Mavzu: Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan metodlar. Reja


Download 35.32 Kb.
bet1/3
Sana21.06.2023
Hajmi35.32 Kb.
#1640225
  1   2   3
Bog'liq
Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan metodlar.


Mavzu: Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan metodlar.


Reja:


1. Moliyaviy nazoratning mohiyati va funksiyalari.
2. Moliyaviy nazoratni amalga oshirish prinsiplari.
3. Moliyaviy nazoratni amalga oshirishning shakllari va usullari.
Xulosa
Foydalanilgan internet saytlar


1. Moliyaviy nazoratning mohiyati va funksiyalari.
Moliyaning boshqa iqtisodiy kategoriyalardan uziga xosligi uning iqtisodiy kategoriya sifatida nazorat funksiyasini bajarishi hisoblanadi. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning instrumenti hisoblanuvchi moliya taqsimlash jarayonini obyektiv aksettirib beradi. Moliyaning nazorat funksiyasi markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini tashkil qilinishi va ulardan maqsadli foydalanish bo‘yicha YAIMni taqsimlanish jarayonida paydo buladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy nazorat ijtimoiy va xususiy takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz rivojlanishi, ilmiy texnik tarakkiyotni tezlashuvi, iqtisodiyotning barcha sohalarida sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilanishini ta’minlashga yo‘naltirilgandir. Moliyaviy nazorat ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini hamrab oladi. Chunki moliyaning taqsimlash obyekti YAIM hisoblanib YAIM umumity tarzda 2 qismdan tashkil topadi: Moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy ishlab chiqarish sohalari. Moliyaviy nazorat jamiyat iqtisodiyotidagi iqtisodiy samaradorlikni ra\batlantirish, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan okilona foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlarini imkoniyat darajasida iqtisod qilishga yo‘naltirilgan.
Moliyaviy nazoratning muhim vazifalaridan biri moliyaviy masalalar bo‘yicha qonunchilikka rioya qilish, xujalik subyektlarining budjet tizimi, kredit tizimi, soliq tizimi hamda korxona va tashkilotlar bilan zaro hisob kitoblar va tulovlar bo‘yicha uzaro moliyaviy majburiyatlarga aniq rioya qilishni tekshirish hisoblanadi.
Moliyaviy nazorat odatda 2 asosiy jihatlarda kurib o‘tiladi:
1) Barcha iqtisodiy subyektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy intizomga rioya qilishini nazorat qilish uchun tashkil qilingan maxsus nazorat organlarining faoliyati.
2)Moliyaviy operatsiyalarni maqsadga muvofikligi va samaradorligini ta’minlash maqsadidagi makro va mikrodarajalarda moliyaviy boshqaruv va pul okimlarini boshqarishning ajralmas elementi sifatida.
Ikkala jihati ham uzaro bo\liq bulib, ular uzlarining amalga oshirish maqsadlari, usullari va nazorat subyektlari bilangina farklanadilar. Agar birinchi jihatda nazoratning xukukiy va miqdoriy tomonlari hamrab olinsa ikkinchi holatda asosiy e’tibor moliyaviy nazoratning analitik tomonlariga karatiladi.
Iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazorat 2 uzaro amal kilvchi sohalarga bulinadi: Davlat moliyaviy nazorati va nodavlat moliyaviy nazorati.
Davlat moliyaviy nazorati – Davlatning asosiy qonuniga asoslanuvchi davlat xokimiyati va boshqaruv organlari xukukiy-iqtisodiy faoliyatining kompleks va maqsadli yo‘naltirilgan tizimidir.Moliyaviy nazoratni tashkil qilishdagi aniqlovchi rolni mamlakatnng konstitutsiyasi uynaydi. Moliyaviy nazoratning xukukiy reglamenti davlatlarning turlariga, uniggsh ijtimoiy-siyosiy uskurtmasiga, iqtisodiy rivojlanish darajasiga, mulk munosabatlariga bo\liqdir.
Davlat moliyaviy nazorati mamlakat mikyosida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni qiymat nisbatlarida taqsimlashni hamrab oladi. Davlat moliyaviy nazorati davlat pul fondlarini shakllanishi va undan foydalanish bilan bo\liq davlat pul resurslari okimlarini muvofiklashtiradi. Davlat nazoratchilariga davlat sektorida amalga oshiriladigan taftish va tekshirish bilan birga agar xususiy va korporativ sektorda nazorat utkaziladigan obyekt umummilliy iqtisodiy manfaatlariga ega bulsa taftish va tekshirish xukuki beriladi.
Nodavlat moliyaviy nazorati ichki(ichki firma, korporativ) va tashki(auuditorlik) nazoratlariga bulinadi.
Nazoratning davlat va nodavlat turlari utkazish usullariga kura uxshash bulishi bilan birgalikda oxirgi maqsadlari bo‘yicha bir biridan keskin fark kiladi. Davlat moliyaviy nazoratining asosiy maqsadi- davlat gaznasi uchun pul resurslarini maksimal darajada tushishini nazorat qilish va davlat xarajatlarini minimal ravishda amalga oshirishni nazorat qilish ya’ni tejamkorlikka rioya qilish hisoblanadi. Nodavlat moliyaviy nazoratining asosiy maqsadi esa- xujalik subyektlari tomonidan davlat hisobiga soliqlar va boshqa iqtisodiy agentlarga qilinadigan xarajatlarni minimallashtirish hisobiga quyilgan kapitallar hisobiga foyda normasini oshirish hisoblanadi.
Moliyaviy nazorat tizimi va uning prinsiplari.
Rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimlari quyidagi elementlarni uz ichiga oladi.:
Mamlakat prezidenti yoki qonun chiqaruvchi organiga bevosita buysinuvchi bosh revizor- auditor maxhamasi. Mazkur maxhamaning bosh maqsadi – davlat mabla\lari jamlanishi va sarflanishi ustidan umumiy nazorat utkazish hisoblanadi.
Davlatning soliqli daromadlarini shakllanishini nazorat kiluvchi prezidentga va xukumatga buysinuvchi vakolatli organ.
Hisobot xujjatlarini tu\riligi va moliyaviy operatsiyalarni qonuniyligini tekshiruvchi tijorat asosida faoliyat yurituvchi nodavlat moliyaviy nazorati xizmati.
Asosiy vazifasi xarajatlarni hamaytirish, moliyaviy okimlarni otimallashtirish va foydani kupaytirish hisoblanuvchi ichki nazorat xizmati.
Ma’muriy buyrukbozlik tizimi sharoitida moliyaviy nazoratni tashkil qilish shakllari va maqsadi boshqaruvchi ma’muriyat manfaatlariga buychunar edi. Davlat nazorati global xarakter kasb etib fiskal maqsadlarda amalga oshirilar edi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv tizimida bulgani kabi nazorat tizimlarini xukukiy asoslari o‘zgarmokda. Bunday sharoitda nazorat vertikal tizimdan gorizontal ustkurtma asosida shakllantirilmokda. Ammo xar qanday ijitimoiy iqtisodiy tuzum sharoitida ham davlat nazorati saklanib kolishi va umumiy nazorat tizimlari tarkibida uziga xos salmokga ega bulishi mukarrar hol hisoblanadi.
Modomiki mulkchilikning aksionerli va xususiy shakllari rivojlanar ekan, davlat nazoratchilarini faoliyati iqtisodiy tizimda uziga tomonlari bo‘yicha uringa ega buladi. Chunonchi, boozor iqtisodiyoti kiyinchiliklari nazorat usullarining samarasizligida ham uz aksini topadi. Davlat mabla\larining defitsitni koplashga yetishmasligi bilan bo\liq moliyaviy muammolar fakatgina iqtisodiy usullar bilan emas ma’lum darajada ma’muriy usullar bilan ham ma’lum darajada xal qilinadi. Bunda moliyaviy intizomga rioya kilmaslik, soliq tulovlari bo‘yicha qonunchilikni buzilish va bosh iqtisodiy korrupsiya uchun kattik moliyaviy sanksiyalar joriy etish vositasida ham ma’lum darajada moliyaviy intizomni ta’minlash mumkin. Ammo bu usul xususiy kapitalning ishbilarmon faolligini pasaytiradi.



Download 35.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling