushgan foyda miqdorini, davr xarajatlarining, boshqa operatsion daromadlar va xarajatlaming o‘zgarishini nazorat qilish imkoni tug‘iladi. Fermer xo‘jaliklarining umumxo‘jalik faoliyatidan ko‘rilgan foydasi funksiyasi orqali moliyaviy faoliyatdan yuzaga keladigan foyda (zarar) o‘zgarishi ustidan nazorat o‘matishimiz mumkin. Shunday qilib foyda olish har qanday iqtisodiy formatsiyaning pirovard natijasi ekan. Shu bois har bir xodimning foyda olishga bo‘lgan manfaatdorligi obyektiv zaruriyat hisoblanadi. Iqtisodiyotni modemizatsiyalash sharoitida foydaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, shakllanishi va taqsimlanishi xususida o‘z yechimini kutayotgan muammolar talaygina ekan.



Agar korxona o‘z faoliyatini zarar bilan yakunlasa moliyaviy holati yomonlashib, korxona inqirozga yuz tutishi mumkin. Zarar - bu xarajatlaming daromadlarga nisbatan o‘sishi. Zarar - bu xarajatlaming daromadlardan oshishidir, natijada kapitalning kamayishi vujudga keladi. Demak, zaraming oldini olish uchun xarajatlaming daromadlar oshishiga y o i qo‘ymaslik kerak. Asosiy faoliyat daromadi asosan mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushgan tushum va operatsion daromadlardan tashkil topadi.
Asosiy faoliyat daromadining keyingi tarkibiy qismi — bu asosiy faoliyatning boshqa (operatsion) daromadlaridir. Bunga asosiy vositalar va boshqa mol-mulkni sotishdan tushgan daromad, undirilgan yoki qarzdorlar tomonidan e’tirof etilgan har xil jarimalar va vaqtida to‘lanmagan qarzlar, hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillar foydasi, da’vo Bildirish muddati o‘tgan kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar va xolisona moliyaviy yordamlar kabi moddalar kiradi.
Operatsion faoliyatdan olingan daromadlar - bu daromadlami ishlab chiqarish bilan bogiiq xarajatlar va xarajatlami kamaytiradigan daromadlar, imtiyozlar va chegirmalar hisobidan olinadigan barcha daromadlami o‘z ichiga oladi.
Asosiy faoliyat daromadi korxona yalpi daromadining salmoqli ulushini tashkil qilishi uning muhim ko‘rsatkichi sifatida xo‘jaligining kelgusida rivojlanish istiqbollarini belgilab beradi. Moliyaviy faoliyat daromadi tarkibini quyidagicha ko‘rsatish mumkin: dividendlar va boshqa korxonani tashkil qilishda ulushli qatnashishdan olingan daromadlar, qimmatli qog‘ozlar va qarz mablagiari bo‘yicha olingan daromadlar, valyuta va valyuta muomalalari bo‘yicha daromadlar, mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar, qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirilgan va boshqa moliyaviy mablagiami qayta baholashdan olingan daromadlar, olingan royalti, moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari.
Daromadlaming bunday guruhlanishi, xo‘jalik subyektining turli xil faoliyatidan olingan daromadlarini hisobotda alohida ko‘rsatish zarurati bilan izohlanadi. Bu korxona faoliyati bilan qiziquvchi tomonlar uchun zarur maiumotlami shakllantirish imkonini beradi. Favqulodda daromad (zarar) - xo‘jalik subyektining odatdagi
faoliyatidan aniq farq qiladigan, ya’ni tez-tez yoki muntazam sodir boimaydigan voqealar yoki bitimlar natijasida yuz bergan daromadlar yoki xarajatlar.
Korxona faoliyatining sof moliyaviy natijasini aniqlash uchun hisobot davrida qilingan barcha sarf va xarajatlar to‘g‘ri taqsimlanishi lozim.
Barcha xarajatlar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga va tannarxga kiritilmaydigan, ammo davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlarga boMinishi zarur.
Davr xarajatlari, soliq to‘laguncha bo‘lgan foydani hisoblashda inobatga olinadi. Bundan tashqari moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda moliyaviy faoliyat va favqulodda holat bo‘yicha xarajatlar ham alohida ko‘rsatiladi.
Xo‘jalik umumiy faoliyati - xo‘jalikning har qanday tadbirkorlik faoliyati
bo‘lib, uning oddiy faoliyati, shuningdek xo‘jalikning kelgusidagi taraqqiyotga, xo‘jalik yurituvchi subyekt iqtisodiy foydalami mustahkamlash va o‘stirishga qaratilgan faoliyatidan iborat.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning mohiyati shundan iboratki, u korxona faoliyati to‘g‘risidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlami shakllantirish bilan birgalikda uning samaradorligi va moliyaviy barqarorligini tavsiflash uchun zarur ma’lumotlarini ham o‘zida aks ettiradi. Moliyaviy natijalami aniqlash va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar berish moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilar uchun o‘ta
ahamiyatlidir. Shuning uchun ham har qanday tuzumda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik subyektlar o‘z faoliyatlarining moliyaviy natijalarini aniqlaydilar.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning moddalarini hamda barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunda bayon qilingan umumiy qoidalarga muvofiq ravishda hisobotni tuzish va taqdim etishlari uchun bu moliyaviy natijalami tasnif etishni bayon qilish uchun “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” nomli 3-son buxgalteriya hisobi milliy standard qabul qilingan. Bu esa turli davrlarga doir hisobot ma’lumotlarini boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlaming shunga o‘xshash hisoblari bilan qiyoslashni ta’minlaydi.
Moliyaviy ko‘rsatkichlar faoliyatning daromadlari va xarajatlarini operatsion va operatsion bo‘lmagan faoliyat orqali qanday amalga oshirishi haqida qisqacha ma’lumot beradi. Bundan tashqari, ma’lum bir hisobot davri mobaynida yuzaga kelgan aniq foyda yoki zarar, odatda moliyaviy chorak yoki yil davomida ko‘rsatadi.
Iqtisodiyotni modemizatsiya qilish sharoitida mamlakat rivojlanishining asosi, korxona faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichi –foyda hisoblanadi. Foyda xo‘jalik subyektining yashovchanligi manbaidir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalami shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning rasmdagi ko‘rsatkichlari bilan tasniflanadi.

Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi:


- mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi:

Download 92.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling