Mavzu: moliyaviy qo’yilmalar hisobi
Download 25.75 Kb.
|
Moliyaviy qo\'yilmalar hisobi
Moliyaviy veksel – korxona tomonidan bo’sh mablag’lari hisobidan boshqa korxonalarga ssuda berishdir. Moliyaviy veksellarga korxonaning muddatida qaytarilmagan kreditor qarzlarini rasmiylashtiradigan veksellarni kiritish mumkin.
Тovar vekseli sotuvchi bilan oluvchi o’rtasidagi mahsulot jo’natish yoki xizmat ko’rsatish bitimlarida foydalaniladi. Vekselning ikki turi mavjud: oddiy va o’tkazma. Oddiy veksel qarzdor tomonidan to’ldirilib imzolanadi va kreditorga ma’lum summani belgilangan muddatda so’zsiz to’lanishi ko’rsatiladi, ya’ni oddiy veksel bilan rasmiylashtirilgan qarz majburiyatida daslab ikki shaxs qatnashadi: bir tomondan kreditor, ikkinchi tomondan qarzdor va shu bilan birga to’lovchi bo’lib hisoblanadi. O’tkazma veksel oddiy vekseldan tubdan fraqlanadi. O’tkazma veksel kreditor tomonidan to’ldirilib imzolanadi. Unda vekselda ko’rsatilgan summani belgilangan muddatda uchinchi shaxsga to’lash to’g’risida qarzdorga berilgan buyruq mavjud. Bu holda teskari vaziyat vujudga keladi: veksel qarzdor tomonidan yozilmasdan haq talab qilib oladigan shaxs tomonidan yoziladi. Shunday qilib veksel beruvchi kreditor hisoblanadi. Qarzdor esa veksel saqlovchi emas, faqat to’lovchi bo’lib hisoblanadi. Odatda o’tkazma vekselni ushlovchi bo’lib uchinchi shaxs hisoblanadi. Vekselda ko’rsatilgan summani qarzdor to’lovchi uchinchi shaxsga to’lashi kerak. Bunda nima uchun veksel beruvchi vekselda ko’rsatilgan summani remitentga to’lanishi, ular o’zaro qanday munosabatda ekanligi, birining ikkinchisi oldida qanday majburiyatlari borligi to’lovchini qiziqtirmaydi. Qarzdorning to’lash majburiyati faqat veksel beruvchi oldidagi qarz majburiyati bilan bog’liq bo’lib, hech qanday keyingi veksellar uni o’zgartirmaydi. Shu munosabat bilan veksel beruvchi o’tkazma vekselni o’zi-o’ziga ham yozib berishi mumkin, va dastlab o’tkazuvchi bo’yicha majburiyatda ham faqat ikkita shaxs qatnashadi: Bir tomondan – qarzdor to’lovchi ikkinchi tomondan esa – bir vaqtning o’zida ham veksel beruvchi ham veksel saqlovchi bo’lgan kreditor. Keyinchalik veksel saqlovchi o’z huquqini indossament tartibida uchinchi shaxsga o’tkazib berishi mumkin. O’tkazma veksel to’lovchi tomonidan akseptlanishi kerak va faqat shundagina yuridik kuchga ega bo’ladi. Download 25.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling