Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotni tuzish bo`yicha me’yoriy huquqiy hujjatlar.
Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotni tuzish bo`yicha “Buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi qonun, 4-sonli BHMS va boshqa qonun va qarorlarga asosan tuziladi. Xususan, “Buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi qonunning 22-moddasida moliyaviy hisobotga quyidagicha ta’rif berilgan: “Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi subyektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to`g‘risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir”1.
Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotni tuzish bo`yicha O`zbekiston Respublikasida 3-sonli “Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot” deb nomlangan BHMS ishlab chiqilgan. “Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) «Buxgalteriya hisobi to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasining Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va O`zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi bo`lib hisoblanadi. Mazkur standartning maqsadi bo`lib barcha xo`jalik yurituvchi subyektlar tomonidan «Buxgalteriya hisobi to`g'risida»gi Qonunda bayon qilingan umumiy qoidalarga muvofiq ravishda hisobotni tuzish va taqdim etishlari uchun moliyaviy natijalar to`g'risidagi hisobotning moddalarini hamda uning tasnifini bayon qilib berish hisoblanadi. Bu esa turli davrlarga doir hisobot ma'lumotlarini va boshqa xo`jalik yurituvchi subyektlarning aynan shunday hisobotlari bilan qiyoslashni ta'minlaydi.
Shuningdek, standart umumxo`jalik faoliyatdan va favqulodda vaziyatlardan, to`xtatilgan faoliyatdan olingan daromadlar va zararlar moddalarini, hamda hisob bahosidagi o`zgarishlarni, hisob siyosatidagi o`zgarishlarni va moliyaviy natijalar to`g'risidagi hisobotdagi muhim jiddiy xatolarni tuzatishlarni ham yoritib berish tartibini belgilaydi.
Mazkur standartning maqsadi bo`lib barcha xo`jalik yurituvchi subyektlar tomonidan «Buxgalteriya hisobi to`g`risida»gi Qonunda bayon qilingan umumiy qoidalarga muvofiq ravishda hisobotni tuzish va taqdim etishlari uchun moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotning moddalarini hamda uning tasnifini bayon qilib berish hisoblanadi. Bu esa turli davrlarga doir hisobot ma'lumotlarini va boshqa xo`jalik yurituvchi subyektlarning aynan shunday hisobotlari bilan qiyoslashni ta'minlaydi.
Shuningdek, standart umumxo`jalik (odatiy) faoliyatdan va favqulodda vaziyatlardan, to`xtatilgan faoliyatdan olingan daromadlar va zararlar moddalarini, hamda hisob bahosidagi o`zgarishlarni, hisob siyosatidagi o`zgarishlarni va moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotdagi muhim jiddiy xatolarni tuzatishlarni ham yoritib berish tartibini belgilaydi.
Ushbu BHMSning qo`llanilishi mulkchilik shaklidan qat'i nazar, barcha xo`jalik yurituvchi subyektlar tomonidan moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotlarni tayyorlashda qo`llaniladi.
Mazkur standartning maqsadi bo`lib barcha xo`jalik yurituvchi subyektlar tomonidan «Buxgalteriya hisobi to`g`risida»gi Qonunda bayon qilingan umumiy qoidalarga muvofiq ravishda hisobotni tuzish va taqdim etishlari uchun moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotning moddalarini hamda uning tasnifini bayon qilib berish hisoblanadi. Bu esa turli davrlarga doir hisobot ma'lumotlarini va boshqa xo`jalik yurituvchi subyektlarning aynan shunday hisobotlari bilan qiyoslashni ta'minlaydi.
Shuningdek, standart umumxo`jalik (odatiy) faoliyatdan va favqulodda vaziyatlardan, to`xtatilgan faoliyatdan olingan daromadlar va zararlar moddalarini, hamda hisob bahosidagi o`zgarishlarni, hisob siyosatidagi o`zgarishlarni va moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotdagi muhim jiddiy xatolarni tuzatishlarni ham yoritib berish tartibini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |